• Mavzu bo‘yicha topshiriq
  • Media maydonda axborot tarqatish madaniyati




    Download 71,53 Kb.
    bet11/23
    Sana16.02.2024
    Hajmi71,53 Kb.
    #157639
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
    Bog'liq
    7.Media maydonda axborot tarqatish madaniyati

    Realiti-shou




    Real televidenie nisbatan yangi janr bo‘lib, u hayotiy voqealarni ssenariy yozmasdan haqiqatga yaqinlashtirib tasvirga tushirishni nazarda tutadi. Mazkur janr aynan XXI-asrda keng ommalashdi. Realiti-shou hujjatli yo‘nalishda bo‘lishi, masalan, mashhur shaxsning hayoti uning mavzusiga aylanishi mumkin. Ko‘rsatuv bahs-munozara, musobaqa ko‘rinishida; turmush o‘rtoq izlash yoki ish qidirish mavzusida bo‘lishi; yashirin kamera yordamida kulgili voqealarni tasvirlashi mumkin. Realiti- shoularning aksariyati xalqaro formatga ega, ya’ni
    ma’lum bir yo‘nalish muayyan ko‘rinishda turli mamlakatlar televideniesida ommalashgan. Real televidenieda “haqiqiy hayot” aktyorlar o‘rniga “oddiy odamlar” ishtirok etishiga asoslanadi. Bir qarashda bunday shou oldindan ssenariy yozmasdan va maxsus dekoratsiyalar qurmasdan tasvirga tushirilgandek taassurot uyg‘otadi. Aslida esa voqealarning kattagina qismi ssenariy asosida yaratilishi ham mumkin. Aksariyat realiti-shoularni tasvirga tushirish uchun o‘nlab kilometr videotasmadan foydalaniladi, ammo uning ozgina qismi ekran yuzini ko‘radi. Realiti-shou ommabopligini belgilovchi omillardan biri tomoshabinga o‘ylab topilgan voqea va qahramonlardan ko‘ra “haqiqiy odamlar”ning hissiyotlari yaqinroq va tushunarli bo‘lishidir. Real televideniening hayotiylik hissini qay darajada ta’minlab berishiga qarab baholash mumkin. Misol tariqasida “Zor-zor Star” realiti-shousining ayrim qismlarini ko‘rib chiqamiz.

    • Sahnalar qanday qo‘yilgan?

    • Ijrochilar qanday tanlangan?

    • Shouning “haqiqiy”ligi sahnalashtirish, tasvirga olish, montaj, musiqa, ovoz effektlari va boshqalar yordamida qanchalik ta’minlangan?

    • Sizningcha, voqealar qanchalik hayotiy?

    • Ijrochilarning so‘zlari oldindan yozilganmi?



    Mavzu bo‘yicha topshiriq


    1. mashq. “Dada” (“Papa”) va “Jannat qaerda?” (“Gde ray?”) filmlarini ko‘ring. Boshqa qahramonlarni chetga surib qo‘ygan holda asosiy qahramonlardan birini tahlil qilishga diqqatni qarating. Filmning boshida u qanday namoyon bo‘ladi? Syujet rivojlanishi jarayonida u qanday gavdalanadi va kimga aylanadi? Qahramonning jismoniy xarakteristikalari qanday? Shaxs sifatida u haqda nima deyilgan? Qahramonning ichki dunyosini ochib berish uchun qanday usullardan foydalanilgan?

    2. mashq. MTRK “Yoshlar” kanalida “Ro‘zg‘or maktabi” shousi bir necha yildan beri namoyish etiladi. Uning mazmuni, samarasi va tarbiyaviy ahamiyatini tahlil qiling.




    Download 71,53 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




    Download 71,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Media maydonda axborot tarqatish madaniyati

    Download 71,53 Kb.