|
: talabalar barcha savollarga qisqa javob bergan, materialni juda yuzaki va bir yoqlama tahlil qilgan, ushbu mashqdan kam bilim o‘zlashtirgan.
1
|
bet | 17/23 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 71,53 Kb. | | #157639 |
Bog'liq 7.Media maydonda axborot tarqatish madaniyati2: talabalar barcha savollarga qisqa javob bergan, materialni juda yuzaki va bir yoqlama tahlil qilgan, ushbu mashqdan kam bilim o‘zlashtirgan.
1: talabalarning javobi juda qisqa, ushbu mashqdan hech narsa o‘zlashtirmagan.
G‘oyadan- materialga
Mashq maqsadi: talabalarni material tarkibini tushunishga o‘rgatish. “Intervdan - materialni tayyorlashga” bo‘limining asosiy jihatlarini
talabalarga eslating. Talabalar maqola yozishi zarur (hajmi ikki - uch qog‘oz bo‘lsin). Ularga qiziqarli bo‘lgan bir nechta dolzarb mavzular tavsiya etiladi (talabalar tomonidan qo‘shimcha daromad manbaini izlash, AKTning ular hayot tarziga ta’siri, Internet va yoshlarning ruhiy olami va boshq.). Maqolani yozish uchun talabalar kamida ikki kishidan intervyu olishi hamda Internetdan qo‘shimcha axborot izlashi zarur bo‘ladi.
Baho har bir talabaga alohida qo‘yiladi.
Natijalarni 5 dan 1 gacha bo‘lgan shkalada baholash (5 - eng yuqori baho) bo‘yicha tavsiyalar:
5: talabalar maqolada bayon etish uchun mavzuning qiziqarli burilish nuqtasini topdi, ikki nafar relevant shaxsdan olingan intervyu materiallaridan foydalandi. Maqola mavzuni har tomonlama ochib bergan va chuqur mushohadaga asoslangan. Talabalar maqola yozish metodikasini o‘zlashtirgan va uni amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llay oldi.
4: talabalar maqolada bayon etish uchun mavzuning qiziqarli burilish nuqtasini topdi, ikki nafar relevant shaxsdan olingan intervyu materiallaridan foydalandi. Maqola yaxshi yozilgan, ammo yanada mukammal bo‘lishi mumkin edi. Talabalar maqola yozish metodikasini o‘zlashtirgan va uni amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llay oldi.
3: talabalar ikki shaxsdan intervyu oldi va maqolani yozdi. Maqola bir yoqlama mazmunda bo‘lib, unda mavzu yuzaki ochib berilgan. Maqola yozish metodikasining ayrim asoslari buzilgan, ammo shunga qaramay, maqolada maqsadni tushunish ifodalangan.
2: talabalar ikki shaxsdan intervyu oldi, ammo maqolani tayyorlash jarayonida ushbu materialdan foydalanmadi. Maqola yozish metodikasi asoslarini tushunishda muammo mavjudligi aniq ko‘rinib qoldi. Ular ushbu mashq orqali deyarli hech narsa o‘rganmadi.
1: talabalar ikkita intervyu olishga urinib ko‘rdi, ammo o‘z nuqtai nazarini ishonarli tarzda asoslay va bayon eta olmadi. Maqola pala-partish yozilgan va unda xatolar mavjud. Mashq davomida maqola yozish metodikasining asoslari o‘rganilmadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
: talabalar barcha savollarga qisqa javob bergan, materialni juda yuzaki va bir yoqlama tahlil qilgan, ushbu mashqdan kam bilim o‘zlashtirgan.
1
|