• 1. Hamzalik (alif, vov, yoy, bilan boshlanadigan so’zlar bo’limi). 2. Solim (alif, vov, yoy bo’lmagan so’zlar bo’limi).
  • 6. To’rt xarfli so’zlar bo’limi. 7. G’unnaliylar bo’imi. 8. Ikki undosh qator kelgan so’zlar.
  • ADABIYOTLAR RO’YHATI
  • Devoni lug’atit turkning manbalari tarkibi va tartibi




    Download 30,84 Kb.
    bet3/3
    Sana31.05.2024
    Hajmi30,84 Kb.
    #258640
    1   2   3
    Bog'liq
    Devonu

    2. Devoni lug’atit turkning manbalari tarkibi va tartibi.
    Mahmud Qoshg’ariy men bu kitobni maxsus alifbo tartibida xikmatli so’zlar, sajlar, maqollar, qo’shiqlar, rajaz va nasl deb atalgan parchalar bilan bezalgan. Qattiq joylarini yumshattim, qiyin va qorong’u joylarini yoritdim so’zlarini o’z joyiga qo’yish kerakli so’zlarni osonlik bilan o’z joyini topish uchun bu ish bir necha yillar mashaqqat tortdim. Kitobni 8 asosiy bo’limda chekladim.
    1. Hamzalik (alif, vov, yoy, bilan boshlanadigan so’zlar bo’limi).
    2. Solim (alif, vov, yoy bo’lmagan so’zlar bo’limi).
    3. Muzoaf bir harfi ikki marta takrorlangan so’zlar bo’lmagan.
    4. Misol boshida yoy bo’lgan so’zlar bo’limi.
    5. Uch xarfli so’zlar bo’limi.
    6. To’rt xarfli so’zlar bo’limi.
    7. G’unnaliylar bo’imi.
    8. Ikki undosh qator kelgan so’zlar.
    Har bir bo’limni otlar, ismlar va fe’llar tarzida ajratib berilgan. Otlarni oldin fe’llarni esa otdan keyin o’z sirasiga qarab boblarga ajratib o’z o’rniga oldinma keyin ko’rsatdi. Tushunilishi oson bo’lishi uchun assarda arabcha istilohlarni qo’lladim. Mahmud Qoshg’ariy Devoni lug’atit turkning leksikasi so’z turkumlarini ajratishni xisobga olgan holda struktur alfabit prinsip asosida tuzilgan. Mahmud Qoshg’ariy Devoni lug’atit turkda fonetik morfologik sintaktik kuzatishlar bexisob bo’lib ular hamisha qiyosiy planda berilgan.
    XI asrning yirik olimi Mahmud Qoshg`ariy Movarounnahrni Qoraxoniylar sulolasi egallagan, turkiy adabiy til mintaqada urf bo`la boshlagan paytda yashab ijod etgan. Bobosi Muhammad asli Qoshg`arlik bo`lib, Mahmud Qoshg`ariy Bolasog`unda tug`ilgan. Kelib chiqishi va va tiliga ko`ra Koshg`ariy nisbatini olgan. Yigitlik yillarini Bolasog`unda o`tkazgan Mahmud Qoshg`ariy umrining katta qismini turkiy xalqlar yashaydigan o`lkalarni kezib, ularning madaniyati, tili, sheva va lahjalarini o`rganish, adabiy til bilan chog`ishtirish, material to`plash bilan o`tkazadi. O`zining bu ishlari haqida olim bunday deb yozadi:
    “Men turklar, turkmanlar, o`g`izlar, chigillar, yag`molar, qirg`izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko`p yillar kezib chiqdim, lug`atlarini to`pladim, turli xil so`z xususiyatlarini o`rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni aniqlash uchun ham qildim. Ularni har tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim”.
    (M.Qoshg`ariy. “Devonu lug`otit turk”. 1-j. T., 1960, 44-bet.)
    O`z ilmiy kuzatishlarining yakuni sifatida umrining yetuk davrida “Javohirun nahv fi lug`otit turk” (“Turkiy tillarning sintaksis qoidalari”) va “Devonu lug`otit turk” asarlarini yozadi.
