|
Denotatsiya va konnotatsiyalar
|
bet | 3/23 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 71,53 Kb. | | #157639 |
Bog'liq 7.Media maydonda axborot tarqatish madaniyati Denotatsiya va konnotatsiyalar
Garchi hammamiz umumiy denotatsiyalarga (ma’lum bir hodisaning mazmuniga mos tasavvurlarga) ega bo‘lsak-da, reprezentatsiyalar (ya’ni, taqdim etilgan xabarlar) aniq belgilangan chegaralarga ega bo‘lmaydi. Denotatsiyalar tasvirdagi insonlarni, atrof-muhitni taniganimizda yoki bizda ma’lum bir hodisa bilan bog‘liq tasavvurlar paydo bo‘lganda yuzadagi mazmunni vizual anglash jarayonida hosil bo‘ladi.
Konnotatsiyalar esa aksincha, matnni o‘qish mobaynida yoki tasvirni tomosha qilayotgan shaxsning madaniy va individual o‘ziga xosligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Umuman olganda, ular resipientning u yoki bu mediamatn tomonidan yuzaga keltirilgan tasavvurlaridir. Masalan, “kuz” so‘zi xotirjamlik, sokinlik, hayotiy kuchga to‘liqlik, tabiatning sehrli holati, ertakona yangi yil oldi kayfiyati va boshqa hislarni uyg‘otishi mumkin. Shu bilan birga ushbu so‘z yaqinlashib kelayotgan kasallik, ma’yuslik, siqilish, namgarchilik bilan bog‘liq tuyg‘u va hislarni ham uyg‘otadi. Bu hol so‘zning konnotatsiyasi bilan bog‘liq. Ba’zida konnotatsiyalar denotatsiyaga nisbatan ko‘proq kuchga ega bo‘ladi. Amalda esa konnotatsiya va denotatsiya bir biridan ajramaydi. Demak, tasvirlarning konnotatsiyasini anglab yetishni o‘rganishimiz mumkin. Vizual savodxonlik nafaqat denotatsiya mazmunini ko‘rish, balki konnotatsiyalarning yuzaga kelishi mexanizmlarini ham tushunish imkonini beradigan ko‘nikma hisoblanadi. Konnotatsiyalar aksariyat hollarda, masalan, reklamada qo‘llaniladigani kabi ma’lum bir kompozitsiya yoki ranglar vositasida yashashga da’vat etishi ham mumkin. Shu bois bo‘lg‘usi jurnalistga axborotni vizual qabul qilish asoslari borasida bilim va tasavvurlarni berish ham juda muhim. Bu esa yosh mutaxassislarga axborotning tasavvuriy-kodli qatorini anglash imkonini beradi. Jumladan, ushbu omil dizayner va sahifalovchilarning gazeta, jurnal, veb-nashr va boshqa OAVning ranglar siyosatini belgilab olishida juda qo‘l keladi.
Ma’no kontekst bilan belgilanadi
Yoshlar slengi(o‘ziga xos so‘zlashuv uslubi) o‘zaro munosabat natijasida mazmun o‘zgarishining yaqqol misoli bo‘lishi mumkin. Yoshlar boshqa avlod
vakillariga tushunarsiz bo‘lgan ayrim so‘zlardan foydalanadi va ushbu so‘zlarni aslicha emas, balki boshqa ma’noda qo‘llaydi. Kulgu ham kontekstga bog‘liq bo‘ladi: u hazilni so‘zlovchi va tinglovchining o‘zaro munosabati asosiga quriladi. Bu janrdan, masalan, reklamada foydalanish mushkul, chunki kulgu haqidagi tasavvur turli xalqlarda turlicha talqin etiladi. Masalan, inglizlar hangomasi bir qadar bosiq bo‘lib, boshqa an’analar ruhida tarbiyalangan kishi uni tushunishi murakkab kechadi. So‘z va tasvir mazmunini esa ularni o‘rab turgan kontekstdan tiklab olish mumkin. Masalan, kinomatografiyaning o‘ziga xosligi ikkinchi darajali detallar tasvir ortida qolishini talab etadi. Aytaylik, agar filmdagi ayol qahramonning ko‘ngli behalovat bo‘layotgan bo‘lsa, bu uning homiladorligini bildiradi. Hayotda esa har doim ham ko‘ngil aynishi homiladorlik bilan bog‘liq bo‘lavermaydi. Demak, so‘z va tasvir ma’nosini uni o‘rab turgan so‘z va timsollar doirasida, shuningdek, janrning keng ma’nodagi kontekstida qabul qilish joiz.
|
| |