Maxsus talim vazirligi guliston davlat unversiteti makroiqtisodiy tahlil va prognozlas




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana27.05.2024
Hajmi0,97 Mb.
#254536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kurs ishi bo`yicha uslubiy ko`rsatma

 
KURS IShINI HIMOYa QILISh 
Dekanat tomonidan kafedra bilan kelishilgan holda kurs ishlarini 
topshirish va himoya qilish reja jadvali ishlab chiqiladi va kurs ishini 
topshirish va himoya qilish muddatlari kafedra mudiri tomonidan 
o‗rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 
Talaba tayyor bo‗lgan kurs ishini ―Iqtisodiyot‖ kafedrasi kabinet 
mudiriga topshiradi. Kabinet mudiri yoki kotib ushbu kurs ishini ro‗yxatga 
olish kitobida ro‗yxatdan o‗tkazib, kurs ishi titul varag‗iga ro‗yxatdan 
o‗tkazilgan sana va ro‗yxat tartib raqamini yozadi. So‗ng ilmiy rahbarga 
topshiradi. Ilmiy rahbar kurs ishini ro‗yxatdan o‗tgan sanadan boshlab bir 
hafta ichida ko‗rib chiqib, uni talab darajasida bajarilganligiga ishonch 
bildirgandan so‗ng, ishni o‗z taqrizi (10-ilovaga qarang) bilan birga 
kafedraga taqdim etadi. Ilmiy rahbar tomonidan taqdim qilingan taqrizda 
talabaning faolligi, mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifasi, qabul 
qilingan qarorlardagi yangiliklar, keltirilgan malumotlarning tahlili, 
chiqarilgan xulosa va takliflarning asosliligi va kurs ishining boshqa ijobiy 
tomonlari tavsiflanadi. Shu bilan birga, xato va kamchiliklari ham 
ko‗rsatiladi. Natijada, taqriz oxirida xulosa qilinadi. ya‘ni kurs ishi 
himoyaga kuyilishi yoki qilmasligi ko‗rsatib o‗tiladi. 
Kurs ishida qo‗pol xato-kamchiliklar bo‗lmasa, himoyaga tavsiya 
etiladi. Talaba kursatilgan xato-kamchiliklarni asoslash yoki to‗g‗rilash 
uchun kurs ishi himoyasigacha taiyorlanishi kerak. Agarda kurs ishida 
xato-kamchiliklar ko‗p bo‗lsa, ularni bartaraf etgandan so‗ng, himoyaga 
tavsiya etilishi ko‗rsatilgan bo‗lsa, u holda xato-kamchiliklar bartaraf 
etilgandan sung, ikkinchi marta yana himoyaga tavsiya etish uchun taqriz 
yoziladi. Agarda talaba kurs ishini sababsiz o‗z vaqtida topshirmasa, 
kamchiliklar to‗liq bartaraf etilmasa, u holda ilmiy rahbar kurs ishi 
―himoyaga ko‗yilmaydi‖- deb yozma xulosa beradi. Kotiba taqriz yozilgan 
kurs ishini topshirilgan kun bilan ro‗yxatdan o‗tkazib qo‗yishi kerak. Kurs 
ishlarini ro‗yxatga olish kitobida har bir guruhni alohida betga 
rasmiylashtirish tavsiya etiladi. Kurs ishini himoya qilish kuni va 
himoyada katnashuvchi komissiya tarkibi kafedra majlisida belgilanadi. 
Kurs ishi himoyasida qatnashuvchi komissiya tarkibi 3-5 ta a‘zodan iborat 


14 
bo‗ladi. Kurs ishi himoyasida komissiya tarkibidan kamida 3 ta azo 
bo‗lishi talab etiladi. Xar bir talaba uchun kurs ishi himoyasi 20-25 daqiqa 
(10-15 daqiqagacha talaba ma‘ruzasi, 5-10 daqiqagacha savol-javob) 
davom etadi. Talaba o‗z ma‘ruzasida mavzu to‗g‗risida qisqacha 
tushuncha berishi, ya‘ni mavzuning dolzarbligi, o‗rganilgan muammolar,
xulosa va taklif haqida to‗xtalishi zarur. Shuningdek, taqrizda ko‗rsatilgan 
kamchiliklar haqida to‗xtalishi ham talab etiladi. Himoyadan so‗ng, 
komissiya a‘zolari yopiq majlis o‗tkazib, talabalarning ishini baholash 
qarorini qabul qiladi. 
Komissiya a‘zolari quyidagicha qaror qabul qilishlari mumkin: 
- kurs ishini himoya qilganligini bildiruvchi baho quyilishi; 
- ―himoyaga kiritilmadi‖; 
- ―himoyaga kelmadi‖bo‗lishi; 
- himoyada ―qoniqarsiz‖ baho olgan bo‗lishi; 
- qayta himoya qilish uchun muddat berilishi; 
- boshqa mavzuda qayta ishlab, himoya qilish tavsiya qilinishi. 
Uzrli sabab bilan kurs ishini belgilangan muddatda himoya qilmagan 
talabalarga fakultet dekanatining ruxsati bilan, komissiyasining ishi 
yakunlanishiga qadar, boshqa muddatlarda himoya qilishga ruxsat beriladi.
―a‘lo‖ va ―yaxshi‖ baholangan kurs ishlari kafedra tomonidan turli 
tanlov va ko‗rgazmalarga tavsiya etiladi. 


15 
1-ilova 

Download 0,97 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maxsus talim vazirligi guliston davlat unversiteti makroiqtisodiy tahlil va prognozlas

Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish