• Ko‘rish burchagi va o‘lcham
  • Rang
  • Media maydonda axborot tarqatish madaniyati




    Download 71,53 Kb.
    bet7/23
    Sana16.02.2024
    Hajmi71,53 Kb.
    #157639
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
    Bog'liq
    7.Media maydonda axborot tarqatish madaniyati

    Tasvirli reklama strategiyalari


    Konfiguratsiya:


    • qarash yo‘nalishini belgilaydi;

    • matn va rangning joylashuvi tomoshabinning fikri yo‘nalishini belgilaydi;

    • bo‘sh joy qoldirilishi aksariyat hollarda butun joyni to‘ldirib qo‘yishdan ko‘ra samaraliroq;

    • yangi, relevant (axborot talablariga mos keladigan, o‘rinli, ahamiyatli) axborot vertikal o‘qning o‘ng tomoniga joylashtiriladi. Eski, qo‘shimcha axborot esa odatda chap tomondan joy oladi;

    • timsol – mahsulot xarid qilish bilan amalga oshadigan orzu – odatda gorizontal o‘q ustiga joylashtiriladi. Mahsulotning qo‘shimcha ma’lumotlari ilova qilingan tasviri esa pastdan joy oladi.

    Ko‘rish burchagi va o‘lcham:


    • ko‘rish burchagi va tasvir o‘lchamini tanlash orqali reklama muallifi odatda relevant axborotga urg‘u beradi;

    • old tomondan suratga olingan ob’ektlar tomoshabin bilan bog‘lanishda bo‘ladi;

    • qush parvozi balandligidan ko‘rinish tomoshabinga ob’ektni nazorat qilib turish hissini beradi. Bunday usuldan foydalanish fikran yoki jismoniy jihatdan ob’ektning kichik hajmda bo‘lishini nazarda tutadi;

    • pastdan suratga olingan ob’ektlar tomoshabin ustidan hukmronlik qilayotgandek tasavvur uyg‘otadi. Bunday yondashuv ob’ektning kuchi va qudratini yoxud unda mavjud tahdidni aks ettiradi;

    • juda katta plandagi tasvirning samarasi yuqori bo‘ladi, chunki u tomoshabinga detallarga e’tibor qaratish imkoniyatini beradi. Inson yuzining yirik planda aks ettirilishi hissiyotlarga urg‘u beradi.

    Rang:


    • ranglarning qo‘llanilishi ham resipientda ma’lum bir tasavvurlarni hosil qiladi;

    • rang tasvirning ma’lum bir yo‘nalish va qismlarini ajratib ko‘rsatadi;

    • ranglarning kamroq sonidan foydalanish ko‘p ranglarni ishlatishdan qo‘ra samaraliroq, chunki bunda xabarni qabul qilish oson kechadi;

    • qizil rang aksariyat hollarda iliqlik, olov, hissiyot va tajovuzkorlik, moviy rang esa sovuqlik, samimiylik va g‘amginlik tasavvurlarini uyg‘otadi.




    Download 71,53 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




    Download 71,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Media maydonda axborot tarqatish madaniyati

    Download 71,53 Kb.