|
Media maydonda axborot tarqatish madaniyati
|
bet | 19/23 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 71,53 Kb. | | #157639 |
Bog'liq 7.Media maydonda axborot tarqatish madaniyatia) gazetada;
b) radioda,
v) televidenieda.
Fikringizcha, turli OAVda berilgan yangilik qanday va nima uchun farqlanadi? Bu farqlar har bir OAVning o‘ziga xosligi bilan qanchalik bog‘liq?
Talabalarni besh guruhga ajrating va ulardan quyidagi medialardan biri uchun qisqacha yangilik tayyorlashni so‘rang:
Radiostansiya uchun studiyada reporter bilan;
Yoshlar tashkilotining Internet-nashri uchun;
Hukumat gazetasi uchun;
Mustaqil OAV uchun;
Mahalliy va respublika televideniesi uchun.
Yangilikning davomiyligi: radio uchun - 40 soniyadan; gazeta uchun - 60 qatordan; televidenie uchun esa - 2 daqiqadan oshmasligi lozim.
Tayyorlangan yangiliklarni solishtiring. Turli medialardagi yangiliklar nimasi bilan farqlanadi? Medianing tabiati voqeani yoritish va taqdim etilgan axborot xarakteriga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Har bir yangilikni tayyorlashda qanday kod va uslublardan foydalanilgan?
Baho guruhlarga qo‘yiladi.
Natijalarni 5 dan 1gacha bo‘lgan shkalada baholash (5 - eng yuqori baho) bo‘yicha tavsiyalar:
5: talabalar ko‘rsatmalarga rioya etgan holda, tanlangan medianing ko‘rinishiga mos tarzda yangilikni tayyorlagan. Ular materialni muhokama qildi,
boshqa xabarlar bilan solishtirdi. Ular yangilik tayyorlash asoslarini egalladi, hamda ushbu mashqni bajarish jarayonida ko‘p narsani o‘rgandi.
4: talabalar ko‘rsatmalarga rioya etgan holda tanlangan medianing ko‘rinishiga mos tarzda yangilik tayyorlagan, ammo u batafsilroq bo‘lishi ham mumkin edi. Talabalar xabarni muhokama qildi, boshqa xabarlar bilan solishtirib ko‘rdi, yangilik tayyorlash asoslarini egalladi.
3: talabalar tanlangan medianing ko‘rinishiga mos yangilikni tayyorlagan, uni muhokama qilishda ishtirok etdi, ammo o‘z nuqtai nazarlarini ishonarli tarzda bayon eta olmadi. Ushbu mashqni bajarish va muhokama qilish jarayonida talabalar yangilik materiallari tayyorlash metodikasi yuzasidan umumiy tasavvurga ega bo‘ldi.
2: talabalar tanlangan medianing ko‘rinishiga u qadar mos bo‘lmagan yangilikni tayyorlagan, materialning muhokamasi yuzaki. Mashqni bajarish davomida kam narsa o‘rganildi.
1: talabalar topshiriqqa u qadar mos kelmaydigan yangilikni tayyorlagan.
Ular muhokamada deyarli ishtirok etmadi.
|
| |