”Romeo va Julettada”da Romeo obrazining talqini




Download 60,7 Kb.
bet6/7
Sana17.02.2024
Hajmi60,7 Kb.
#158144
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi

2.2. ”Romeo va Julettada”da Romeo obrazining talqini.
Romeo – Montekkining o`g`li, yosh o`spirin yigit, Julettaning oshig`i, umuman otasiga o`xshamaydi.Romeo obrazini yoritib beradigan bo`lsam, u ochiq ko`ngil,samimiy, mard va vafoli yigit.U o`z sevgisi uchun zaxar ichib o`zini qurbon qiladi. Chunki u o`z sevgisi un xamma narsasidan kechishga tayyor bo`ladi. Bunga birgina misol qilib, Juletta bilan kelishuvini misol qilsak bo`ladi.
“ Juletta
Ox, Romeo. Nega sen axir Romeosan?
O`z ismingdan, oilangdan voz kech ey yigit!
Agar buni xoxlamasang ishqimiz uchun -
Qasamyod qil, Kapuletti bo`lmayman men xam.
Romeo (o`z –o`ziga)
Yana so`zi bormikan, yo, berayin javob?
Juletta
O`zing emas, sening isming g`animdir menga.
Sen boshqasan. Sen Montekki emassan aslo.
Odamzodning qo`li, yuzi, oyog`i yoki -
Bo`lak ismi Montekkidan bo`lishi shartmi?
Sen o`zingga boshqa nom top! Nom degan nima?
Gulning nomi o`zga bo`lsa nima bo`luridi:
O`zga nomad xushbo`yligi o`zgararmidi?
Romeoning nomi agar o`zgach bo`lsa –
Xech narsa kam bo`lmas edi kamolotidan!
Tashla noming, nom-ku sening bir xissang emas,
Tanu jonim sening bo`lur bugun, Romeo.
Romeo
So`zlaringni unutmagin, tonmagin, ey qiz!
Meni yor de, men o`zimga boshqa nom qo`yay,
Va bunda so`ng bo`lmagayman aslo Romeo.”1

Xa bu telbalarcha sevgi degani! Chunki Romeo o`z sevgisini deb o`z nomidan xam kechishga tayyor. Tragediya so`ngida esa bu qaxramon o`zining sevgisi qanchalik kuchli va sodiq ekanligini yana bir bor ko`rsatadi desam yangilishmgan bo`laman. “ Romeo va Juletta “ tragediyasi ham o`z ichiga bir nechta obrazlarni qamrab oladi. Bu asarda turli mavzular yoritilgan bo`lib, bular sof muhabbat,do`stlik,adovat,qasos,odillik mavzularidir.2 Tragediyadagi har bir qahramoni ushbu mavzularni to`la tushunilishida ko`maklashadi. Muhabbat ikki dushman oilalar farzandlari, Romeo va Juletta o`rtasida paydo bo`ladi. Biroq bu muhabbat Montekki va Kapuletti oilalarining qurboni bo`ladilar. Bu muhabbat Romeoga chin sevgi qanday bo`lishini o`rgatgan bo`lsa, Julettaga soddadillikni unutib, irodali bo`lishga yordam beradi. Bu asarda yana bir obraz borki, u chin ma`noda Veronaning adolat va odillik timsolidir. Bu Verona begi Eskalusdir. Rohib Lorenso o`rta asr ma`rifatparvarining yorqin obrazidir.1 U ezgulik , tinchlik va toza hissiyotlar himoyachisi. U Romeo va Juletta muhabbatini qo`llab-quvvatlaydi. Ayni paytda ikki yoshning muhabbati oilalar o`rtasidagi ixtilofga ham barxam beradi,deya orzu qiladi. Asar tragediya janrida bo`lsa ham, hajviy obrazlarni ko`rishimiz mumkin. Merkutsio Romeoning quvnoq,topqir,hazilkash do`sti. U asar boshida hajviy obrazda nomoyon bo`lib, ikki yoshning vafoti tufayli fojeaviy obrazga aylanadi. Julettaning enagasi hamm asarda hajviy obrazni ifoda etgan. Obrazning hajviyligi uning tilni yaxshi tushunmasligi va so`zlarni ko`p marotaba qaytarishi orqali shakillanadi. Montekki va Kapuletti oilalari o`rtasidagi aodav ham Verona aholisining darg`azabligi o`sha davr ijtimoiy muhitini yoritib beradi. Insonlar bu ikki oilalar o`rtasidagi dushmanlikdan charchagan va ko`p azob chekkanlar. Kapuletti oilasining ikki mahrami obrazi orqali o`sha davrdagi oddiy aholining bilim saviyasi ham nomoyon qilingan. Asar so`ngida ikki zodagon oilasi o`rtasidagi ixtilof tufayli Juletta,Romeo, Merkutsio, Julettaning akasi Tibalt halok bo`ladi. Hatto Julettaga oshiq-u beqaror bo`lgan Paris ham halok bo`ladi. Biroq sevgi g`alaba qozonadi, sevishganlarning jasadlari ustida ularning otalari bir-birlariga qo`l uzatadilar.



