Mavzuga oid tayanch iboralar.
1. Oksidlanish–qaytarilsih xususiyatli titrlash usuli–asosida oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari yotadigan hajmiy analiz usuli.
2. Permanganatometriya usuli–ishchi eritma sifatida KMnO4 eritmasi ishlatiladigan hajmiy analiz usuli.
3. Yodometriya usuli–asosida va reaksiyalari yotuvchi hajmiy analiz usuli.
4. Bromatometriya usuli–ishchi eritma sifatida KBrO3 eritmasi ishlatiladigan hajmiy analiz usuli.
5. Nitritometriya usuli–ishchi eritma sifatida NaNO2 eritmasi ishlatiladigan hajmiy analiz usuli.
6. Oksidlovchi moddaning ekvivalent massasi–oksidlanish–qaytarilish reaksiyasida oksidlovchi modda molekula massasini u qabul qilgan elektronlar soniga nisbati.
7. Qaytaruvchi moddaning ekvivalent massasi–oksidlanish–qaytarilish reaksiyasida qaytaruvchi modda molekula massasini u bergan elektronlar soniga nisbati.
Mavzuga oid adabiyotlar:
1. A. Yu. Ibodov: «Farmatsevtik kimyo», I tom, Toshkent, «Tibbiyot» nashriyoti, 1996 yil, 80–90 betlar;
2. M. S. Mirkomilova: «Analitik kimyo», Toshkent, «O`zbekiston» nashriyoti, 2005 yil, 214–239 betlar;
3. M. G`ulomova: «Analitik kimyo», Toshkent, «Talqin» nashriyoti, 2005 yil, 128–141 betlar;
4. U. Haydarov: «Analitik kimyo», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007 yil, 206–224 betlar.
Mavzu: Cho`ktirish va komples hosil qilish usullari.
O`quvchi–talaba bilishi kerak:
1. Cho`ktirish usuli tushunchasi mohiyatini;
2. Mor, Folgard, Fayans usullari tushunchalarini;
3. Kompleks hosil qilish usuli tushunchasi mohiyatini;
4. EDTA ishtirokida titrlashni.
Yangi darsning bayoni.
1. Cho`ktirish usuli tushunchasi mohiyati.
Cho`ktirish usuli shunday titrometrik aniqlashlarni birlashtiradiki, ularda aniqlanayotgan modda bilan ishchi eritma o`rtasidagi reaksiya natijasida aniqlanayotgan ion to`liq cho`kadi. Cho`ktirish usulida qo`llaniladigan reaksiyalar quyidagi talablarni qanoatlantirishi kerak:
a) cho`kma amalda erimaydigan bo`lishi kerak;
b) cho`kma tez tushishi kerak;
c) titrlash natijasida ta`sir qiladigan qo`shimcha reaksiyalar ketmasligi kerak;
d) ekvivalent nuqta oson aniqlanishi kerak.
Tekshirilayotgan modda cho`kmaga to`liq tushganda ekvivalent nuqtaga erishiladi. Kislota–asosli titrlash usulidagi kabi reaksiyaning oxiri indikator yordamida aniqlanadi, ammo bu usuldagi indikatorlar kislota–asos usulidagi indikatorlardan keskin farq qiladi.
Cho`ktiruvchining turiga qarab cho`ktirish usullari bir qator usullarga bo`linadi: Mor, Folgard, Fayans usullari. Titrometrik analizda ishlatiladigan cho`ktiruvchi reaktivlardan, boshqalaridan ko`proq, kumush nitrat–AgNO3 eritmasi ishlatiladi. Shuning uchun cho`ktirish usuli argentometriya usuli deb ham ataladi.
|