|
Natijalarni 5 dan 1 gacha bo‘lgan shkalada baholash (5 – eng yuqori baho) bo‘yicha tavsiyalar
|
bet | 23/23 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 71,53 Kb. | | #157639 |
Bog'liq 7.Media maydonda axborot tarqatish madaniyati Natijalarni 5 dan 1 gacha bo‘lgan shkalada baholash (5 – eng yuqori baho) bo‘yicha tavsiyalar:
5: talabalar ma’qul manbalarni topdi va ulardan batafsil tahlil uchun foydalandi. Ular qayd etilgan resurslardan olingan axborotni shaxsiy kuzatuvi
bilan birlashtirib, ishonarli izohlar keltirdi. Ular Internetdan olingan axborotning ishonchliligini baholash metodikasini yaxshi o‘zlashtirdi.
4: talabalar manbalarning yarmidan ko‘pini topdi. Ular asoslangan tahlil tayyorladi, ammo u batafsilroq va har tomonlama o‘ylangan bo‘lishi mumkin edi. Internetdan olingan axborotning ishonchliligini baholash metodikasi yuzasidan ko‘p narsa o‘rganildi.
3: talabalar manbalarning yarmini topdi, axborot baholashning ma’lum asoslariga ega tahlil tayyorladi, ammo o‘z kuzatuvlarini amaliyot bilan birlashtira olmadi. Maqolaga qaraganda, ular o‘rganayotgan mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ldi, deyish mumkin.
2: talabalar kam manba topdi, taqdim etilgan tahlili mazmun jihatidan sayoz, faqat topilgan axborotga asoslangan, unda mulohazalar uchramaydi, mashqni bajarish asnosida yangi bilim kam o‘rganildi.
1: talabalar faqat bir-ikkita manba topdi, tahlillari juda ham yuzaki. Topilgan manbalarga tayanib, nazariyani o‘z amaliy kuzatuvlari bilan umumlashtira olmadi.
Vikipediyaning ishonchliligi
Mashqning maqsadi: tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Materiallar: Internetga ulangan kompyuterlar.
Internetdan foydalanuvchilarning birgalikdagi izlanishi natijasida yaratiladigan yirik ensiklopediya hisoblangan Vikipediya bilan talabalarni tanishtirish. Vikipediyada qanday axborotlar mavjud? Maqolalarni yozishda kimlar ishtirok etishi mumkin? Unda mavjud axborotning ishonchliligini qanday aniqlash mumkin? Vikipediyadan dunyoning yirik mediakorporatsiyalari to‘g‘risida axborot toping. Ular haqida nimalar yozilgan? Qanday axborotlar mavjud emas? Matnda yoshlarning nuqtai nazari ham aks etganmi?
Auditoriyani juftliklarga ajrating va talabalardan Vikipediya maqolalarini qayta ishlashni so‘rang. Juftliklarga ichki va tashqi havolalarni, shuningdek, Vikipediyaning boshqa manbalariga havolalarni qanday amalga oshirishni aniqlashni topshiring. Talabalar mediakorporatsiyalarga doir sahifalarni qayta ishlashi mumkin. Ulardan o‘z matnlari uchun eng ishonchli manbalarni topishni va matnda belgilab chiqishni so‘rang.
Ularga o‘zi tahrir qilgan sahifaga havola berishni hamda qanday va nima uchun o‘zgarishlar qilganini qayd etishni topshiring. Shuningdek, ular matnda foydalanilgan axborot manbalariga ham havolalar berishi zarur. Keyingi bir necha oy davomida boshqa foydalanuvchilar maqolalarni tahrir qilishini kuzatib boring.
Baho juftliklarga qo‘yiladi.
Natijalarni 5 dan 1 gacha bo‘lgan shkalada baholash (5 – eng yuqori baho) bo‘yicha tavsiyalar:
5: juftlik munozarada faol ishtirok etdi, maqolani kengaytirib, ijodiy jihatdan boyitdi. Ular relevant axborot manbalarini topdi va o‘z qo‘shimchalarida to‘g‘ri havolalar berdi, ushbu o‘zgartirishlarni asoslay oldi. Tayyorlangan qo‘shimchalar maqolani sezilarli darajada o‘zgartirdi. Talabalar Vikipediyani
|
| |