Uchinchi savolda
mavzuga oid muammolar yuzasidan zamonaviy
asarlarda tadqiq etilayotgan mavzuni takomillashtirish va rivojlantirish
yuzasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda, ularga nisbatan
talabaning mustaqil fikrlarini bildirish va ilg‗or xorijiy tajribalarni bayon
etish va ularni mamlakatimizda qo‗llash imkoniyatlari bo‗yicha takliflar
kiritish talab etiladi. Ya‘ni, O‗zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy
jarayonlarni tartibga solish borasida mavjud muammolar atroflicha bayon
qilinadi. Talaba muammolarni aniqlash bilan bir vaqtda ularni bartaraf
etish borasida shaxsiy takliflarini keltiradi. Ushbu savolga javobni ko‗pi
bilan 9-10 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Xulosa qismda mavzuni o‗rganish davomida talaba tomonidan amalga
oshirilgan tahlil jarayonida shakllantirilgan xulosalar aks ettiriladi.
Mavzuga oid zamonaviy asarlarda bayon etilgan tadqiq etilayotgan
mavzuni takomillashtirish yuzasidan takliflar keltirib, shunga asosan talaba
o‗z fikrini bayon etadi. Xulosa qismini ko‗pi bilan 2-3 varaq xajmda
yozish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar qismida darslik, o‗kuv qo‗llanma, uslubiy
qo‗llanma, jurnal, tezislar to‗plami, huquqiy-me‘yoriy hujjatlar va internet
saytlarining asosiy ma‘lumot ko‗rsatkichlari (chop qilingan joyi va yili,
nashriyot va boshqalar) ro‗yxati keltiriladi. Barcha ilmiy ishlarda,
10
shuningdek, kurs ishida ham foydalanilgan ma‘lumotlar manbai va
adabiyotlar ro‗yxatini keltirish majburiy shartlardan biridir (3-ilovaga
qarang). Foydalanilgan adabiyotlar qismini ko‗pi bilan 2-3 varaq hajmda
keltirish tavsiya etiladi.
KURS IShINI RASMIYLAShTIRIShNING UMUMIY
TALABLARI
Kurs ishi berilgan topshiriq asosida, shaxsan talaba tomonidan
bajariladi. Talaba tanlangan qarorning to‗g‗riligiga va uning topshiriqqa
muvofikligiga, kurs ishida ko‗chirmachilik holatining yo‗qligiga javob
beradi.
Kurs ishi ta‘lim to‗g‗risidagi me‘yoriy hujjatlarda talab etilganidek
tartibli rasmiylashtirilgan, xatosiz, aniq va tushunarli tilda yozilgan
bo‗lishi kerak. Kurs ishini yozishda matnda «men» so‗zi o‗rniga «biz»
so‗zini yozish tavsiya etiladi.
Kurs ishi qo‗lyozma yoki elektron tarzida A4 o‗lchamdagi oq
qog‗ozda rasmiylashtirilgan bo‗lishi shart. Kurs ishi qo‗lyozma tarzida
yozilganda, ko‗k rangli ruchkada yozilishi tavsiya qilinadi, boshqa rang
ruchkalarni ishlatishga yo‗l qo‗yilmaydi. Bo‗limlar, jadvallar, rasmlar
raqamini va nomlarini ham boshqa rangli ruchkada yozishga yo‗l
qo‗yilmaydi. Ishda keltiriluvchi jadvallar, diagrammalar, rasmlar
kompyuterda
tayyorlanib,
printerda
chop
etilgan
(qog‗oz
A4
(210x297mm) shaklda) holda kiritilishi mumkin. Kurs ishida tuzatishlarga
ruxsat berilmaydi.
Kafedraning roziligi bilan talaba kurs ishini o‗zi tanlagan xorijiy
tillardan (ingliz, nemis, frantssuz, rus) birida ham bajarishi mumkin.
Xorijiy tilda bajarilgan ishga davlat tilidagi annotatsiya ilova etiladi va
himoya vaqtida tarjima ta‘minlanadi.
Kurs ishini yozishda varaqning chap tarafida 3 sm, pastda 2 sm,
tepada 2 sm, o‗ngda 1 sm joy qoldirish tavsiya qilinadi. (6-ilovaga qarang)
bunda bir varaqda 28-30 qator yozuv bo‗lishi zarur. Kurs ishi qo‗lyozma
tarzida yozilganda varaq tagiga yo‗l-yo‗l qog‗oz (―zebra‖) qo‗yib yoziladi.
Varaqning o‗ziga matn yozish uchun to‗g‗ri chiziqlar chizish yoki
printerda chiziqlar chop etilgan varaqlarga yozishga yo‗l qo‗yilmaydi.
Kurs ishining barcha betlari titul betidan oxirgi betigacha tartib bilan
11
raqamlanadi. Birinchi bet titul varag‗i hisoblanib, unga raqam
ko‗yilmaydi, keyingi betga ―2‖ raqami qo‗yiladi va hokazo. Tartib raqami
betning pastki tomonining o‗rtasiga qo‗yiladi.
Qismlarning nomlanishi bosh harf bilan yoziladi. Qism ichidagi
nomlanishlar xatboshidan kichik harflar bilan yoziladi. Asosiy qism
ichidagi savollarning sarlavhalarini yozishda bo‗g‗in ko‗chirishga ruxsat
berilmaydi. Sarlavha oxirida nuqta ko‗yilmaydi. Sarlavhaning tagiga
chizib yozishga ruxsat etilmaydi, bir sarlavhadan oldin arab raqami bilan
raqamlar qo‗yiladi va raqamdan so‗ng nuqta qo‗yiladi. Agarda savol ichida
savollar keltirilsa, masalan, birinchi savol ichida bir nechta savollar bo‗lsa
―1.1.‖ ,―1.2.‖ shaklda yoziladi.
Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar boshlanishida raqam
qo‗yilmaydi. Kurs ishining har bir qismi yangi betdan boshlanadi. Kirish,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va asosiy qism savollari bir xilda,
varaqning yukori qismining o‗rtasiga yozish tavsiya etiladi.
Illyustratsiya (rasm)lar ko‗rish uchun qulay tarzda joylashti-rilishi
kerak. Agar kurs ishini burish lozim bo‗lsa, uni soat strelkasi bo‗ylab
burish kerak (7-ilovaga qarang). Barcha rasm (grafik, chizma, diagramma,
fotosurat)lar, ―rasm‖ so‗zi va bo‗lim bo‗yicha ketma-ket arab raqamlari
bilan belgilanadi. Ilovalarda keltirilgan suratlar bundan mustasno. Rasm
raqami bo‗lim va rasm raqamidan iborat bo‗lib, nuqta bilan ajratiladi,
masalan ―1.2-rasm‖ va izoh beruvchi yozuv pastga yoziladi.
Raqamli materiallar jadval ko‗rinishida rasmiylashtirilishi lozim.
Jadvalni rasmiylashtirish namunasi 8-ilovada ko‗rsatilgan. Har bir jadval
sarlavhaga ega bo‗lishi kerak. Sarlavha bosh harf bilan boshlanadi.
Sarlavaha ostiga chizilmaydi.
Jadvalning sarlavhasi uning yuqorisiga, o‗rtadan yozilishi tavsiya
etiladi. Jadval grafalarining sarlavhalari bosh harflar bilan, sarlavhachalar
esa, agar ular sarlavha bilan bitta gapni tashkil etsa, kichik harflar bilan,
agar ular mustaqil bo‗lsa, katta harflar bilan boshlanishi kerak. Jadvalning
bosh qismini dioganal bo‗yicha bo‗lish mumkin emas.
Ko‗plab grafalarga ega bo‗lgan jadvalni qismlarga bo‗lish va bir
qismni ikkinchi qismdan keyin joylashtirishga ruxsat etiladi.
Bo‗limlar doirasidagi jadvallar izchil, ketma-ket arab raqamlari bilan
12
belgilanadi. Masalan: ―1-jadval‖, ―2-jadval‖ va hokazo.
Jadvalning biror qismi boshqa betga yozganda, «jadval» so‗zi va
uning tartib raqami bir marta jadvalning birinchi qismi ustida ko‗rsatilib,
qolgan qismlar ustiga «davomi» degan so‗z yoziladi.
Matndagi manbalarga havola(«snoska»)larni satr osti eslatmalarida
keltirish lozim. Havola har bir betda arab raqamida ketma-ket tartib bilan
keltirilipsh lozim. Keyingi betda esa yana boshidan tartib bilan ilova
qo‗yilishi tavsiya qilinadi.
Havolalarni keltirish tartiblari:
-
hujjat va ta‘rifni tasdiqlash uchun iqtibos keltirganda:
-
zamonaviy adabiyotlar va birlamchi manbalar bo‗yicha iqtibos
keltirganda:
-
adabiyotlardan va boshqa manbalardan biror muammo, xulosa yoki
takliflardan iqtibos keltirganda:
-
davlat arboblari. olimlar va mutaxassislar fikrlaridan iqtibos
keltirganda:
-
statistik ma‘lumotlar va to‗plamlardan iqtibos keltirganda:
-
me‘yoriy-xuquqiy hujjatlardan iqtibos keltirganda:
-
bir betda iloji boricha 3 tadan ko‗p iqtibos keltirish tavsiya
qilinmaydi:
-
va boshqa holatlarda.
Illyustratsiyalarga qilingan havolalar sarlavhaning oxirigi so‗ziga
qo‗yiladi (9-ilovaga qarang). Matnda barcha jadvallarga havola berilishi
kerak.
Har bir ilova yangi betning ung yuqori burchagida ―Ilova‖ so‗zi bilan
boshlanadi. Agar kurs ishida bittadan ko‗p ilova bo‗lsa, ular ketma-ket
arab raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, ―1-ilova‖, ―2-ilova‖ va hokazo.
Ilovalarni alohida rasmiylashtirganda, titul varag‗ida kurs ishi
mavzusining nomi ostida katta harflar bilan ―ilovalar‖ so‗zi yoziladi.
Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati 3-ilovaga muvofiq
rasmiylashtiriladi. Kurs ishi mavzusi bo‗yicha asosan so‗nggi 5-7 yil
ichida nashr qilingan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
|