• Ikkinchi savolda
  • Maxsus talim vazirligi guliston davlat unversiteti makroiqtisodiy tahlil va prognozlas




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/17
    Sana27.05.2024
    Hajmi0,97 Mb.
    #254536
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Kurs ishi bo`yicha uslubiy ko`rsatma

    Birinchi savolda
    mavzuning nazariy jihatlari mazmuni, mohiyati, 
    ahamiyati yoritiladi. Ya‘ni turli iqtisodiy maktablar vakillari bo‗lgan 
    iqtisodchi olimlar asarlarining qiyosiy tahlili amalga oshirilishi, davriy 
    nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalardan foydalanilishi, mavzuga oid 
    asosiy darsliklar va o‗quv qo‗llanmalarida keltirilgan nazariy fikrlarniig 
    qiyosiy tahlili amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, korxonalarda 
    ishlab chiqarishni iqtisodiy rivojlantirishning mohiyati, mazmuni, zarurligi 
    yoritiladi. Bunda mavzuning xuquqiy asoslarini ham ochib berish mumkin. 
    Korxonalarda ishlab chiqarishni iqtisodiy rivojlantirishning huquqiy 
    asoslari o‗rganilib, bunda O‗zbekiston Respublikasi qonun tizimida real 
    sektor korxonalarini iqtisodiy faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar, 
    O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‗zbekiston 
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O‗zbekiston Respublikasi 
    Iqtisodiyot va sanoat vazirligining qonun osti xujjatlari, qarorlari, xalqaro 
    amaliyotda qo‗llanuvchi umumiy me‘yorlar, O‗zbekiston Respublikasi 
    Fuqarolik kodeksining bandlari o‗rganiladi. Kurs ishi rejasida ko‗rsatilgan 



    asosiy qismning 1-savolini ko‗pi bilan 8-10 varaq hajmda yoritish tavsiya 
    etiladi. 
    Ikkinchi savolda
    mavzuga oid amaliyot holati tahlilini amalga 
    oshirish va tahlil natijalariga asoslangan holda tegishli xulosalarni 
    shakllantirishdan iboratdir. Bunda jadvallar, diagrammalar, rasmlar 
    shaklida amaliyot ma‘lumotlaridan keng foydalanish. ularni batafsil tahlil 
    etish talab etiladi. Tahlil jarayonida davriy nashrlarda chop etilgan ilmiy 
    maqolalarga, hukumat idoralariniig rasmiy internet saytlarida keltirilgan 
    ma‘lumotlarga, malakaviy amaliyot davomida to‗plangan amaliyot 
    ma‘lumotlariga asoslanish tavsiya etiladi. Har bir jadval, diagramma va 
    rasmlarning manbalari aniq ko‗rsatilishi talab etiladi. Ishlab chiqarishni 
    tashkil etish bilan bog‗liq iqtisodiy ma‘lumotlar dinamikasini o‗rganishda 
    kamida oxirgi 3-4 yillik ma‘lumotlar tahlil qilinadi. Ushbu savolga javobni 
    ko‗pi bilan 10-12 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi. 

    Download 0,97 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maxsus talim vazirligi guliston davlat unversiteti makroiqtisodiy tahlil va prognozlas

    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish