• Yangiliklar - turli medialarda
  • Intervyu olish metodikasi




    Download 71,53 Kb.
    bet18/23
    Sana16.02.2024
    Hajmi71,53 Kb.
    #157639
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    7.Media maydonda axborot tarqatish madaniyati

    Intervyu olish metodikasi




    Mashq maqsadi: talabalarni suhbatdoshga beriladigan savolning undan olinadigan javobga ta’sirini, intervyuda voqelik qanday aks etishini tushunishga o‘rgatish.
    Mashq uy vazifasi sifatida ham bajarilishi mumkin.
    Talabalar tahlil uchun intervyuga asoslangan teleko‘rsatuvni tanlaydi (Masalan, “Oydin hayot” ko‘rsatuvi). Ular intervyu jarayonini kuzatib, savol va javoblarni tahlil qiladi:

    • Intervyu beruvchi intervyuga qanchalik yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan? Nima sabadan shunday deb hisoblaysiz?

    • Boshlovchi intervyu beruvchini tinglayaptimi? Xulosangiz nimaga asoslangan? Bu hol intervyu sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatayapti?

    • Boshlovchi hozirgina eshitgan xulosalar asosida ham savol berayaptimi?

    • Studiyadagi muhit qanday?

    • Ushbu intervyuda nimani yaxshilash mumkin edi, deb hisoblaysiz? Talabalar o‘z javoblari asosida qisqacha tahlil tayyorlaydi.



        1. Yangiliklar - turli medialarda




    Mashq maqsadi: talabalarni turli medialardagi yangilik- reportajlarning o‘ziga xos jihatlarini tushunishga o‘rgatish.
    Talabalarga “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun 2014 yil 5 may kuni qabul qilinganini eslating. Uni qabul qilishdan oldin loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. Mazkur qonun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligining kengayishini, jumladan, OAV bilan o‘zaro munosabatini ta’minlashni nazarda tutgan. Ushbu qonun loyihasi bo‘yicha Buxoro va Samarqand viloyatlarida huquqiy tajriba o‘tkazilgan edi. Tajriba natijalariga ko‘ra har ikki hududning yosh jurnalistlari mahalliy hokimiyat organlari sha’niga tanqidiy fikrlar bildirganlar.
    Talabalardan ushbu voqeani yangilik, reportaj ko‘rinishida qanday yoritish maqsadga muvofiqligini taxmin qilib ko‘rishni so‘rang.

    Download 71,53 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 71,53 Kb.