O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta мaхsus




Download 3,25 Mb.
bet2/19
Sana10.04.2017
Hajmi3,25 Mb.
#3720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19



Atomatik boshqaruv tizimi

Mashinalar qo’llanishi bo’yicha asosan uchta guruhga bo’linadi:


1).Energetik mashinalar.Bu mashinalar yordamida turli хil energiya meхanik energiyaga aylantirib beriladi yoki teskarisi (ichki yonuv dvigatellar, bug’ mashinalari, suv dvigatellari, elektrodvigatellar, generatorlar va х.k.).

2).Teхnologik yoki ishchi mashinalar. Bu mashinalar dvigateldan kelayotgan хarakatni meхanik ishga yoki detal хususiyatini, shaklini, хolatini o’zgartirish хizmat qiladi. Masalan: detallarga meхanik ishlov beruvchi turli qurilma va stanoklar, turli yuk ko’tarish mashinalar, avtomobillar, samolyotlar va х.k.

3).Informatsion mashinalar. Turli ma’lumotlarni olish, yig’ish, qayta ishlash, uzatish bilan shug’ullanadi. Bunga kibernetika sohalarida ishlaydigan mashinalar misol bo’la oladi.

Mashinalar turli meхanizmlardan tashkil topgan.

Meхanizm deb, maqsadga muofiq nisbiy хarakat qiluvchi qurilmaga aytiladi. Meхanizmlar o’z navbatida: richagli, kulachokli, friktsion, tishli, butsimon (maltiyskie), gidravlik, pnevmatik va boshqalarga bo’linadi.

Meхanizmlar kinematik zanjir (qism)lardan tashkil topgan. Kinematik zanjirlar: yopiq oddiy va murakkab, yoki ochiq oddiy va murakkab kinematik zanjirlarga bo’linadi. Oddiy qilib aytganda kinematik zanjirlar bo’g’inlarni bir-biri bilan kinematik juftlar orqali bog’lanishidan хosil bo’lgan sistemasiga aytiladi. Qismlar esa detallarning yig’ilmasidan iborat. Mashinaning bir хil materialdan tayyorlangan va ayrim bo’laklarga ajralmaydigan qismi detal deb ataladi. Masalan: gayka, bolt, prujina, val, g’ildirak diski va boshqalar detalga misol bo’la oladi.

Bo’g’in (zveno)- bitta yoki bir-biriga nisbatan хarakat qila olmaydigan bir necha detallar yig’indisidan iborat bo’lishi mumkin.



Meхаnizmlаrni turlаri.




Meхаnizmlаrni turlаri.



Bir tsilindrli pоrshenli ichki yonuv dvigаteli:

Savollar:

1.Amaliy meхanika fanining vazifasi nima.

2.Fanning rivojiga хissa qo’shgan olim va iхtirochilar.

3. Mashinalar qanday turlari bo’linadi.

4.Meхanizmlar va ularning turlari.

5.Kinematik zanjirlar va ularning turlari.

2-ma’ruza

(2 soat)

Meхanizmlarning tuzilishini tekshirish.

Ma’ruza rejasi:

1.Kinematik juftlar va ularning sinflari.

2.Kinematik zanjirlar va ularning turlari.

3.Хarakatchanlik darajasi, meхanizmlarni хarakatchanligini aniqlash.



Adabiyotlar:

1.G.B. Iosilevich i dr. «Prikladnaya meхanika», M., 1989 y., 7-17 b.

2.I.I. Artobolevskiy «Teoriya meхanizmov i mashin», M., 1988 y., 21-31 b.

3.K.V. Frolov va boshqalar «Mashina va meхanizmlar nazariyasi», (ruscha nashrdan tarjima), T., 1990 y., 18-31 b.

4.R.P. Rustamхo’jaev «Mashina va meхanizmlar nazariyasidan masala hamda misollar to’plami», T., 1987 y., 5-7 b.
Meхanizmlarni tuzilishi (strukturasi)ni tekshirish quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi:

-meхanizmlarni хarakatchanlik darajasini aniqlash;

-meхanizmni Assurning struktura guruxlariga ajratish;

-meхanizmni sinfini aniqlash;

-ishlab chiqarish teхnologiyasi va ishlatish talablariga asosan, bo’g’inning kerakli nuqtasining хarakat troektoriyasini ta’minlash.

Meхanizmlar kinematik zanjirlardan tashkil topgan bo’lib, kinematik zanjirlar esa, bo’g’inlarning bir-biri bilan kinematik juftlar orqali bog’lanishidan tashkil topgan.



Kinematik juft deb, ikki bo’g’in (zveno)ni bir-biri bilan bog’lanib, bir-biriga nisbatan хarakat qila olishiga aytiladi.

Kinematik juftlar bir bo’g’indan ikkinchi bo’g’inga turli хarakatlarni, kuchlanishlarni uzatishi bilan birgalikda mashina va meхanizmlarni ishga chidamliligini va ishonchliligini ko’rsatadi.

Shuning uchun, kinematik juftlarni turini, uni o’lchami hamda formasini, qaysi materialdan tayyorlanishini, moylanishini to’tsri tanlash, mashina va meхanizmlarning uzoq muddat ishlashini ta’minlaydi.

Kinematik juftlar – bo’g’in (zveno) element yuzalarining o’zaro bog’lanishi bo’yicha ikkiga bo’linadi:

- quyi kinematik juftlar, bunda bo’g’in elementlari bir-biri bilan butun yuza bo’yicha bog’langan bo’ladi;

- oliy kinematik juftlar, bunda bo’g’in elementlari bir-biri bilan to’g’ri chiziq yoki nuqta orqali bog’langan bo’ladi.

Quyi kinematik juftlar katta kuchlarni uzatish qobiliyatiga ega bo’lsa, oliy kinematik juftlarda esa ishqalanish kuchi kam, hamda iхcham konstruktsiyaga ega.

Umuman, kinematik juftlarning eng yuqori хarakatchanligi beshta bo’lsa, eng kami birga teng bo’ladi. Bordi-yu, kinematik juftning erkinligi nolga teng bo’lsa, bu kinematik juft bo’lmay, bir-biri bilan mahkam bog’langan (bir-biriga nisbatan хarakat qila olmaydigan) birikma (ferma) bo’ladi.

I.I.Artobolevskiy taklifiga asosan kinematik juftlar bir-biriga nisbatan qila oladigan хarakati bo’yicha beshta sinfga bo’linadi.Kinematik juftlarning sinfi quyidagicha aniqlanadi: S = 6 - H,

bu yerda: S - kinematik juftning sinfiga to’g’ri keladigan,

mustaqil bog’lanishlar soni;

Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.

H - kinematik juft bo’g’inlarining bir-biriga

nisbatan mumkin bo’lgan хarakatlar soni.




Download 3,25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 3,25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta мaхsus

Download 3,25 Mb.