• Tahlilning konseptual chegarasi
  • Media maydonda axborot tarqatish madaniyati




    Download 71,53 Kb.
    bet4/23
    Sana16.02.2024
    Hajmi71,53 Kb.
    #157639
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    7.Media maydonda axborot tarqatish madaniyati

    Mavzu bo‘yicha topshiriq


    1. mashq. Internetdan qiziqarli e’lon topib, uning denotatsiyasi va konnotatsiyasini tahlil qiling.

    2. mashq. Ayrim tanqidchilar medialarda voqea-hodisalar, xususan, tabiiy ofatlar qanday tasvirlanayotganidan tashvish bildirmoqda. OAVda kundalik voqealarning yoritilishini o‘rganib chiqing va bunday tashvishlar qanchalik asosli ekaniga baho bering. Bu kabi falokat yoki fojialarning ishtirokchilari bo‘lgan insonlarning ushbu xabarlarga munosabatini muhokama qiling. Jurnalistlar tomonidan voqea-hodisaning hissiy ta’sirini tasvirlashda qo‘llaniladigan strategiyalarni, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqiga rioya etilishini va shaxsiy qadr- qimmat hissini tahlil qiling.



      1. Tahlilning konseptual chegarasi


    “Yashirin ma’noni o‘qish” uchun mediamatnlarda axborotni taqdim etishning texnik usullarini tahlil qila olish zarur. Bunda mazkur usullardan voqea-hodisa talqinining tayanch nuqtasi sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi. Matnlarni diqqat bilan o‘qish axborot iste’molchisiga voqea va syujetlar qanday tuzilganini hamda mediamexanizmlar qanday ishlashini anglab olish imkonini beradi. Ushbu bo‘limda mediamatnlarni diqqat bilan o‘qish metodikasini o‘zlashtirish yuzasidan ayrim model va mashqlar keltirilgan. Matnni tahlil qilish uchun muayyan nuqtai nazarni yoki uslubni tanlash foydalidir. U matnni tahlil qilishda o‘quvchining diqqatini yo‘naltirishga xizmat qiladigan muhim omildir.


    Matn tahlilini boshlashda birinchi galda uni mavzu va reprezentatsiya qilinishi usullari jihatidan o‘rganish zarur. Tahlil jarayonida qaydlar yuritib borish va quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi:

    • tasvir, tovush va matndan qanday foydalanilgan?

    • qaysi mavzu nisbatan qiziqarli tarzda taqdim etilgan?

    Mediamatn tarkibini aniqlash uni tasniflash, shakli- tuzilishi jihatidan miqdori va sifatini baholash kabilarni nazarda tutadi. Shuningdek, axborotni taqdim etishning turli usulini, masalan, metaforalarni ham e’tibordan qochirmaslik zarur. Shundan so‘ng bevosita tahlil bosqichi boshlanadi. Ushbu
    bosqichda kuzatuvlar mazmunini mushahada qilish zarur bo‘ladi. Masalan, quyidagi savollarga javob izlash mumkin bo‘ladi:

    • matnda kimning nuqtai nazari markaziy hisoblanadi?

    • voqeaning “ma’nosi” nimada? U qanday taqdim etilgan?

    • qanday axborot mavjud emas?

    Yuqorida ko‘rsatilgan savollar turli mediamahsulot yoki timsolni tahlil qilishda tayanch sifatida xizmat qilishi mumkin. Detallashtirilgan tahlilda esa medialarning aniq ko‘rinishi tabiatini e’tiborga olish zarur.

    Download 71,53 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 71,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Media maydonda axborot tarqatish madaniyati

    Download 71,53 Kb.