1-§. MODDA HOLATI HAQIDA TUSHUNCHA
Tekshirilayotgan jismlar to’plamini biz jismlar sistemasi yoki soddagina qilib sistema deb ataymiz. Masalan, suyuqlik va u bilan, muvozanatdagi bug. Xususiy holda, bitta jism ham sistemani tashqil qiladi. Har xanday sistema T, R, V parametrlari bilan farq qiluvchi holatlarda bo’lishi mumkin. Sistemaning holatini xarakterlovchi bunday fizik kattaliklarga holat parametrlari deb ataladi. Sistemaning muvozanat holati deb shunday holatga aytiladiki, bu holatda sistemaning barcha parametrlari tayin bir qiymatlarga ega bo’ladi. Bu qiymatlar tashqi sharoit ( sistemani o’rab turgan ) o’zgarmasa istalgancha vaqt davomida o’zgarmasdan koladi.
Agar koordinata o’qlariga qandaydir ikki parametr qiymatlari qo’yilib chiqilsa, u holda sistemaning istalgan muvozanat holatini o’sha grafikda 1 ta nuqta bilan tasvirlash mumkin. Muvozanatsiz holatni bunday tasvirlab bo’lmaydi, chunki muvozanatsiz holatda hech bo’lmaganda holat parametrlaridan bittasi tayinli bir qiymatga ega bo’lmaydi.
Sistemaning 1- muvozanat holatidan 2- muvozanat holatiga o’tishi jarayondir. Muvozanat holatlarning uzluksiz ketma-ketligidan iborat bo’lgan protsess muvozanatli jarayon deb ataladi. Juda sekin o’tadigan protsessgina ( porshenni sekin siqish ) muvozanatli protsess bo’ladi, shuning uchun muvozanatli protsess abstraksiyadir.
Muvozanatli protsessni grafikda tegishli egri chiziq bilan tasvirlash mumkin. Muvozanatsiz protsesslarni grafikda shartli ravishda punktir egri chiziq bilan tasvirlaymiz. Muvozanat holat va muvozanatli protsess tushunchalari termodinamikada katta rol o’ynaydi. Termodinamikaning barcha miqdoriy xulosalarini faqat muvozanatli protsesslargagina kullash mumkin.
2-§. TEMPERATURA
Jismlarning hajm, elektr qarshiligi va shu kabi qator xossalari temperaturaga bog’liq. Temperaturani miqdoriy aniqlashda bu xossalarning har biridan foydalanish mumkin. Temperaturani o’lchash uchun tanlab olingan jismni (termometrik jism) eriyotgan mo’z bilan issiqlik muvozanati holatiga keltiramiz, jismning bu holatdagi temperaturasini 0 gradus deb olamiz va jismning temperaturasini o’lchash uchun biz qo’llamoqchi bo’lgan xossasini (temperatura belgisini) miqdoriy jihatdan xarakterlaymiz. Bunday belgi sifatida jismning hajmi tanlab olingan va uning 0° dagi qiymati V0 ga teng deb faraz qilamiz. So’ngra usha jismning o’zini atmosfera bosimi ostida kaynayotgan suv bilan issiqlik muvozanati holatiga keltiramiz, bu holatda uning temperaturasi 100° ga teng deb olamiz va unga mos keladigan V100 hajmni aniqlaymiz. Bu tanlab olgan temperatura belgisi (bu misolda — hajm) temperatura o’zgarishi bilan chiziqli o’zgaradi deb hisoblab, termometrik jismning hajmi V bo’lgan holatda uning temperaturasi quyidagiga teng bo’ladi deb yozish mumkin.
SHu tariqa topilgan temperatura shkalasi ma’lumki, Selsiy shkalasi deb ataladi.
Temperaturani o’lchash uchun hajm emas, balki biror boshqa belgi olinganda ham yuqoridagiga o’xshash fikrni aytish mumkin. Temperaturani aytib o’tilgan usul bilan darajalab olib, undan temperaturani o’lchash uchun foydalanish mumkin. Buning uchun termometrni temperaturasi o’lchanayotgan jism bilan issiqlik muvozanati holatiga keltirish kerak.
Tabiatda har xil bo’lgan termometrik jismlardan ( simob, spirt ) yoki turli xil temperatura belgilaridan ( hajm, elektr karshilik ) foydalanuvchi termometrlarni taqqoslaganda ularning ko’rsatishlari darajalash tufayli 0° da va 100° da bir xil bo’lib boshqa temperaturalarda farq qiladi. Bundan shunday xulosa chikadiki, temperaturalar shkalasini bir qiymatli aniqlash uchun darajalash usulidan tashqari, yana termometrik jism va temperatura belgisini qanday tanlash haqida hali kelishib olish kerak. Temperaturalarni empirik shkala deb ataluvchi shkalasini aniqlashda, bularning qanday tanlab olinishini keyingi mavzularda o’tamiz. SHuni aytib o’tamizki, termometrik jismning xossalariga bog’liq bo’lmagan shkala termodinamikaning 2- qonuniga asosan aniqlanadi. Bu shkala temperaturalarini absolyut shkalasi deb ataladi.
|