• Obrazlar turi
  • Mavzuning dolzarbligi




    Download 60,7 Kb.
    bet4/7
    Sana17.02.2024
    Hajmi60,7 Kb.
    #158144
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    kurs ishi

    Badiiy obraz
    Badiiy asarda ishtirok etuvchi hamma shaxslarga nisbatan personaj atamasi qo`llaniladi. Ko`pincha asaradagi epizodik obrazlar personajlar deb yuritiladi. Obraz esa keng ma`noda ijodkorning fikr-tuyg`ulari singdirilgan hayot manzarasi, tor ma`noda esa badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosidir. Badiiy adabiyotda aks ettirilgan inson obrazi adabiy asar qahramoni deb ham yuritiladi.2 Badiiy adabiyotda insonning aniq shaxs qiyofasida yaratilgan, ayni paytda, badiiy umumlashma xususiyatlariga va hissiy ta`sir kuchiga ega bo`lgan surati badiiy obraz deyiladi.
    Obrazlar turi
    1. Realistik obrazlar – hayot haqiqatiga monand obrazlar. Oybekning “Qutlug` qon” romanidagi Yo`lchi obrazi.
    2.Romantik obrazlar – hayotda aynan bo`lmagan, ammo bo`lishi orzu qilingan obrazlar:A. Navoiyning “Xamsa “ dostonida Farhod obrazi
    3.Xayoliy-fantastik obrazlar – haddan tashqari bo`rttirilgan, ilohiylashtirilgan, mo`jizaviy xarakterga ega bo`lgan obrazlar:Xalq og`zaki ijodi namunalaridan biri bo`lgan “ Alpomish” dostonidagi Alpomish obrazi.
    4.Afsonaviy obrazlar – butunlay xayoliy bo`lib, ular bitmas-tuganmas kuch-qudratga, yuksak fazilatlarga ega bo`ladi:Xalq og`zaki ijodi namunalaridan biri bo`lgan “Uch og`- ini “dostonida keltirilgan Kenja botir obrazi.
    5.Ramziy obrazlar – narsalar, o`simliklar, jonivorlar, ranglar orqali ijtimoiy hodisalarni umumlashtiruvchi obrazlar : Gulhaniyning “Zarbulmasal”,“Kalila va Dimna” asaridagi obrazlar.
    6.Mifologik obrazlar – afsonalar asosida yaratilgan asotiriy obrazlar: Oy, Quyosh.
    7.Satirik-komik-yumoristik obrazlar – kulgu bilan tasvirlangan obrazlar: Xalq og`zaki ijodi namunalaridan biri: Xo`ja Nasriddin, Mushfiq, Bahlul, Aldarko`sa.
    8.Bosh obrazlar – asar voqealari markazida turib, asar ziddiyatining etilishida yetakchi rol o`ynaydigan, sujet voqealarini harakatga keltiruvchi, yozuvchi g`oyasini ifodalaydigan obrazlar: Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar” romanidagi Otabek va Kumush obrazi.
    9.Ikkinchi darajali obrazlar – asar markazida turmasa ham, biror jihati bilan yozuvchi g`oyasini ifodalaydigan, uni to`ldirishga xizmat qiladigan obrazlar: Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar” romanidagi Homid, Oftoboyim, Mirzakarim qutidor.
    10.Epizodik obrazlar – voqealar zanjirida bir-ikki o`rindagina qatnashib, keyin tushib qoladigan obrazlar: mashshoq.
    11.Tragik obrazlar – fojialardagi obrazlar, ular haqiqatan tarixiy shaxs, qadimgi afsona, rivoyat, hikoyalarda tasvirlangan qahramon yoki muallif badiiy tafakkurining mahsuli sifatidagi to`qima obraz ham bo`lishi mumkin. Tragik obraz zamirida hayot haqiqatiga asoslangan badiiy haqiqat yotadi, ular keskin, beayov, murosasiz kurashni boshdan kechiradilar: Vilyam Shekispirning “Romeo va Juletta” taragediyasida Romeo obrazi.



    Download 60,7 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 60,7 Kb.