7
Kirish qismi - kurs ishining boshlang‗ich qismi bo‗lib, ishning asosiy
mazmuni bayon qiladi. Unda kurs ishi mavzusining dolzarbligi asoslanadi,
izlanishning
maqsadi va vazifalari, izlanish ob‘ekti, predmeti hamda
mavzuning ahamiyati va mohiyati ochib beriladi. Shu bilan birga, kurs ishi
yozish uchun asos bo‗lgan amaliy ma‘lumotlar manbalari aks ettiriladi.
Mavzuning dolzarbligini yoritish barcha ilmiy ishlarda majburiy
talabdir. Muallif mavzuni tanlar ekan uning ilmiy salohiyati va kasbiy
tayyorgarligi albatta bu mavzuning mazmunini to‗liq tushuntirib berishga
va uning ilmiy-amaliy ahamiyatini ko‗rsatib berishga etarli bo‗lishi lozim.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligini yoritishda
quruq nazariy va ilmiy
asoslanmagan gaplardan imkon qadar qochishga harakat qilish lozim.
Mavzuning dolzarbligini ko‗rsatuvchi asosiy jihat va to‗liq bir sahifada
ko‗rsatish etarli bo‗ladi.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda O‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti asarlaridan, ma‘ruzalaridan va etuk iqtisodchi olimlar
asarlaridan o‗rinli foydalanish talab etiladi Mavzuning dolzarbligi asoslab
berilganidan so‗ng, tadqiqotning
maqsadidan kelib chiqib, ushbu
maqsadga erishish uchun aniq vazifalarni (3-5 ta vazifalarni) belgilab olish
kerak bo‗ladi.
Bular odatda quyidacha ifodalanadi:
•
o‗rganish;
•
ochish;
•
tasvirlash;
•
belgilash;
•
aniqlash:
•
uslubiy ishlab chiqish:
•
tayyorlash.
Kurs ishini bajarish chog‗ida yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan vazifalar
doirasida tadqiqotlarni amalga oshirish, pirovardida kurs ishini bajarishdan
ko‗zlangan maqsadga erishilishini ta‘minlaydi.
Masalan, ―Agrar sohada innovatsion rivojlanish va uning iqtisodiy
samaradorligini oshirish yo‗llari» mavzusida bajarilayotgan kurs ishining
tadqiqot ob‘ekti va predmetini aniqlashtiradigan bo‗lsak,
u holda mazkur
kurs ishi mavzusining tadqiqot ob‘ekti – bu agrar ishlab chiqarish
8
korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati bo‗lsa, agrar korxonalar va
boshqa tuzilmalar o‗rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar
tadqiqot predmetini aks ettiradi. Kurs ishining kirish qismida mahalliy va
xorijiy olimlar va mutaxassislarning mazkur
kurs ishi mavzusi doirasida
olib borgan va olib borayotgan ilmiy izlanishlari ustida qisqacha to‗xtalib
o‗tish, kurs ishi ilmiy ahamiyatining ortishiga olib keladi. Kurs ishining
kirish qismi ko‗pi bilan 2-3 varaq hajmda bo‗lishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Kirish qismdan so‗ng, asosiy qism keladi, ya‘ni u bir nechta
savollardan iborat bo‗lib, bunda tanlangan kurs ishi mavzusining mazmun
va mohiyati batafsil ochib beriladi.
Kurs ishining har bir bo‗limi olim va mutaxassislarning mavzuga doir
ilmiy
xulosalari, davlat va mahalliy hokimiyat idoralarining sohaga oid
me‘yoriy hujjatlari va ko‗rsatmalari asosida yoritilishi talab etiladi. Kurs
ishida ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa
mualliflarning (ilmiy ma‘ruzalar va maqolalari, hisob-grafika ishlari va
loyihalari, albatta, nomlari ko‗rsatilgan holda) ishlari
aks ettirilishi yoki
ulardan foydalanish mumkin.