Mavzuga oid tayanch iboralar.
1. Fizik–kimyoviy tekshirish usullari–eritmalarning juda ko`p fizik–kimyoviy xossalari, masalan, nurning yutilishi, polyarizatsiya tekisligi burilish burchagining kattaligi, elektr o`tkazuvchanligi kabi kattaliklarni o`lchash asosida modda miqdori aniqlanadigan usul.
2. Xromatografiya–aralashma tarkibidagi moddalar o`zlarining fizikaviy va kimyoviy xossalariga muvofiq, ikki faza orasida ayrim komponentlarga taqsimlanishi usullarining asosini tashkil qiladi.
3. Refraktometriya–o`zining oddiyligi, tahlil natijasining to`g`ri va aniqligi hamda tahlil uchun juda kam miqdorda preparat talab qilinishi (2–3 tomchi) bilan farq qiladigan analiz usuli.
4. Spektrofotometriya–asosida UB–spektri sohasida ko`zga ko`rinmas rangsiz va ko`zga ko`rinar rangli eritmalardagi moddalarning konsentratsiyasini aniqlash usuli.
5. Fotoelektrokolorimetriya–farmatsevtika tahlilida keng qo`llaniladigan fotometriya usullaridan biri.
6. Fotometriya–aniqlanayotgan eritma rangining intensivligi (yoki loyqalik darajasi) konsentratsiyasi ma`lum bo`lgan eritmaning rangi bilan solishtiriladigan analiz usuli.
7. Standart eritmalar–ma`lum konsentratsiyali rangli eritma tayyorlash uchun ishlatiladi moddalar.
Mavzuga oid adabiyotlar:
1. A. Yu. Ibodov: «Farmatsevtik kimyo», I tom, Toshkent, «Tibbiyot» nashriyoti, 1996 yil, 106–139 betlar;
2. M. S. Mirkomilova: «Analitik kimyo», Toshkent, «O`zbekiston» nashriyoti, 2005 yil, 267–372 betlar;
3. M. G`ulomova: «Analitik kimyo», Toshkent, «Talqin» nashriyoti, 2005 yil, 148–164 betlar;
4. U. Haydarov: «Analitik kimyo», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007 yil, 224–252 betlar.
|