|
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlarBog'liq ta-lim-jarayonida-klaster-metodining-mazmun-mohiyati (2)Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
Chirchik, Uzbekistan 151 International Conference
olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir.
Bu jarayon ta‟lim oluvchining o„zi orqali yoki boshqa birov- ta‟lim beruvchining
ko„magida amalga oshirilishi mumkin. Ta‟lim olish jarayoni esa turli xil
metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi.
Metod – grekcha “metodos” so„zidan olingan bo„lib, izlanish yoki bilish
yo„li, nazariya, ta‟limot ma‟nosini anglatadi.
Ta‟lim metodini(usulini) - ta‟lim oluvchi va ta‟lim beruvchining
ma‟lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan
tizimga va tartibga solingan yo„l-yo„rig„i sifatida ta‟riflash mumkin.
Ta‟lim modelini, esa bir yoki bir nechta ta‟lim metodlari yordamida amalga
oshiriladigan ta‟lim jarayoni amalga oshirish tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin.
Ta‟lim metodi - bu ta‟lim oluvchi va ta‟lim beruvchining ma‟lum maqsadga
qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga solingan
yo„l-yo„rig„i.
“Metod” yunoncha so„z bo„lib “yo„l” ma‟nosini anglatadi. Ta‟lim metodi
ta‟lim jarayonida o„qituvchi va o„quvchilarning aniq maqsadga erishishiga
qaratilgan birgalikdagi faoliyatlarining usulidir.
Ta‟lim metodlari o„qitishning o„z oldiga qo„ygan maqsadlariga erishish
usullari hamda o„quv materialini nazariy va amaliy jihatdan yo„naltirish yo„llarini
anglatadi.
O„qitish metodlari ta‟lim jarayonida o„qituvchi va o„quvchi faoliyatining
qanday bo„lishi, o„qitish jarayonini qanday tashkiletish va olib borish kerakligini
hamda shu jarayonda o„quvchilar qanday ish-harakatlarni bajarishlari kerakligini
belgilab beradi.
Ta‟lim metodlarini tasniflashni ko„plab olimlar turlicha bayon etib, o„z
tasniflarini bayon etishgan. Quyida bu tasniflarni ko„rib chiqamiz.
I.Y.Lerner va M.N.Skatkin o„qitish metodlarini quyidagilarga ajratadilar:
- tushuntirish;
- reproduktiv metod;
- muammoli bayon qilish metodi;
- qisman izlanish metodi;
- tadqiqot metodi.
S.I.Perovskiy vaY.Y.Golant tasnifi:
- faol;
- passiv.
Y.K.Babanskiyning tasnifi:
- o„quv-tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
|
| |