Xulosa
Bugungi kunda yurtimizda har bir sohada o`ziga xos hamda ulkan islohatlar olib borilmoqda. Ayniqsa, yoshlar ongi va tafakkuri, bilim saviyasini oshirishga alohida e`tabor bermoqdalar. Bu islohatlarning amaliy natijasini kitobxonlikka alohida urg`u berilgani va kutubxonalar tashkil etilayotgan jarayonlarda ko`rishimiz mumkin. Bu esa milliy va jahon adabiyoti durdonalari, adiblar ijodini yoshlar o`rtasida keng yoyilishini ta`minlaydi. Adabiyot orqali turli xalq, millat haqida, ularning madaniyati, ma`naviyati haqida qimmatli ma`lumotlarga ega bo`lishimiz mumkin.Jaxon adabiyotida o`z o`rniga ega ingliz dramaturgi, shoir, aktyor va dunyoning eng mashhur dramaturglaridan biri V.Shekispirdir. Shekspirning merosi hali hanuz dunyo xalqlarini o`ziga rom qilib kelmoqda. Ushbu tadqiqot ishining maqsadi V.Shekisoir tomonidan yaratilgan “Romeo va Juletta” tragediyaini chuqur tahlil qilish va ushbu tahlil jarayonida tarixiy-qiyosiy, tarixiy-funksional, ijtimoiy-struktural tahlil metodlaridan foydalangan holda asarni to`laligicha anglash va mushohada qilishdir. Shu bilan bir qatorda “ Romeo va Juletta “ asaridagi obrazlar tizimini tahlil qilish, ularning bosh g`oyasi, ma`naviy dunyosini yoritib berishdir. Har bir asar o`ziga xos obrazlarga ega bo`ladi va bu obrazla ma`lum bir davr, jamiyat uchun taaluqli bo`lib, o`sha davrdagi muhimm mavzularni o`zida aks ettiradi. “Romeo va Juletta” tragediyasi ham o`z ichiga bir nechta obrazlarni qamrab oladi. Bu asarda turli mavzular yoritilgan bo`lib,bular sof muhabbat, do`stlik, adovat, qasos, odillik mavzularidir. Tragediyadagi har bir qahramoni ushbu mavzularni to`la tushunilishida ko`maklashadi. Muhabbat ikki dushman oilalar farzandlari, Romeo va Juletta o`rtasida paydo bo`ladi. Biroq bu muhabbat Montekki va Kapuletti oilalarining qurboni bo`ladilar. Bu muhabbat Romeoga chin sevgi qanday bo`lishini o`rgatgan bo`lsa, Julettaga soddadillikni unutib, irodali bo`lishga yordam beradi. Bu asarda yana bir obraz borki, u chin ma`noda Veronaning adolat va odillik timsolidir. Bu Verona begi Eskalusdir. Rohib Lorenso o`rta asr ma`rifatparvarining yorqin obrazidir. U ezgulik , tinchlik va toza hissiyotlar himoyachisi. U Romeo va Juletta muhabbatini qo`llab-quvvatlaydi. Ayni paytda ikki yoshning muhabbati oilalar o`rtasidagi ixtilofga ham barxam beradi,deya orzu qiladi. Asar tragediya janrida bo`lsa ham, hajviy obrazlarni ko`rishimiz mumkin. Merkutsio Romeoning quvnoq,topqir,hazilkash do`sti. U asar boshida hajviy obrazda nomoyon bo`lib, ikki yoshning vafoti tufayli fojeaviy obrazga aylanadi. Julettaning enagasi hamm asarda hajviy obrazni ifoda etgan. Obrazning hajviyligi uning tilni yaxshi tushunmasligi va so`zlarni ko`p marotaba qaytarishi orqali shakillanadi. Montekki va Kapuletti oilalari o`rtasidagi adoav ham Verona aholisining darg`azabligi o`sha davr ijtimoiy muhitini yoritib beradi. Insonlar bu ikki oilalar o`rtasidagi dushmanlikdan charchagan va ko`p azob chekkanlar. Kapuletti oilasining ikki mahrami obrazi orqali o`sha davrdagi oddiy aholining bilim saviyasi ham nomoyon qilingan. Asar so`ngida ikki zodagon oilasi o`rtasidagi ixtilof tufayli Juletta,Romeo, Merkutsio, Julettaning akasi Tibalt halok bo`ladi. Hatto Julettaga oshiq-u beqaror bo`lgan Paris ham halok bo`ladi. Biroq sevgi g`alaba qozonadi, sevishganlarning jasadlari ustida ularning otalari bir-birlariga qo`l uzatadilar.



Download 60,7 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 60,7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



”Romeo va Julettada”da Romeo obrazining talqini

Download 60,7 Kb.