Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana13.06.2024
Hajmi0,5 Mb.
#263337
1   2   3   4   5
Bog'liq
ta-lim-jarayonida-klaster-metodining-mazmun-mohiyati (2)

Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
Chirchik, Uzbekistan 152 International Conference 
- nazorat va o„zini-o„zi nazorat qilish metodlari; 
- bilishga doir o„yinlar, o„quv munozaralari, qiziq vaziyatlarni vujudga 
keltirish, rag„batlantirish, tanbeh berish va nazorat metodlari. 
M.A.Danilov va B.P.Yesipning tasnifi ma`lum turdagidarslarda qo„yiladigan 
vazifalarga bog„liqdir: 
1. Bilimlarni bayon qilishda: hikoya tushuntirish, ma`ruza, suhbatlar, 
ko„rsatmali qo„llanmalarni namoyish etish. 
2. O„quvchilarda ko„nikma va malakalarni shakllantirish: mashqlarni 
shakllantirish va amaliy ishlar. 
3. Bilim, ko„nikma va malakalarni tekshirish – joriy kuzatishlar, og`zaki 
so„rash, yozma va amaliy nazorat ishlari. 
Yuqoridagi olimlarning tasniflashlarini o„rganib chiqib, umumlashtirgan 
holda quyidagicha tasniflashni taklif etamiz. 
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo„lib, ularning har biri o„z 
navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo„linadi. 
O„quvbilish faoliyatining tashkil etilishi, o„quv axborotlarining uzatilishi, qabul 
qilinishi, anglab olinishi, yodda saqlanishi, o„zlashtirilgan bilimlarning amaliyotda 
qo„llanilishini ta‟minlash, amaliy ko„nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat 
qilishiga ko„ra ta‟lim metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
Verbal ( o„quv axborotlarni so„z orqali uzatish va eshitish orqali qabul qilish 
metodlari yoki og„zaki metodlar – hikoya, ma‟ruza, suhbat va boshqalar); O„quv 
axborotini ko„rgazmali uzatish va ko„rish orqali qabul qilish metodlari 
(ko„rgazmali metodlar – tasviriy, namoyish qilish vaboshqalar); 
O„quv amaliyotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar- 
mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar). 
Umumiy holda metodning tanlanishi ta‟lim va tarbiyaning didaktik 
maqsadlari bilan aniqlanadi. Biroq turli xil pedagogik vaziyatlarda o„qituvchi va 
talabalar o„rtasida faoliyat turlari o„zgarib, o„zaro almashinib turadi. Tabiiyki, bu 
faoliyat turlariga mos holda o„qitish metodlari hamo„zaro chog„ishtiriladi. 
O„qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko„rishida metodlar va metodik 
usullarni tanlash – bu ularning o„zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad 
bo„yicha muvozanatlashtirish demakdir. Pirovard natijasida o„quvchilar aqliy va 
amaliy faolligining yuqori darajasini ta‟minlashga sharoit yaratiladi. To„g„ri 
qo„llanilgan metodlar obyektiv voqelikka oid bilimlarmi chuqurlashtiradi va yaxlit 
hamda mashg„ulotning ilmiy-nazariy darajasini oshiradi. Ketma-ket saralangan 
o„qitish metodlari ma‟lum darajada bilish va kasbiy qiziqishini rivojlantirishga
mustaqil amaliy faoliyatni faollashtirishga olib keladi. Pedagogikada an‟anaviy 



Download 0,5 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar

Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish