• Kurs ishining obyekti.
  • Kurs ishining tuzilishi.
  • Mavzuning dolzarbligi




    Download 60,7 Kb.
    bet2/7
    Sana17.02.2024
    Hajmi60,7 Kb.
    #158144
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    kurs ishi

    Kurs ishining maqsadi. V.Shekspirning va uning “Romeo va Juletta” tragediyasida obrazlarni taxlil qilish, xusuxiyatlarini tadqiq qilish.
    Kurs ishining vazifalari. Ishning maqsadidan kelib chiqib, quyidagilar vazifa sifatida belgilab quyladi:
    - Angliya adabiyotshunosligi bilan tanishish
    - tragediya janri bilan tanishib chiqish
    - Romeo va Juletta obrazlari bilan tanishish
    Kurs ishining obyekti. V.Shekispirning “Romeo va Juletta” tragediyasi
    Kurs ishining predmeti.Romeo va Juletta”da obrazlar tizimi
    Kurs ishida qo`llanilgan metodlar. V.Shekisoir tomonidan yaratilgan “Romeo va Juletta” tragediyaini chuqur tahlil qilish va ushbu tahlil jarayonida tarixiy-qiyosiy, tarixiy-funksional, ijtimoiy-struktural tahlil metodlaridan foydalangan holda asarni to`laligicha anglash va mushohada qilishdir.
    Kurs ishining tuzilishi. Maxsus kurs ishi ikki bobdan iborat bo`lib har bir bob o`z ichiga ikkitadan bo`limni qamrab olgan. Kurs ishimiz xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati bilan yakunlandi.
    I BOB. Angliya adabiyotida tragediya janrining o`ziga xosligi

      1. Angliya adabiyotshunosligida tragediya janrining o`rni

    Angliyada Uyg`onish davri boshqa Ovrupa mamlakatlariga qaraganda bir oz kechroq yuz bera boshladi. XV asrning oxiri 16 asrning boshlarida paydo bo`lgan Angliya Uyg`onish davri XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida o`zining eng yuqori bosqichiga ko`tarildi.Lekin Angliya Uyg`onish davri bir oz kechroq boshlangan bo`lishiga qaramay, boshqa Ovrupa mamlakatlariga qaraganda Angliyada u o`zining keng qamrovli ko`rinishiga ega bo`ldi. O`zaro urushlar va tez-tez ko`tarilib turgan dehkonlar qo`zg`oloni natijasida eski feodal jamiyat yemirila boshladi, ishlab chiqarish munosabatlari keng rivojlanish pallasiga kirib, hunardmandchilik va savdo sotiq avj ola boshladi, qisqasi kapital to`plash davri boshlandi.Genrix 8 Angliyani boshqara boshlagan davr 1509 dan boshlab, inglizlarning Rim papasiga qaramligi barham topadi. U tomonidan o`tkazilgan islohatlar Angliyada Uyg`onish davrining keng quloch yoyishiga ko`maklashgan edi. Shuningdek, Angliya Uyg`onish davrining tug`ilishiga bir oz Ovrupaning Uyg`onish davri oldinroq yuz bergan mamlakatlari gumanistlarining ta'siri ham katta bo`ldi, masalan, uzoq vaqt Angliyada yashagan Niderlandiya Uyg`onish davrining buyuk vakili Erazm Rotterdamskiyning ilg`or fikrlarining ta'siri beqiyos bo`lgan edi.Angliyada yuz bergan Uyg`onish davri jamiyatni tezkorlik bilan rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi, xalq o`zligin anglay boshladi. Madaniyat, jug`rofiy kashfiyotlar rivojlanishi va inson ongining o`rta asr diniy cherkov akidalaridan qutulishi borasida keng imkoniyatlar yuzaga kela boshladi. Mashhur materialist olim Frensis Bekon ilmiy tajribalariga suyangan holda ta'lim tarbiyani olib borish masalasini quyadi1.Angliya madaniyati va adabiyotining yirik vakillari gumanizm g`oyalarini baland ko`tarib, o`zlarining asarlarida mehnatkashlar manfaatini himoya qilib