• 1. Oliy talimga oid Qonun hujjatlari.
  • Tuzuvchilаr: t.f.n.,dоts.Choriyev R.E.. . Tаqrizchi




    Download 7.09 Mb.
    bet2/107
    Sana25.09.2022
    Hajmi7.09 Mb.
    #26371
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
    Bog'liq
    eng jhirgi Эл верс ихтисосликка кириш 2022й (2)

    Tuzuvchilаr: t.f.n.,dоts.Choriyev R.E..
    .

    Tаqrizchi: O’zbеkistоn Rеspublikаsi Fаnlаr Аkаdеmiyasi Umumiy vа nооrgаnik
    kimyo instituti «Kоllоid kimyo» lаbоrаtоriyasi mudiri
    t.f.d. Eshmetov I.D.


    Mavzu 1. Oliy ta’lim tizimiga oid qonunlar va qonunosti hujjatlari.
    Reja:
    1. Oliy ta'limga oid Qonun hujjatlari.
    2. Oliy ta'limga oid Qonunosti hujjatlari.
    3. О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonuni. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari.
    1. Oliy ta'limga oid Qonun hujjatlari.
    О‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qо‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.
    Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini rо‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini о‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va xarakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbaariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish О‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bо‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mо‘ljalni tо‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bо‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yо‘naltirilgandir.
    Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini rо‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasbhunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta о‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida о‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
    Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari. О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning о‘ziga xos yо‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qо‘ydi va qator chora-tadbirlar kо‘rishni: «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonunni joriy etishni (1992 yil); yangi о‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni; о‘quv yurtlarini attestatsiyadan о‘tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.
    Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari hamda «bolalar bog‘chasi-maktab» majmui tarmog‘i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini о‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan.
    Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim о‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda 238 ta litsey va 136 ta gimnaziya ishlab turibdi. «Sog‘lom avlod uchun», «Ma’naviyat va ma’rifat», «Iqtisodiy ta’lim», «Qishloq maktabi», «Rivojlanishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni tiklash» va boshqa tarmoq dasturlari rо‘yobga chiqarilmoqda. Respublika umumta’lim maktablarida 435 mingdan ortiq о‘qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy ma’lumotlidir.
    О‘zbekiston oliy maktabi tizimi 73 ta oliy о‘quv yurtini, shu jumladan 22 universitet va 51 institutni о‘z ichiga oladi, ularda 210 mingga yaqin talaba ta’lim olmoqda; 22 universitetning о‘n ikkitasi О‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi. Oliy о‘quv yurtlarida ishlayotgan 20,5 ming о‘qituvchining 52 foizi fan nomzodlaridir. Oliy ta’limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yо‘nalishga о‘tkazish ishi olib borilmoqda, о‘quv yurtlarining tarmog‘i kengaymoqda, universitet ta’limi rivojlanmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari bо‘yicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni kо‘p bosqichli tizimga о‘tkazish amalga oshirilmoqda. Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg‘or usullari joriy etilmoqda.
    Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiq aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi. Respublikada qariyb 4 ming doktorant bо‘lib, ulardan 69 foizni oliy ta’lim tizimida va 31 foizi ilmiy-tadqiqot institutlarida ta’lim olmoqda. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37 foizini fan nomzodlari tashkil etadi.
    Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida 23 institut, 16 fakultet, 4 markaz va 14 malaka oshirish kurslari ishlab turibdi.
    Iqtidorli bolalar va о‘quvchi yoshlarni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste’dodli о‘smir va qizlarni izlab topish, ularga kо‘maklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini о‘stirish bо‘yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi о‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda о‘qitish va stajirovkadan о‘tkazish yо‘lga qо‘yildi.
    Fan va ta’lim sohasida xalqaro aloqalar kengayib bormoqda.
    Shunga qaramay, sodir etilgan о‘zgartirishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bо‘lishini ta’minlay olmadi.
    Kamchiliklar va muammolar. Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik о‘zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, о‘quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli о‘quvuslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish о‘rtasida puxta о‘zaro hamkorlik va о‘zaro foydali integratsiyaning yо‘qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.
    Ta’lim-tarbiya va о‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini birbiri bilan uzviy bog‘lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotir.
    Mutaxassislar tayyorlash, ta’lim-tarbiya tizimi jamiyatda bо‘layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan bog‘lanmagan.
