• Ijtimoiy tahlil
  • Media maydonda axborot tarqatish madaniyati




    Download 71,53 Kb.
    bet10/23
    Sana16.02.2024
    Hajmi71,53 Kb.
    #157639
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
    Bog'liq
    7.Media maydonda axborot tarqatish madaniyati

    Kino va televidenie


    Dinamik tasvirlarni tahlil qilishda materiallarni ko‘p marotaba takror- takror ko‘rish va audiovizual kommunikatsiyaning turli jihatlariga: tasvirchi ishi, ovoz va montaj kabilarga e’tibor qaratish zarur bo‘ladi. Kinofilmlar va televidenie ko‘rsatuvlari kadrlardan, kadrlarning uzluksiz ketma-ketligidan iborat. Tasvirlar voqeani hosil qiladigan sahnalarga guruhlanadi. Montaj esa muayyan mavzu va syujetli kartinani yaratishda ovoz va tasvirlar ketma-ketligini tanlash jarayoni hisoblanadi.


    Estetik tahlilda e’tibor personajlar, syujet, atrof- muhit hamda vizual va akustika taassurotiga qaratiladi. “Mehmonjonlardan aylanay!” serialining ma’lum qismlarini ko‘rib chiqamiz. Ular tahlil qilishi uchun quyidagi savollarga javob berishi zarur:

    • Bosh qahramonlar uyg‘otadigan taassurotlar kamera, chiroq (yoritish), dekoratsiya hamda musiqa vositasida qanchalik kuchayadi?

    • Bosh qahramonlarning o‘zaro munosabati qanday?

    –Syujetning burilish nuqtalarini ko‘rsating. Ular qanday tuzilgan?

    • Jismoniy muhit aqliy idrokni kuchaytirganmi yoki ular uyg‘un emasmi?

    • Ovoz imkoniyatlaridan qanday foydalanilgan?

    Ijtimoiy tahlil film, ko‘rsatuvning ma’lum bir janr, zamonaviy yoki tarixiy voqealar bilan bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi hamda sub’ektiv konnotatsiyalardan foydalanadi. Shu o‘rinda “Kichkina odamlar” filmidan olingan parchani tahlil qilish va quyidagi savollarga javob berish mumkin:

    • Film ma’lum bir janrga (komediya, tragediya, drama, ilmiy fantastika va boshq.) xosmi yoki unda janrlarning qorishmasi kuzatiladimi?

    • Ularda siyosiy masalalar ham tilga olinganmi?

    • Film qanday qadriyat va qarashlarni targ‘ib etadi?

    • Film qahramonlari ma’lum qatlam va guruhlarning tipik vakilimi?

    Film yoki ko‘rsatuvning voqeaband mazmunini tahlil qilish uchun bosh qahramonlarning xarakteri rivojiga, ularni o‘rab turgan muhitga, timsollarga e’tibor qaratamiz. Quyidagi savollarga javob izlash tavsiya etiladi:

    • Film davomida bosh qahramonlarning xarakteri qanday rivojlanadi?

    • Ularning boshqa qahramonlar bilan munosabati qanday o‘zgarib boradi?

    • Syujet rivoji davomida bosh qahramonlarni o‘rab turgan muhit qanday o‘zgarib boradi?

    • Siz filmda qanday metafora va “tasviriy mulohazalar”ga duch keldingiz?




    Download 71,53 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




    Download 71,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Media maydonda axborot tarqatish madaniyati

    Download 71,53 Kb.