chiqdilar.Ular qadimgi Yunon va Rim madaniyati, adabiyotining yutuqlaridan foydalanib, ularning hayotbaxsh an'analarini oyoqqa turgazdilar XIV asrning oxiridan boshlab rivojlana boshlagan Angliya gumanizmi XVI asrda va XVII asrning boshlarida o`zining eng yuqori bosqichini boshidan kechirdi.Angliya gumanizmining dastlabki yirik vakillaridan biri Djefri Choserdir 1340-1400.1 U savdogar oilasida tug`ilgan. U Italiya va Fransiya Uyg`onish davri vakillarining ijodidan keng bahramand bo`ladi,u qirol Eduard 3ga yaqin kishilardan bo`lib, u bilan birga harbiy yurishlarda va urushlarda ishtirok etadi.2
    Choser ijodining dastlabki katta muvaffaqiyati uning «Gertsoginya haqida kitob» 1369 degan poemasida ko`rinadi. Bu lirik poemada o`rta asr nazmida hukm surgan eskicha aqidalarga rioya qilinmaydi va mazkur asarda Uyg`onishga xos bo`lgan insonparvarlik tuyg`ulari porlay boshlagan edi. Shoir unda o`z malikasining bevaqt olamdan ko`z yumishi bilan undan ajralib kolgan ritsarning alamlarini jo`shib kuylaydi. Shoir tasvir jarayonida yuksak olam qahramonlari hayotiga ham tez-tez murojaat qiladiki, bu holat Uyg`onish davrining antik dunyo olamiga bo`lgan qiziqishini ham ma'lum darajada ifodalaydi. XIV-XV asrlarda ingliz xalq og`zaki ijodi yanada yuksaklikka ko`tarildi, masalan, birgina zolim feodallarga qarshi kurashib ezilganlarni hikoya qilgan Robin Gud haqidagi son-sanoksiz balladalar, xalq hikoyalari to`kilgan. yengilmas Robin Gud timsolida xalq feodal urushlar, qushimcha soliqlar boylarning zulmiga bo`lgan nafratini ifodalagan edi3.Ingliz Uyg`onish davri gumanizmining yirik vakillaridan biri Tomas Mordir (1478-1535). U o`zining «Utopiya» (1516) asari bilan mashhurdir. Bu asarda Tomas Morning gumanistik qarashlari o`z ifodasini topgan. Agarda Angliyadagi ijtimoiy tuzum bilan «Utopiya» orasida baxt-saodatda yashayotgan insonlarning turmush tarzi taqqoslanadi. Dengizchi Rafael Gitlodey, Utopiya orolida ko`rganlarini muallifga hikoya qiladi. U yerda hech qanday xususiy mulk yuk, pul muomilasi yuq, davlat erkin demokratik asoslarida boshqariladi, hamma ehtiyojiga yarasha ta'minlangan, ishlab chiqarish oilaviy xunardmandchilik asosida ko`rilgan. Bunday erkin demokratik jamiyat Angliyadagi zulm va tekinxo`rlik ustiga qurilgan tuzumga qarshi kuyiladi. Tomas Morning ushbu asari Angliya Uyg`onish davri va butun Ovrupadagi gumanistik xarakat uchun katta ma'naviy ozik bergan edi.
    Tomas Mor Genrix 8 devonxonasining boshlig`i darajasiga ko`tariladi, lekin tezda undan iste'fo beradi. Genrix 8 bilan uning o`rtasida ixtilof chiqadi. Mor uzining goyalaridan hech chekinmaydi va 5 iyul 1535-yilda qirol uni qatl ettiradi.Ingliz Uyg`onish harakatining yana bir lirik vakili Frensis Bekon (1561-1626) edi. O`z falsafiy qarashlari bilan materialist bo`lgan bu yirik olim va yozuvchidir. Uning «Fanning muvaffaqiyatlari haqida», «Haqiqat haqida», «Ulim haqida», «Sevgi haqida», «Go`zallik haqida», «Odat va tarbiya haqida» kabi ocherknoma asarlari va to`gallanmay qolgan «Yangi Atlantida» degan romanlari Uyg`onish davri adabiyotining yirik asarlari bo`lib hisoblanadi. Bekon o`zining romanida ilm-fanni rivojlantirib farovon turmushga erishsa bo`ladi, degan g`oyani ilgari suradi.16 asrda Uyg`onish davri poeziyasi yuqori chuqqiga ko`tarildi.
