|
Ish haqini rejalashtirish, mehnatni boshqarish xususiyatlari, davlat va shartnomali shakllari
|
bet | 6/6 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 48,23 Kb. | | #130760 |
Bog'liq 14 15 Mavzular MEHNATGA HAQ TOʻLASh TIZIMLARINI TAShKIL ETISh 15.3.Ish haqini rejalashtirish, mehnatni boshqarish xususiyatlari, davlat va shartnomali shakllari.
Mehnatga haq to‘lash shartlarini o‘zgartirish:
Mehnatga haq to‘lash shartlari qanday tartibda belgilangan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda o‘zgartiriladi.
Mehnatga haq to‘lash shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o‘zgartirishga xodimning roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi. Istisno tariqasida:
texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishda o‘zgarishlar yuz berganda, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmi qisqarganda, basharti mehnatga haq to‘lashning avvalgi shartlarini saqlab qolish mumkin bo‘lmasa;
qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda shunday o‘zgartirish mumkin.
Ish beruvchi mehnatga haq to‘lashga doir amaldagi shartlarning yomonlashtirish tomonga qaratilgan yangi yoki kelgusidagi o‘zgarishlari haqida xodimni ular kiritilishidan kamida 2 oy oldin imzo qo‘ydirib ogohlantirishi kerak.
Nazorat savollari.
1.Mehnatga haq toʻlash tizimlariga tushuntirish bering?
2. Me’yorlash, ta’rif setkasi, razryadi va ularga tasnif bering?
3.Asosiy va qoʻshimcha ish haqi, ishbay hamda vaqtbay tizimlarini qoʻllash.
4.Mehnatga haq toʻlashning oddiy ishbay va oddiy vaqtbay, akkord, moddiy, rag‘batlantiruvchi tizimlari va bilvosita usuli.
1.Ish haqini tashkil etish, uni isloh qilish, ish haqining mohiyati va uning shakllanishi.
2.Tadbirkor, ishbilarmon biznesmen uchun ish haqi va ularni rag‘batlantirishni bozor qonunlari asosida tashkil etish mexanizmi.
3.Ish haqini rejalashtirish, mehnatni boshqarish xususiyatlari, davlat va shartnomali shakllari.
Xulosa va takliflar.
Xulosa: ish haqi to‘lovlari o‘z vaqtida bo‘lgani bilan aholining ayrim qatlamlarining yashash minimumiga to‘liq javob bermaydi. Mehnatga yaroqli aholini ish bilan ta’minlash va yetarli darajada mao‘ bilan ta’minlashdek yechimini kutayotgan muammolar bor.
Takliflar. 1.Aholini ish o‘rinlari bilan ta’minlash uchun mulkchilikning har xil turlari va shakllarini uzoq qishloqlarda joriy etishni ta’minlash natijasida mehnat tashkil etiladi va mehnat haqi beriladi. 2. Mehnatga haq to‘lash holatini joylarda hal qilish zarur va h.o.
|
| |