2
Bakalavriat ta‘lim bosqichining 5230100 - «Iqtisodiyot» (tarmoqlar va
sohalar bo‗yicha) ta‘lim yo‗nalishi talabalari uchun «Makroiqtisodiy tahlil
va prognozlashtirish» fanidan kurs ishi yozish bo‗yicha uslubiy ko‗rsatma.
Tuzuvchi A.Abduvoxidov. - Guliston, 2020. ___ bet.
Mazkur uslubiy ko‗rsatma 5230100- ―Iqtisodiyot‖ (tarmoqlar va
sohalar bo‗yicha) ta‘lim yo‗nalishi talabalari uchun ―Makroiqtisodiy tahlil
va prognozlashtirish‖ fanidan kurs ishini
tayyorlash va himoya qilish
jarayoniga uslubiy jihatdan yordam beradi.
Amaldagi davlat ta‘lim standartlari va namunaviy o‗quv rejasida oliy
ta‘limning bakalavriat bosqichi 5230100 - ―Iqtisodiyot‖ (tarmoqlar va
sohalar bo‗yicha) ta‘lim yo‗anilishida tahsil olayotgan talabalar
―Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish‖ fani bo‗yicha
kurs ishi
yozishlari belgilangan. Uslubiy ko‗rsatmada kurs ishi mavzularini tanlash,
adabiyotlar bilan tanishish,
kurs ishini yozish, ularni rasmiylashtirish va
uni himoya qilish jarayonlari batafsil bayon etilgan (2020 yil
_______________dagi ___-sonli O‗quv-uslubiy Kengash qarori).
Taqrizchilar
: professor A.Mamatov
dotsent O. Sattorqulov
3
KIRISh
Oliy ta‘lim bakalavriat bosqichining 5230100- ―Iqtisodiyot‖
(tarmoqlar va sohalar bo‗yicha) ta‘lim yo‗nalishida tahsil olayotgan 3-4
bosqich talabalari amaldagi namunaviy va ishchi o‗quv
rejalar asosida
―Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish‖ fanidan kurs ishi
tayyorlashlari va himoya etishlari ko‗zda tutilgan.
―Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish‖
fanidan kurs ishi yozish
orqali quyidagi maqsadlarga erishish ko‗zda tutiladi: talabalarning real
sektor korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog‗liq iqtisodiy
faoliyatni o‗rganishi uchun xuquqiy-me‘yoriy
hujjatlar, ilmiy va o‗quv
adabiyotlarni izlab topishi, o‗rganib chiqishi hamda ularda keltirilgan fikr
va dalillarni tizimli tarzda jamlay olishi va zaruriy xulosalar qilishi;
mustaqil ta‘lim
olishni faollashtirish; mavjud nazariy va amaliy
materiallarni chuqur iqtisodiy tahlil qila olishi
va bu borada etarlicha
malaka va ko‗nikmalarni shakllantirish; bitiruv malakaviy ishini yozishga
tayyorgarlik ko‗rish. Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayoni quyidagi
bosqichlardan iborat:
1.
Mavzu tanlash.
2.
Foydalanish uchun zarur bo‗lgan
bosma va elektron
adabiyotlarni izlab topish va ularning ro‗yxatini tuzish.
3.
Kerakli hujjatlar asosida ma‘lumotlarni tayyorlash va yig‗ish.
4.
Kurs ishi rejasini tuzish.
5.
Rejaga mos bo‗lgan savollarni batafsil o‗rganish ma‘lumotlarni
tahlil qilish.
6.
Olgan bilim va ko‗nikmalarini o‗rganish va tahlil natijasida
batafsil, mantiqan to‗g‗ri bayon qilish.
7.
Kurs ishida keltirilgan ma‘lumotlarni
keng va tushunarli tahlil
qilish.
8.
Ilmiy rahbar tomonidan ko‗rsatilgan kamchiliklarni bartaraf
etish va takliflarni e‘tiborga olish.
9.
Kurs ishini to‗g‗ri rasmiylashtirish.
10.
Kurs ishini himoya qilish.