    T.Uayet (1503-1542), G.Serrey (1517-1547), F.Sidney (1554-1586), E.Spenser (1552-1599), Dj Lili (1554-1606), T.Dnlone (1543-1600) kabi Renessans shoirlarining nazmida insoniy tuygular ulug`lanadi, sevgi mhabbat yuksak pardalarda kuylanadi. Ular Italiya Uyg`onish davri poeziyasining yunalishlaridan ham ko`p bahramand bo`lib, eski usuldagi ingliz poeziyasiga barham berdilar.Shahar madaniyatining gullab yashnay boshlashi turli xil teatr tomoshalariga bulgan ehtiyojni ham keltirib chikardi. Robin Gud xakidagi turli hil hikoyalar asosidagi teatr tomoshalari ko`rsatila boshlandi. 16 asrning ikkinchi yarmiga kelib esa Angliyada teatr va dramaturgiya tez suratlar bilan o`sa boshladi.Uyg`onish davri ingliz teatri asosan, kuchalarda turli hil tomoshalar ko`rsatib yuradigan sayyor guruhlardan boshlab takomillashib boraverdi. Angliya universitetlari huzurida talabalar tomonidan tashkil etilgan tomoshalari ham borib-borib haqiqiy saxnalarning yaratilishiga asos bo`ldi. Saroy va xususiy teatrlar ham maydonga kela boshladi. Teatr burjuaziya bilan monarxiyaning, bir-biri bilan to`qnashuv saxnalariga ham aylandi.
    “Tragediyaning mohiyati- qalbning tabiiy jarayoni, maylning axloqiy burch yoki daf qilinmas bir to’siqlik bilan to’qnashuvidirюtragediya – qayg’uli tamosha! Agarda qon, o’liklar, xanjar, zahar tragediyaning odatdagi sifatlari bo’lmasa ham, lekin uning oqibati harvaqt qalbning eng qimmatli umidlarining yemirilishi, butun bir hayot saodatining yo’qolivudir. Uning qora ulug’vorligi, uning buyuk azamatligi shundan kelib chiqadi: unda taqdir kuchi hukm suradi, uning mohiyati, asosi taqdir kuchidir”. Tragediya “asosida buyuk haqiqat, yuksak donolik yotadi. Kurashda o’lgan yoki g’alabada halok bo’lgan qahramonga biz chuqur qayg’uramiz. Lekin bu kurashsiz, bu halokatsiz u qahramon bo’lmasligini, o’z shaxsiyati bilan abadiy substansial kuchlarni, jahonni va o’zgarmas borliq qonunlarni amalga oshira olmasligini bilamiz”. “Buyuk axloqiy vazifalarni hal qilish uchun taqdir eng asl ruhlarni, kishilik dunyosi boshida turgan yuksak ruhli shaxslarni, axloqiy dunyoning tiragi bo’lgan substansial kuchlarni o’zida gavdalantirgan qahramonlarni tanlaydi. Faqat oliy tabiatli odam tragediyaning qahramoni yoki qurboni bo’la oladi; voqyelikning o’zida ahvol shunday”.“Har qanday tragediyadan mash’um halokatni yo’qoting, siz bu bilan uni buyuklikdan, butun ma’nodan mahrum qilasiz, buyuk asardan oddiy bir narsa yasaysiz, u birinchi galdayoq o’zining butun nafis kuchini yo’qotadi”.“Tragediya ko’proq sun’iy asardir”. “Mana shuning uchun tarixiy shaxslarni buzib ko’rsatishga oz yo’l qo’yilsa ham; tragediyaning go’yo qat’iy huquqidir, bu uning mohiyatidan kelib chiqadi. Tragediyachi o’z qahramonini ma’lum tarixiy vaziyatda ko’rsatishni istaydi: tarix unga vaziyat beradi, agar bu vaziyatdagi tarixiy qahramon tragediyasining ideyasiga muvofiq kelmasa, uni o’zicha o’zgartirishga u to’la huquqlidir”.O’zbek adabiyotida yaratilgan “Muqanna” (H.Olimjon), “Mirzo Ulug’bek” (Shayxzoda) tragediyalari ham V.Belinskiy fikrlarini to’liq isbotlaydiAgar tragediya qahramoni noilojlikdan halok bo’lsa, uni taqdir boshqarsa, drama qahramoni o’z irodasiga, xarakteriga muvofiq yakun topadi, uni tipik sharoit mantig’i to’liq asoslaydi. Izzat Sulton va Uyg’unning “Alisher Navoiy”, O’lmas Umarbekovning “Qiyomat