|
Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Iqtisodiyot yo„nalishi 4-Bog'liq portal.guldu.uz-Kurs ishi bo`yicha uslubiy ko`rsatmaGuliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Iqtisodiyot yo„nalishi 4-
kurs talabasi Ismatov To„lqinning
“Agrar sohada innovatsion rivojlanish va uning iqtisodiy samaradorligini
oshirish yo„llari” mavzusidagi yozilgan
kurs ishiga
TAQRIZ
Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar va foydalanilgan
adabiyotlar ro‗yxatidan iborat bo‗lib unda agrar sohada innovatsion rivojlanish va
uning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‗llari o‗rganilgan, ma‘lumotlar tahlil
qilingan va tegishli xulosalar bayon qilingan. Kurs ishi jami 42 betdan iborat bo‗lib, 2
ta jadval, 2 ta diagramma ma‘lumotlari, 24 ta foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati
keltirilgan.
Talaba tomonidan kirish qismida mavzuning dolzarbligi eng so‗ngi
ma‘lumotlar bilan izohlab berilgan. Innovatsion rivojlanishning iqtisodiy
samaradorligi bayon qilingan.
Mavzuning asosiy qismida agrar sohada innovatsion rivojlanish va uning
iqtisodiy samaradorligi adabiyotlardan foydalangan holda nazariy asoslab berilgan,
statistik va tahliliy ma‘lumotlar keltirilgan.
Mavzuning xulosa va takliflar qismida har bir berilayotgan xulosani iqtisodiy
samarasi izohlangan va echimlari to‗g‗risida bayon etilgan.
Shu o‗rinda talaba tomonidan yozilgan kurs ishining ijobiy tomonlari sifatida
quyidagilarni ko‗rsatsa bo‗ladi:
Birinchidan, mamlakatimizda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning
zaruriyati boy manbalar orqali ochib berilganligi, eng so‗ngi adabaiyotlardan
foydalangan holda yangi statistik ma‘lumotlarni tahlil qilgan;
Ikkinchidan, mavzuga oid iqtisodchi olimlarning nazariy fikrlari etarlicha
o‗rganilgan holda bayon etilgan, qishloq xo‗jaligida zamonaviy yondoshuvlarni
ko‗rsatib beraolgan;
Uchinchidan xorij tajribasidan hamda internet materiallaridan oqilona
foydalanaolgan holda mavzu bayon etilgan.
Yuqoridagi ijobiy natijalar bilan birgalikda ayrim juziy xatolar uchraydi.
Masalan, kurs ishi hajmi 5-6 varaq ko‗p, orfografik va stilistik xatolar mavjud. Tahlil
jarayonida diagramma va grafiklardan foydlanganda yanada mavzu boyigan bo‗lar
edi.
Biroq ushbu qayd etilgan kamchiliklar mavzuning bayon etilishiga va
mazmunning yo‗qolishiga aslo ta‘sir etmaydi.
Kurs ishi talab darajasida yozilgan deyishga asoslarimiz bor. Talaba yuqorida
ko‗rsatilgan kamchiliklarni kelgusi tadqiqot ishlarida takorlanishiga yo‗l qo‗ymaydi
deb o‗ylayman va kursi ishini himoyaga tavsiya etaman.
|
| |