|
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlarBog'liq ta-lim-jarayonida-klaster-metodining-mazmun-mohiyati (2)Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
Chirchik, Uzbekistan 153 International Conference
metodlarni tanlash mezonlari katta miqdorda ishlab chiqilgan, keyingi yillarda
didaktik olimlarning ishlarida ularning yigirmadan ortig„i keltiriladi. Interfaol
metodlarni tanlash mezoni – ularning ta‟lim va tarbiyani rivojlantirish masalarni
yechishga yuqori yo„nalganligidir. Bu mezon turli xil metodlarni u yoki bu
doiradagi vazifalarni yechish imkoniyatlarini baholash yo„li bilan joriy etiladi,
chunki ijtimoiy tajriba elementlarini o„zlashtirishda ularning imkoniyatlari
turlichadir.
Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta‟lim
mazmuni xususiyatiga mos kelishdir. Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida
ham aniqlanadi. Shu bousdan bu mezonning hisobga olinishi shubhasiz. Bir metod
yordamida mavzu mazmuni to„laroq ochib berilsa, boshqasi uni ijobiy
o„zlashtirishga imkon tug„diradi.
Interfaol metodlarning tanlashning yana bir mezoni ularning talabalar o„quv
imkoniyatlariga to„liq mos kelishi , ya‟ni samaralio„quv faoliyati uchun ichki va
tashqi shart-sharoitlarining birligini ta‟minlashdir.
Interfaol o„qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy
imkoniyatlariga mos kelishi lozim. Bu pedagogning o„qitish metodlari nazariyasi
va amaliyoti bilan o„qitsh jarayoning qonuniyatlaribilan bilish nazariyalari ta‟lim
mazmuni nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini
hisobga oladi.
Tarmoqlar metodi (Klaster) texnologiyasi
Ushbu metod mantiqiy fikrlash, umumiy fikrlash doirasini kengaytirish,
mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o„rgatishga qaratilgan. Biron-bir
mavzuni chuqur o„rganishdan oldin o„quvchilarning fikrlash faoliyatini
jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi.
1. Katta o„lchamdagi qog„oz yoki doskaning o„rtasiga mavzuga doir so„z
yoziladi.
2. O„quvchilar ushbu so„z bilan bog„liq xayolga kelgan so„z va jumlalarni
uni atrofiga yoza boshlaydilar.
3.Yangi g„oyalar paydo bo„lishi bilan xayolga kelgan so„zlar ham darhol
yozib qo„yiladi.
4. So„zlarni yozish jarayoni o„qituvchi tomonidan belgilangan vaqt
tugaguncha yoki barcha so„z va g„oyalar tugaguncha davom etadi.
Klasterlarga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur.
1. Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e„tibor bermasdan
yozib borish.
2. Orfografiya va boshqa omillarga e„tibor bermaslik.
|
| |