• Auditoriyada ishlash uchun mashqlar
  • Intervyudan - materialni tayyorlashga




    Download 71,53 Kb.
    bet14/23
    Sana16.02.2024
    Hajmi71,53 Kb.
    #157639
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
    Bog'liq
    7.Media maydonda axborot tarqatish madaniyati

    Intervyudan - materialni tayyorlashga


    Material bir butun o‘qilishi uchun jurnalist intervyu hamda boshqa manbalardan olingan axborotlardan foydalanadi. Matnning eng muhim qismlarini jamlagan holda jurnalist o‘quvchi hukmiga qiziqarli va o‘qish oson bo‘lgan axborotni taqdim etishi mumkin. Garchi intervyu beruvchi jurnalistga ko‘p ma’lumot taqdim etgan bo‘lsa ham, uni qisqartirish zarur: jurnalist yon daftarchasiga yozib olgan hamma narsani materialga sig‘dirishi mushkul. Mahoratli jurnalist qiziqarli va ahamiyatli faktlarni ahamiyatsizlaridan ajratib olishni yaxshi biladi. Materialda jurnalist tilidan yozilgan matnni intervyudan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki ko‘chma gap tarzida olingan parchalar bilan to‘ldirish yaxshi samara beradi. Gazeta maqolalarining aksariyati hozirgi zamonda yoziladi, chunki bu hol matnning dolzarbligini oshirishga xizmat qiladi.


    Suhbatdoshning fikri, uni taqdim etish usullari, sahifadan unga ajratilgan joy va jurnalist tomonidan qo‘llanilgan so‘zlarga qarab turlicha qabul qilinishi mumkin. Aytishicha, ta’kidlaganidek, qayd etib o‘tganidek, bayon etishicha, taxmin qilishiga ko‘ra, ko‘rsatib o‘tgani kabi singari turli so‘zlarning qo‘llanilishi materialning qanday qabul qilinishga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.
    Yaxshi sarlavha tanlash amaliyot jarayonida shakllanadigan ko‘nikmadir. Gazetachilikda “Sarlavha – yarim maqola” degan gap bor. Bu bejiz emas, chunki yaxshi sarlavha o‘quvchining diqqatini tortsa, yomon sarlavha maqola qanchalik sifatli yozilganidan qat’iy nazar uni qiziqtirmasligi mumkin. Quyidagi “temir qoida”ga rioya etish zarur: dastlabki yetti-o‘n qator sarlavhaning mohiyatini ochib berishi kerak. Sarlavhaning muhim vazifasi – u materialning mavzusini qisqa va aniq ochib berishidir.


    Auditoriyada ishlash uchun mashqlar


    Quyida keltirilgan mashq yoki mashg‘ulot namunalari media va axborot savodxonligi ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo‘llanilishi mumkin. Ulardan alohida foydalanish yoki talabalar auditoriyasining o‘ziga xosligidan kelib chiqib moslashtirish ham mumkin.

        1. Download 71,53 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




    Download 71,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Intervyudan - materialni tayyorlashga

    Download 71,53 Kb.