qarz”, “O’z arizasiga ko’ra”, Izzat Sultonning “Imon” kabi asarlari – dramaning harakat birligiga asoslangan eng yaxshi dramalar sanaladi.Agar tragediyani fojea, komediyani kulgu, dramani jiddiylik boshqarsa, ba’zi dramatik asarlarda bu vositalarning birlashganini ko’rish mumkin. Tragikomediya (tragediya va komediyaga xos xususiyatlarning birlashuvi) janrida inson fojeasini kulguli voqealar orqali ko’rsatish yetakchilik qiladi. Sharof Boshbekovning “Temir xotin” asarida “lovullab yonayotgan ayolning dod-faryodi, yetim qolgan bolalar yoki dardu alam girdobiga irg’itilgan ota-onalarni ko’rmaysiz. Yuraklarni qon qiluvchi sud jarayoni ham yo’q” (Sh.Boshbekov), unda qishloq ayolining uqubatli, og’ir hayoti kulguli (yumoristik va ba’zan satirik) voqealar (masalan, Alomat nomli temir-robotning taqdiri) orqali tasvirlanadi (ko’rsatiladi). 1Tragediya (qad. yun. τραγῳδία , τράγος, tragos — "echki" va ᾠδή, ōdè — "qoʻshiq" soʻzlaridan soʻzma-soʻz — "echki qoʻshigʻi"), fojea - adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri. Qadim yunonlarda hosil xudosi Dionis sharafiga xalq bayramlari o'tkazilgan. Bu bayramlarda echkilar so'yilib dasturxonga tortilgan. Qiziqchilar esa echki terilarini yopinib,turli sahna tomoshalarini ko'rsatishgan. Bunday jaydari qiziqchilarni tragoslar deyishgan. Keyinchalik bu so'z oqibati fojia bilan tugaydigan sahna asarlariga nisbatan qo'llanila boshlagan.Tragediyaning paydo bo'lishi biz yuqorida eslatgan antik davr marosimlariga to'g'ri keladi. Yunonlarning hosil xudosi Dionis sharafiga echki so'yib bayram qilishlari, " echki qo'shig'i " degan lug'aviy ma'no o'sha davrga daxldordir. Haqiqiy tragik asarlar yaratish esa miloddan avvalgi beshinchi asrga kelib o'zining kamolot bosqichiga ko'tarildi. Esxilning " Zanjirband Prometey " , "Oresteya" , Sofoklning "Shox Edip" , "Antigona" , Evripidning "Elektra" , "Medeya" , "Gerakl" kabi tragediyalari optimistik ruh, adolat va haqiqatning qaror topishi, yuksak insoniy tuyg'ularning maromiga yetkazib tarannum etilishi bilan ajralib turadi.2 Bu asarlar yunon sahna sa'nati, xususan, tragediyasining dovrug'i jahonga yoyilishi sabab bo'ldi.Tragik asar, ya'ni tragediyanining boshqa sahna asarlari (komediy,drama, monodrama, intermediya)dan farqi shundaki, u qahramonlar o'rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi , qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi, ular o'rtasidagi konflikt (ziddiyat) shiddatli va keskin tus oladi. Fojiaviy asar qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki kolliziya (qarama - qarshilik, to'qnashuv) kuchliligi, personajlar o'rtasidagi konfliktning o'ta kuchli ekanligi bilan farqlanadi. Tragediya murosasiz kurash, g'oyatda keskin ziddiyat zaminiga qurildi. Bunday asar asnosida kishilar qismati shiddatli, suronli siyosiy voqealar, turli ijtimoiy, shaxsiy qarashlar kurashi fonida ko'rsatiladi.Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb hayot-mamot masalalarini ko'tarib chiqadi. Ijobiy qahromon istagi, qarashlari bilan u yashagan muhit o'rtasidagi ziddiyat tragediyanining asosiy kolliziyasi (qarama-qarshiligi)ni keltirib chiqaradi va albatta ezgulikni e'zozlagan, haqiqat fidoyisi, yaxshi inson fojiasi uning o'limi bilan tugaydi. Biroq bu qayg'uli, faqat ko'zyosh oqizib tomosha qiladigan holat emas, balki dramaturg ko'zda tutgan ezgu g'oyalarning tantanasi, kelajakka katta ishonch bilan yo'g'rilgan ijtimoiy ruhning g'olib kelishidir. Ijobiy qahramonni mahv etgan qora kuchlar asar davomida o'zlarining kaltabinliklari, ma'naviy tubanliklari, taraqqiyot dushmanlari ekanlari kabi xislatlarini fosh etadilar. Fojiaviy sahna tomoshasi so'ngida qahramon halokati yovuz kuchlarning ham ma'naviy o'limi bilan tugaydi. Yevropada tragediya uyg'onish va undan keyingi davrlarda ham keng rivojlandi. Ispan dramaturglari Lope de Vega , Kalderon , ingliz yozuvchisi V.Shekspir , nemis dramaturglari Gyote , Shiller , rus shoiri A.S.Pushkin kabilar bu sohada samarali qalam tebratdilar. Ular yaratgan "Otello" , "Gamlet" , "Romeo va Julyetta" , "Boris Godunov" kabi tragediyalar bugungi kunda jahon teatrlari sahnalarida qayta-qayta o'ynalmoqda.1 Vilyam Shekspirning ijodi shakllangan XVI asrning oxiri XVII asrning boshlarida Uyg`onish davri Angliyada eng yuqori bosqichga ko`tarilayotgan bo`lib, inglizlar urtasida o`z o`zini chuqur anglash, milliy birlik uchun kurash avj olib ketib, madaniyat va adabiyot maydonida yangi bir ma'naviy ko`tarilishlar yuz bera boshlagan bir davr edi.
    Xalq ichidan chiqqan V.Shekspir (1564-1616) o`zining katta iqtidori bilan birinchi asarlaridan boshlaboq katta shuhrat qozona boshlagan edi.2U Sretford degan kichik bir shaharchada tug`ilgan edi, uning otasi charm qulkop tayyorlovchi hunarmand bo`lgan. U 18 yoshida Anna Xentuey degan fermer qiziga uylanib Suzanna ismli qiz va Yudef hamda Gamlet ismli ug`illar ko`radi. 1587-yilda Londonga kelgan Shekspir teatrga ishga kiradi. Ishni suflyorlikdan boshlab, tezda butun olamga tanilgan yozuvchi bo`lib yetishadi.Shekspir butun ijodi davomida 154 sonet, 37 pesa va ikki poema yozgan bo`lib, shekspirshunos olimlarining ijodini 3 davrga buladilar. 1590-1601-yillarni o`z ichiga olgan Shekspir ijodining 1-davrida «Adashishlar komediyasi», «Kiyik qizning quyilishi», «Veronikalik ikki yigit», «Sevgining behuda kuchayishi», «Yoz kechasidagi tush», «Vindzorlik masxaraboz ayollar», «Yuk narsadan bir talay gavgo», «Bu sizga yoqadimi?», «Un ikkinchi kecha», kabi komediyalarni va «Genrix 4», «Richarb 3», «Qirol Ioani», «Richard 2», «Genrix 4», «Genrix 5», «Romeo va Juletta», «Yuliy Sezar» kabi mashhur tragediyalarni yozgan.1601-1608-yillarni kamrab oladigan ikkinchi davrda «Gamlet», «Otello», «Kirol Lir», «Makbet», «Antoniy va Kleopatra», «Koriolan», «Afinalik Timon» kabi buyuk gumanistik g`oyalarni ifoda etuvchi fojiali asarlarini yaratadi.Shekspir ijodining uchinchi davri (1608-1612)da asosan «Simbelin», «Qishki ertak», «Buron» kabi tragikomediyalarni yozib, ularda ko`proq ertaksimon syujetlarga murojaat qilib, insoniyat kelajagiga ishonch bilan qaraydi.V.Shekspir o`zining mazkur asarlari bilan faqatgina Angliya yoki Ovro`pa Uyg`onish davrigina emas, balki butun insoniyatni sevimli yozuvchisi bo`lib oldi. Uning asarlari dunyoning deyarli hamma sahnalarida o`ynalib kelinmoqda.Shekspir ijodining dastlabki davrlarida xushchaqchaq, kulgili komediyalarning yaratilishiga asosiy sabab ingliz xalqining ispanlarning «Engilmas armada»si ustidan qilgan g`alabasidan so`ng farovon turmush kechirishga ishonch va orzulari bilan bog`lanib ketadi.Lekin, oddiy xalq axvoli yaxshilanmadi, ingliz hayoti qarama-qarshiliklarga to`liq borar, dehqonlar va boshqa oddiy tabaqa vakillari