    Birinchi asar bizgacha yetib kelmagan.
    Ikkinchi asar hozirgi hisob bilan 1072-1074-yillarda yozib tugatilgan va abbosiy xalifalar avlodidan bo`lgan Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bag`ishlangan. Asarning asosiy matni o`sha davr an`anasiga ko`ra arab tilida yozilgan bo`lib, turkiy tilning boyligini, mazmundor va rang-barangligini tushuntirish uchun yaratilgan, deb taxmin qilish mumkin.
    “Devoni lug`otit-turk” asari endilikda barcha turkiy xalqlar tillari, jumladan, o`zbek tili tarixini o`rganishda beqiyos yodgorlikdir.
    Mahmud Qoshg`ariyning adabiy merosini o`rganish bo`yicha bir qancha o`zbek olimlari, turkologlar tadqiqotlar olib borishgan. Fitrat, Mutallibov, Stebiva, Reshetov, Abdurahmonov, Rustamov kabi olimlar Mahmud Qoshg`ariyning qadimgi turkiy tillarni o`rganishga buyuk hissa qo`shgan o`z davrining o`ta bilimdon olimi ekanligini ta`kidlaydilar. Hozirgi zamon jahon ilmiy jamoatchiligi XI asr buyuk olimi Mahmud Qoshg`ariyni qiyosiy tilshunoslikning asoschisi, deb tan oladi.
    “Devonu lug`otit turk” sahifalari bilan tanishar ekanmiz, ko`z oldimizda Mahmud Qoshg`ariy georgraf, botanik, zoolog, tilshunos, folklorshunos, adabiyotshunos, tarxichi olim sifatida namoyon bo`ladi. Shuning uchun ham olimni qomusiy olim, asarni esa qomusiy asar deya olamiz.
    8 bo`lim, muqaddima va xulosa qismlaridan iborat bo`lgan ushbu asarning har bir bo`limida ot-ism so`zlar, fe`llar qulaylik uchun alohida ajratib berilgan. Unda 7500 dan oshiq turkiy so`z va iboralar izohlangan. Lug`atda yuzlab kishi ismlari, shahar va qishloq, o`lka nomlari, daryo, tog`, yaylov, vodiy, dara, yo`l, dovon, ko`l, soy kabi jug`rofiy atamalar, turli qabila, urug`, elat, sayyora, yulduzlar, fasllar tilga olinadi.
    Turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy maqol va hikmatli so`zlar, 700-misradan oshiq she`riy parchalarning ko`p qismi turkiy xalqlar og`zaki ijodiga xos to`rtliklardan iborat. Ammo “Devon” ga kiritilgan she`riy parchalarning 150 misraga yaqin islom davri she`riyatiga xos bo`lgan bayt tipidagi masnaviy, qasida, qit`a, g`azal parchalari bo`lib, ularni Qoshg`ariyning o`zi ham ko`pincha “bayt” deb ataydi. VIII-XI asrlarga oid turkiy she`riyat namunalarida u yoki bu darajada aruz vazniga o`tish moyilligi seziladi.
    Kitobda 7 ta epik doston, ishqiy qo`shiqlar, pandnomalar, koinot yaratilishiga oid asotir, she`rlar, tabiat manzaralari tasviri, madhiyalar, falsafiy mushohadalar uchraydi. “Devon” dagi epik doston-qo`shiqlar ko`proq jangnoma xarakterida bo`lib, ba`zi yirik parchalarga shartli ravishda “Tangutlar bilan jangnoma”, “Uyg`urlar bilan jangnoma”, “Yabaku bilan jangnoma” deb nom qo`yilgan. Ularda turkiy elatlarning shijoati, qiyinchiliklarga bardoshi, jasurligi, harbiy hiylalar, siyosiy kurash, elparvarlik, mardlik tuyg`ulari tavsif etilgan. Devonda saqlangan 2 yirik asar ko`pchilikning diqqatini o`ziga tortadi:

    1. “Alp er To`nga marsiyasi”.

    2. “Qish bilan yoz mulozaryasi”.