    Maktabgacha ta’lim va tarbiya ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda. Bog‘cha yoshidagi bolalarning 25 foizigina maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olingan, xolos. Maktabgacha bolalar muassasalaridan va oiladan maktabga kelgan bolalarning tayyorgarlik darajasi о‘rtasida sezilarli tafovut mavjud.
    Maktablarda va boshqa о‘quv yurtlarida talim jarayonining о‘zidagi va о‘qitish uslubiyatidagi ham xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, о‘quvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolyapti, oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun yetarli tayyorgarlik yо‘q. 9-11-sinflarni tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda о‘z о‘rnini aniqlay olmaydi. Ularda о‘zlariga ishonch shakllangan emas. О‘rta maktab bitiruvchilarining 10 foizigina oliy о‘quv yurtlariga о‘qishga kirmoqda, xolos.
    Majburiy tо‘qqiz yillik ta’limga asoslangan о‘n bir yillik umumiy о‘rta ta’lim ilmiy asoslanmagandir, u о‘quvchilarda kasbga yо‘naltirish va ta’limning amaliy yо‘nalganligi yetarli darajada bо‘lishi hamda mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyati kо‘nikmalari shakllanishini ta’minlamayapti. Har yili tayanch maktablarning 100 ming nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab chiqarish sohasida hamda kasb-hunar ta’limini davom ettirish uchun talab etilmay qoldirilmoqda.
    Ta’lim tizimidagi mavjud umumta’lim va kasb-hunar dasturlari о‘rtasida uzviylik va vorislikning yо‘qligi sababli, tayanch va о‘rta maktab bitiruvchilarida kasbga yо‘naltirilganlik va mehnat faoliyati kо‘nikmalari shakllanmay qolyapti. Natijada yigit va qizlar о‘z qobiliyatlari, istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monand hayot yо‘lini belgilab olishda jiddiy qiyinchiliklar sezmoqdalar.
    О‘quv jarayoni bilim darajasi о‘rtacha bо‘lgan о‘quvchilarga mо‘ljallangan bо‘lib, ta’limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi о‘quv dasturlari bо‘yicha ishlash kabi mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti. О‘quv dasturlari mafkuraviy sarqitlardan tо‘liq holi bо‘lganicha yо‘q, ularda ma’naviyat va axloq asoslarini о‘rgatuvchi, huquqiy, estetik bilimlarni beruvchi fanlarga yetarlicha о‘rin berilmayapti. Hunar-texnika bilim yurtlaridan yangi tipdagi ta’lim muassasalariga о‘tish kо‘proq og‘izda bо‘lib, amalda esa ularda ta’lim eskirib qolgan moddiy-texnika va о‘quv-uslubiy bazasida, tegishli qayta tayyorgarlikdan о‘tmagan о‘qituvchi kadrlar bilan amalga oshirilmoqda.
    Bir bosqichli oliy ta’lim mehnat bozori ehtiyojlarini, ishlab chiqarishdagi tarkibiy о‘zgarishlarni va ilg‘or xalqaro tajribani tо‘liq hajmda hisobga olmayotir. О‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda о‘quv yurtlari yetarlicha mustaqillikka ega emas, ular kasbiy mehnat bozorining о‘zgaruvchan sharoitlariga yaxshi moslashib bormayapti.
    Ilmiy masalalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy institutlar kadrlarni tayyorlash jarayoniga yetarli darajada qо‘shilganlari yо‘q. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan о‘tkazish vazifalari belgilab olinmagan. О‘quvchilarning bilim darajasini baholash tizimi obyektivlik va tezkorlikni ta’minlamaydi.
    Kasbiy-hunar ta’limining obrо‘si hamda о‘qituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylarning, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning ijtimoiy maqomi pasayib bormoqda. Ta’lim xizmati kо‘rsatish va kadrlar tayyorlash sohasida marketing mavjud emas, ta’lim tizimini kо‘p variantli moliyalash sxemasi ishlab chiqilmagan. Oliy malakali kadrlardan samarali foydalanilmayapti. Kadrlar bilimi va ular tayyorgarligining sifatini nazorat qilish hamda baholash tizimi qoniqarsiz ishlamoqda.
    О‘qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik kо‘rmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bо‘lib qolmoqda, malakali pedagog kadrlar yetishmasligi sezilmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasidagi jami tarbiyachi va pedagoglarning atigi 20 foizi oliy ma’lumotlidir. Maktablarning о‘qituvchilar bilan ta’minlanganligi о‘rtacha 93 foizni tashkil etgani holda, bu kо‘rsatkich ayrim viloyatlarda 77-80 foizdan, muayyan fanlar bо‘yicha esa 50 foizdan oshmaydi.
    Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning о‘rtacha yoshi «ulg‘ayib» bormoqda. Respublika oliy о‘quv yurtlarida 40 yoshga tо‘lmagan fan doktorlari jami fan doktorlarining 0,9 foizini, 50 va undan katta yoshjagilari esa 79 foizini tashkil etadi. Fan doktorlari ilmiy darajasiga tasdiqlanganlar о‘rtacha 50, fan nomzodlari esa 36 yoshdadir.
    Isloh qilish omillari. Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari quyidagilardan iborat:

    • respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yо‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi;

    • mamlakat iqtisodiyoti tub о‘zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xom-ashyo yо‘nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yо‘liga izchil о‘tayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining kengayayotganligi;

    • davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topganligi;

    • milliy о‘zlikni anglashning о‘sib borishi, vatanparvarlik, о‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usining shakllanayotganligini, boy milliy madaniytarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;

    • О‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obrо‘-e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi.


    Download 7.09 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




    Download 7.09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tuzuvchilаr: t.f.n.,dоts.Choriyev R.E.. . Tаqrizchi

    Download 7.09 Mb.