• Kirish yo’riqnomasining dasturi.
  • A. Ishchilar bilan yo’riqnoma o’tkazish




    Download 39,48 Kb.
    bet4/7
    Sana25.05.2024
    Hajmi39,48 Kb.
    #253477
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2-MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING ZAMONAVIY TEXNIKA TEXNOLOGIYALARI

    A. Ishchilar bilan yo’riqnoma o’tkazish.
    Yo’riqnomalar ikki xil bo’ladi: kirish yo’riqnomasi ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnoma. Uz navbatida ish joyida o’tkaziladian yo’riqnoma 3 xil bo’ladi: dastlabki, davriy va navbatdan tashqari.
    Kirish yo’riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa korxonalardan xizmat safariga junatilganlar (ish malakasi va stajidan kat’iy nazar), hamda praktika utayotganlar va shog’irdlar kirish yo’riqnomasi utadilar.
    Kirish yo’riqnomasini korxonaning mehnat muhofazasi bo’yicha mas’ul xodimi yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa raxbar xodimi o’tkazadi. Agar ishga kabul qilish bevosita sexlarda bо‘lsa, kirish yo’riqnomasini shu sexning boshligi o’tkazishi kerak.
    Shikastlanganlarga dastlabki yordam kursatish, yong’in xavfsizligi va boshqa maxsus masalalar bo’yicha yo’riqnomalarni tegishli mutaxassislar o’tkazadilar.
    Kirish yo’riqnomasi maxsus adabiyot, kurgazmali kurollar bilan jixozlangan, mehnat muhofazasi xonasida, zamonaviy texnik vositalardan foydalangan xolda o’tkaziladi.
    Kirish yo’riqnomasi gurux bilan va yakka tartibda o’tkazilishi mumkin. Gurux bilan o’tkazilganda eshituvchilar soni 10 kishidan oshmasligi kerak.
    Kirish yo’riqnomasi o’tkazilganligi haqida maxsus jurnalga va ishchi kuliga topshiriladigan ishga kirish varakasiga yozib kuyiladi.
    Kirish yo’riqnomasining dasturi.
    1. Korxona to’g’risida umumiy ma’lumot.
    2. Mehnat muhofazasi:
    Xavfsizlik standartlari sistemalari haqida umumiy ma’lumot. Ish vaqti va dam olish vaqti. Ayollar va balogat yoshiga yetmaganlar mehnatini muhofaza qilish. Davlat, tarmoq va jamoat nazorati. Korxonada baxtsiz xodisalarni taftish qilish. Ichki mehnat tartibi koidalari.
    3. Xavfsizlik texnikasi:
    Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari va ulardan himoyalanish. Ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarning va kasbiy kasalliklarning asosiy sabablari. Xavfsizlik standartlar sistemalarida ishlab chiqarish jarayonlariga va uskunalarga kuyiladigan talablar. Uskunalarning asosiy xavfsizlik koidalari. Ogoxlantiruvchi, tusuvchi va signal beruvchi vositalar. Xavfsizlik ranglari va belgilari.
    Elektr tokining kishi organizmiga ta’siri. Shikastlanish turlari. Elektr toki bilan jarohatlanish xavfini oshiruvchi sharoitlar. Jarohatlarning oldini olish tartiblari.
    Ish joyini xavfsiz tashkil qilish va saqlashga kuyiladigan talablar. Yuk kutarish va tashish mexanizmlari, ichki transport vositalaridan xavfsiz foydalanish koidalari.
    4. Ishlab chiqarish sanitariyasi:
    Ishlab chiqarish muhitining asosiy sanitariya-gigiyenik omillari.
    Mehnat sharoitini yaxshilash bo’yicha asosiy tadbirlar (texnik va tashkiliy, sanitariya-gigiyenik, davolash-profilaktik). Ish joylari havosini almashti-rishning zarurati va tuzilishi. Yorug’likni to’g’ri tashkil qilish. Shovqinga qarshi tadbirlar.
    5. Shaxsiy himoya vositalari, ulardan foydalanish meyor va koidalari. Himoya vositalariga kuyiladigan talablar.
    Korjomlar, maxsus poyafzallar. Kulni, boshni, betni, kuzni, nafas a’zolarini, kulokni himoya qilish Ogoxlantiruvchi moslamalar.
    6. Shaxsiy gigiyena koidalari. Sanitariya kiyimlariga, poyafzallariga va vositalariga kuyiladigan talablar.
    7. Korxonada yong’in xavfsizigiga kuyiladigan asosiy talablar.
    8. Mexaniq jarohat olganda, quyganda, kislota va ishqorlar bilan quyganda, zaharlanishda, elektr va kuz jarohatlari olgandagi dastlabki yordam.
    9. Xavfsizlik texnikasi yo’riqnomalari buzilganda qo’llanadigan javobgarlik.

    Download 39,48 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 39,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. Ishchilar bilan yo’riqnoma o’tkazish

    Download 39,48 Kb.