    “Devonu lug`otit turk” da dunyo xaritasi doira shaklida chizib ko`rsatilgan. Uning markazida Markaziy Osiyo joylashgan. Bolasog`un, Shosh, O`zgan, Isfijob, Marg`inon kabi shaharlar ushbu hududga aloqador ko`rsatilgan. XI asr jug`rofiy tasavvurlaridan darak beruvchi xaritaning ilova qilinishi Qoshg`ariyning qomusiy alloma ekanligini yana bir marta isbotlaydi.
    XI asrda yaratilgan “Devonu lug`otit turk” asaridagi she`riy parchalar 5-6 asrlarga tegishlidir. Ular bir qancha adabiy janrlarda yaratilgan bo`lib, masnaviy, munozara, to`rtlik, ruboiy, murabba` shular jumlasidandir. To`rtlik shakliga tayangan she`riy parchalarni Mahmud Koshg`ariy, asosan, “qo`shug`” deb ataydi. Mehnat va marosim qo`shiqlari, lirik she`rlar a-a-a-b shaklida qofiyalangan. To`rtliklar orasida a-b-v-b, a-a-a-a shaklida qofiyalanganlari ham bor. Xalq qo`shiqlari barmoq vaznida yaratilgan bo`lib, 7-bo`g`inli misralardan tuzilgan. Turoqlar 4+3 shaklida.
    Qo`shug`” atamasini olim qo`shiq, qasida, she`r deb izohlaydi. Buddaga sig`ishuvchi turkiylarda “takshut” atamasi “she`r”, “nazm”, “bayt”, “manzuma” ma`nosini anglatgan. “Ir” (yir) atamasi g`azal, maqom, kuy o`rnida qo`llangan. “Kug” atamasi kuy, she`r vazni, she`r ma`nolarini anglatadi.
    Kuglar qamug` tuzuldi.
    Ivrish idish tuzildi.

    She`rlar tugal tuzildi, ichimlik va qadoqlar tuzildi. Budda davri adabiyotida uchraydigan “shlok” istilohi sanskritcha “shloka” so`zidan olingan bo`lib, “manzuma”, “madhiya” ma`nosini anglatadi.


    Asardagi she`riy parchalarning g`oyaviy-badiiy xususiyatlarini kuzatish qadimgi she`riyatimizda jiddiy shakllanish va rivojlanish jarayoni boshlanganidan dalolat beradi. Bularning bari olimni o`z davrining hamma zamonlarning buyuk adabiyotshunos olimi deb atashga huquq beradi.
    Mahmud Qoshg`ariyning islomdan ilgarigi va ilk islom davri turkiy madaniyat obidalarini tadqiq etish, to`plash va avlodlarga yetkazib berishdagi xizmatlari nihoyatda ulkandir. Uning tarix, etnografiya, tarix-jug`rofiya xususidagi bilim doirasi, til va adabiyot sohasidagi qomusiy salohiyati, tadqiq qudrati bugungi kunda ham hayratlanarli darajada edi.

    Xulosa
    Xulosa qilib aytganda Mahmud Qoshg’ariyning Devoni lug’ati turk asari turk tili rivojlanishiga muhim hissa qo’shgan manba hisoblanadi. Devoni lug’atit turk asarida turk gramatikasi uning fonetik xususiyatlari leksikasi haqida fikr yuritilagan. Bu asarda faqatgina turk tiliga oid ma’lumotlar emas balki boshqa fanlar tarix va aniq fanlar to’g’risida tushunchalar o’z aksini topgan. Devoni lug’atit turk asarining tarbiyaviy ahamiyati ham katta. Bu asarda tilgan olingan qabilalar tili urf odatlari madaniy qadriyatlari haqida ham umumiy tushuncha bergan. Shuning uchun ham bu asar xozirgacha o’z qadr qimmatini yo’qotmay yosh avlod qalbida joy olib kelmoqda.

    ADABIYOTLAR RO’YHATI
    1. ,,Turkiy filologiyaga kirish” o’quv uslubiy qo’llanma. Qarshi 2002 yil.
    2. ,,Buyuk tilshunoslar” X.Jabborov 2002 yil.
    3. ,,O’zbek adabiyoti” Safo Matjon, Sharofjon Sariyev Toshkent 2008 yil.
    4. ,,O’zbek tili va adabiyoti jurnali” 2009 yil

    1. WWW.Ziyo Net. Uz.

    2. www.arxiv.uz



    Download 30,84 Kb.
    1   2   3




    Download 30,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Devoni lug’atit turkning manbalari tarkibi va tartibi

    Download 30,84 Kb.