xonavayron bo`la boshladi. Bular albatta Shekspir ijodiga ta'sir etmasdan qolmasdi. Shuning uchun ham Shekspir ijodining ikkinchi davrida hayot haqidagi chuqur falsafiy ruh bilan sug`orilgan fojiaviy asarlarini yaratadi.Shekspir ijodining oxirgi uchinchi davri Yakov 1 Styuartning Angliyada o`rnatgan feodal reaktsion rejimi vaqtiga tug`ri keldi. Uning hukmronligi davrida teatrdan falsafiy ruhdagi, insonlarni o`yg`otuvchi, 176 psalar olib tashlandi, turli bahonalar bilan teatrlar yopib quyila boshlagan edi. Shekspir bu davrda ham adolatni tantana qilishiga ishonib yashadi va o`zining yozgan afsonaviy ertak tragikomediyalarida hayot chigalliklariga javob topishga harakat qildi.Shekspirning «Venera va Adonis» va «Nomusi toptalgan Lukretsiya» poemalarining ham o`ziga xos qimmatli tomonlari bo`lib, ularda muallif hayot haqiqatlariga asoslanadi.Shekspir sonetlarining asosiy bosh qaxramoni esa Uyg`onish davrining do`stlik, sevgi va san'atga intilgan yuksak madaniyatli kishisidir.V.Shekspir o`z asarlarida doimo oddiy odamlar hayotini aks ettirishni hech qachon yodidan chiqarmadi. Hatto uning o`rta asr Angliya hayotidan yozib olingan «Richard 2», «Richard 3», kabi dramalarida asosan saroy hayoti qalamga olingan bo`lsa ham, lekin umumiy sahnalarda xunardmandlar, xizmatkorlar, askarlar, dehqonlar ishtirok etadilar. Shekspir ularning obrazini zur mehr-muhabbat bilan yaratadi.Shekspir «Yuliy Sezar», «Antoniy va Kleopatra», «Koriolan» kabi pesalarida qul va quldorlar o`rtasidagi kurashni va yakka hokimiyatchilik tarafdorlari bilan respublikachilar o`rtasidagi ziddiyatlarni ko`rsatish orqali antik dunyo bilan hozirgi Angliya hayoti o`rtasidagi o`ziga xoslik va uxshashlik tomonlarni qidirib topishga harakat qiladi.Shekspirning «Romeo va Djuletta» tragediyasi sevgi bobidagi o`rta asr aqidalarini fosh etish va Uyg`onish davridagi erkin muhabbatni ulug`lashga qaratilgan. Asardagi Romeo va Djulettalarning haqiqiy muhabbatini ulug`lash va ularning sevgisi, hayotiga zomin bo`lgan o`rta asr jaxolatini qoralaydi. Shekspir bu pesasida insonni go`zalliligiga, bir-birini anglashga halaqit beradigan hamma aqidalarga qarshi kurashish g`oyasini ilgari suradi.Shekspirning shox asarlaridan biri bo`lmish «Gamlet» tragediyasidagi shahzoda Gamlet Uyg`onish davrining eng muqobil farzandi. U faqat otasi uchun emas, balki butun adolatsizliklar va zulmni keltirib chiqaradigan illatlarni yuq qilish uchun kurash olib boradi.«Otello» tragediyasida esa Uyg`onish davrining gumanistik g`oyalarini o`zida mujassamlashtirgan Otello va Dezdimonalarga qarshi o`zida o`rta asrning butun feodal illatlarini mujassamlashtirgan Yagoning qarama qarshi quyilishi ham o`sha davr talablaridan kelib chiqan edi.Shekspir «Kiro Lir» asarida qirolning hamma boyliklaridan mahrum etilib, xato boshpanasiz qolishini ko`rsatish orqali hukmdorlarning oddiy boshpanasiz insonlar taqdiri haqida ham o`ylab ko`rishi kerakligiga ishora qiladi.Shekspir o`zining «Buron» pesasida ilmiy bilimlarga suyanish insoniyatga baxt, tinchlik berishi va u yordamida odamlar hamma tabiat sirlari ustidan g`alaba qozonishi mumkin, degan g`oyani ilgari suradi.Umuman, Shekspir ijodi juda xalqchil va gumanizm bilan sug`orilgan, uning asarlari hech qachon eskirmaydi.



      1. Download 60,7 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 60,7 Kb.