• 2024-yil 1-apreldan
  • Bosh muhandis A.F. Ravshanov
  • Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi holatini tekshirishda dalolatnoma ko‘rsatmalarni ro‘yxatga




    Download 140.42 Kb.
    Sana13.03.2024
    Hajmi140.42 Kb.
    #170721
    Bog'liq
    Фармойиш - Распоряжение
    Глейк Джеймс. Хаос. Создание новой науки - royallib.ru, Kurs ishi Ashtarxoniylar aniq, optimumins, Boshlang\'ich 3-guruh Ch.X., TILXAT, 1-maruza slayd, o-zbekistonda-korrupsiyaga-qarshi-kurashishning-siyosiy-huquqiy-mexanizmlari-va-chora-tadbirlari, otsenka-ekspluatatsionnyh-parametrov-tehnicheskogo-obekta-v-sistemah-avtomatizirovannogo-funktsionalnogo-analiza-converted, 1234, Dual 11 M, 12846 1 EF1CA2327A88388546DC6A13C54FB67DC51A9D4E, 1d6af892-f10e-4f74-b2b1-66fed509f16d, 1-Mavzu Kirish. «Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi» fan, 1-ma`ruza. 8s Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli. Reja, ишло хўжалиги корхоналарида ме натга а тўлашни ху у ий тарти




    FARMOYISH


    Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi holatini
    tekshirishda dalolatnoma - ko‘rsatmalarni ro‘yxatga
    olish va bajarilishini elektron tarzda olib borish bo‘yicha
    ishlarni tashkil etish to‘g‘risida
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-son qarori, “NKMK” AJning 2024-yil
    16-fevraldagi 01-01-01/09/1733-sonli yig‘ilish bayonining 24-bandi ijrosi hamda mehnat muhofazasi qoidalari va talablariga rioya etilishini nazorat qilish va takroriy qoidabuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlarning samaradorligini ta’minlash maqsadida,
    1. “Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini hisobga olish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi (eistb.ngmk.uz)” 2024-yil 26-fevraldan sinov tariqasida ishga tushurilsin.
    2. Tarkibiy bo‘linmalarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi holati bo‘yicha haftalik tekshiruvlar asosida Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi Bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda - MMvaTX) hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda-hududiy boshqarmalar) rahbarlari (Beshimov, Ishanxodjaev, Jumayev, Rajabov, Filippov) va mutaxassislari tomonidan “Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi” yagona axborot tizimi (eistb.ngmk.uz)ga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha dalolatnoma-ko‘rsatmalar quyidagi tartibda kiritilsin:
    2024-yil 4-martdan MMvaTX BB Markaziy boshqarmasi;
    2024-yil 4-martdan MMvaTX BB Shimoliy boshqarmasi;
    2024-yil 18-martdan MMvaTX BB Janubiy boshqarmasi;
    2024-yil 25-martdan MMvaTX BB Navoiy boshqarmasi, “Qizilqum” KB bo‘yicha bo‘limi.
    Axborot tizimiga MMvaTX mutaxassislari tomonidan malumotlar “NGMK” AJ elektron portalida ro‘yxatdan o‘tadigan shaxsiy akkauntlari (учетная запись)dan foydalansin.

    3. Tizim sinov tariqasida ishlayotgan davrda elektron tizimda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha dalolatnomalarni to‘ldirish majburiy etib belgilansin va quyidagi tartibga amal qilinsin:
    2024-yil 1-apreldan boshlab barcha hududiy MMvaTX boshqarmalarida Word formatidagi dalolatnomalar to‘ldirilish amaliyoti tugatilsin;
    foydalanuvchilar dalolatnomadagi barcha kerakli maydon va bo‘limlarni qoidalar va ko‘rsatmalarga muvofiq to‘ldirsin;
    dalolatnoma elektron shaklda saqlansin, shuningdek, qog‘oz shaklda chop etilsin va tegishli xizmatlar yoki bo‘linmalarga bajarish uchun yuborilsin.
    4. Hududiy boshqarmalar rahbarlari (Beshimov, Ishanxodjaev, Jumayev, Rajabov, Filippov) elektron tizimdagi dalolatnomalarni to‘ldirish ishlarini tashkil etish uchun mas’ul etib tayinlansin va ular quyidagilarni amalga oshirsin:
    xodimlarning elektron tizimda ishlashga o‘rgatish jarayonida o‘z vaqtida ishtirok etishlari ta’minlasin;
    dalolatnomalarni o‘z vaqtida to‘ldirilishi va to‘liqligini nazorat qilsin;
    elektron tizim ishlab chiqaruvchisi bilan texnik qo‘llab-quvvatlash va funksiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘zaro aloqada bo‘lsin;
    MMvaTX Bosh boshqarmasi rahbariyatiga elektron tizimda dalolatnomalarni to‘ldirishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlar taqdim etib borsin.
    5. Belgilangan muddatlarda elektron tizimda to‘ldirilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha dalolatnomalar majburiy ijro etilishi joriy etilsin. Dalolatnomalarni taqdim etuvchi mas’ul shaxs dalolatnomalarning bajarilishini nazorat qilsin va belgilangan muddatlarda bajarilganligi to‘g‘risidagi hisobotlarni “Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi” yagona axborot tizimi (eistb.ngmk.uz)ga kiritib borsin.
    6. MMvaTX Bosh boshqarmasi hududiy boshqarmalari rahbarlari “eistb.ngmk.uz.” elektron tizimda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha dalolatnomalarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirishi bo‘yicha shaxsiy javobgarligi belgilansin.
    7. MMvaTX Bosh boshqarmasi hududiy boshqarmalari tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha dalolatnomalarni rasmiylashtirishning to‘g‘riligi va to‘liqligi, shuningdek, avvalgi berilgan dalolatnomalarning ijro etilishi natijalariga ko‘ra ish joylarining holati yuzasidan o‘rnatilgan tartibda tasodifiy tanlangan holdagi tekshiruvlarni o‘tkazsin.

    8. Mazkur farmoyish bo‘yicha ma’sul shaxslar boshqa lavozimga tayinlanganida, mehnat ta’tili yoki mehnatga layoqatsizlik ta’tili davrida uning o‘rniga tayinlangan xodim mazkur farmoyish ijrosini ta’minlashi belgilab qo‘yilsin.
    9. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i A.R. Tursunov zimmasiga yuklansin.

    Bosh muhandis A.F. Ravshanov


    Ijr.: A.P. Cherdantsev
    Tel.: 77-517


    Download 140.42 Kb.




    Download 140.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi holatini tekshirishda dalolatnoma ko‘rsatmalarni ro‘yxatga

    Download 140.42 Kb.