|
Matndagi manbalarga iqtibos tartiblariBog'liq portal.guldu.uz-Kurs ishi bo`yicha uslubiy ko`rsatmaMatndagi manbalarga iqtibos tartiblari
1930-yillarda Y. Shumpeter tomonidan innovatsiya tushunchasi kiritildi, va u
mahsulot
ishlab
chiqarish,
sotish,
etkazish
jarayonlarida
yangi
yoki
takomillashtirilgan texnik, texnologik, tashkiliy xarakterdagi qarorlarni qo‗llash
oqibatida mumkin bo‗lgan o‗zgarishlarni bildirar edi [4.116.]. Shuningdek,
o‗zgarishlar nuqtai nazaridan innovatsiyalarga La Perre, Yu.Yakovets, F. Valenta, L.
Voldachkova va boshqalar ta‘rif berib, ―innovatsiya - boshlang‗ich holatdan yangi
holatga o‗tish yo‗li bilan xo‗jalik ichki tuzilmasida sodir bo‗lgan har qanday
o‗zgarish‖ yoki ―ijodiy g‗oyaning rivojlanishi va uni tayyor mahsulot, jarayon yoki
tizimga aylanishi‖ deb qarashadi [5.323.]. E.Mensfeld, B. Santo, B.Tviss va boshqa
xorijiy olimlar tomonidan innovatsiya jarayon sifatida talqin qilinib, g‗oya va
ixtirolardan amaliy foydalanish orqali o‗z xususiyatlariga ko‗ra eng yaxshi mahsulot
va texnologiyalarning yaratilishiga olib keladigan ijtimoiy - texnik - iqtisodiy
jarayon, deb ta‘rif beriladi. Shuni ta‘kidlab o‗tish kerakki, ushbu ta‘riflarda g‗oya va
kashfiyotlarning iqtisodiy mazmunini izohlovchi omillar hamda ularning manbalari
ko‗rsatilmaganligi tufayli innovatsiya tushunchasining tushunarsizroq (noaniq)
ta‘riflanishiga olib kelgan. Innovatsiyalarni tatbiq etishga davomiyligi 50-60 yil
bo‗lgan katta tsikllar nazariyasini asoslab bergan, kon‘yunktura tsikllarining
modellarini ishlab chiqqan olim N.D.Kondratev katta hissa qo‗shgan. U yangi tsiklga
o‗tish to‗planib qolgan ixtirolarni joriy etish uchun sharoit yaratish imkonini
beradigan kapital ne‘matlar zahirasini kengaytirish bilan bog‗liq ekanligini isbotladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati:
4.
Шумпетер Й. Теория экономического развития. М.- Юнити-ДАНА, 2001.
5.
Видфилд П. Инновационные процессы как объект управления экономическим развитием. М.:НИИЦ, 1993.
|
| |