• Navbatdan tashqari yo’riqnoma.
  • Ishchilarning bilimini tekshirish.
  • Mehnat muhofazasining xuquqiy-tashkiliy asoslari




    Download 39,48 Kb.
    bet6/7
    Sana25.05.2024
    Hajmi39,48 Kb.
    #253477
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2-MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING ZAMONAVIY TEXNIKA TEXNOLOGIYALARI

    Davriy yuriqnoma
    Ishchining malakasi va ish stajidan kat’iy nazar xar olti oydan kup bo’lmagan muddatda xavfsiz ishlash usullari bo’yicha (davriy) yo’riqnoma o’tkazib turiladi.
    Davriy yo’riqnoma o’tkazib turishdan asosiy maqsad - ishchining asosiy va doimiy bajarib turadigan ishda xavfizlik koidalari bo’yicha bilimlarini yangilab va tuldirib turishdir. Davriy yo’riqnoma yakka tartibda va gurux bilan o’tkazilishi mumkin (bir xil kasbdagi ishchilar bilan) va sex yoki korxonada bo’lib o’tgan aniq misollarni talkin kilgan xolda suxbat o’tkaziladi.
    Turli sabablar bilan (ta’til, kasallik, mehnat safari va sh.u.) uz muddati-da yo’riqnoma o’tkazilmagan ishchilar bilan ishga chiqqan kunlari o’tkaziladi. Davriy yo’riqnoma o’tkazilganligi haqida jurnalga yozib rasmiylashtirib kuyiladi.
    Navbatdan tashqari yo’riqnoma.
    Navbatdan tashqari yo’riqnoma quyidagi xollarda o’tkaziladi:
    - texnologik jarayon o’zgarishi, bir uskuna o’rniga boshqa uskuna o’rnatilishi va x.k. mehnat sharoitini o’zgartirganda;
    - sexda, bo’limda yoki brigadada baxtsiz xodisa yoki avariya ruy berganda;
    - ishlarni xavfsiz bajarish bo’yicha yangi koida va yo’riqnomalarni ishchilar dikkatiga yetkazish zarurati tugilgan xollarda;
    - ishlab chiqarish intizomi koida va yo’riqnomalarning talablari buzilishi aniqlangan xollarda.
    Navbatdan tashqari yo’riqnomada ishchilarga dastlabki yo’riqnomaning shu yo’riqnoma utilishiga sabab bo’lgan qismigina kurib chiqiladi.
    Navbatdan tashqari yo’riqnoma xam dastlabki va davriy yo’riqnoma kabi bevosita boshlik (usta) tomonidan o’tkaziladi.
    Navbatdan tashqari yo’riqnoma xam dastlabki va davriy yo’riqnoma kabi jurnalga yozib rasmiylashtiriladi, fakat bunda sababi kursatiladi.
    Ishchilarning bilimini tekshirish.
    Dastlabki yo’riqnomadan va malaka oshirishdan keyin (mustakil ishlashga ruxsat berishdan yoki boshqa ishga o’tkazishdan avval) ishchilar xavfsiz ishlash usullari bo’yicha yo’riqnoma va koidalardan bilimlarini tekshirish kerak bo’ladi. Bilimlarni tekshirish dastlabki, davriy va navbatdan tashqari turlarga bo’linadi.
    Bilimlarni tekshirish uchun korxona ma’muriyati tomonidan maxsus komissiya tuziladi va unga rais qilib sex boshliklaridan biri belgilarnadi. Zarurat bo’lganda, aniq sharoitdan kelib chikib komissiya tarkibiga mexaniqlar, energetiklar va boshqa mutaxassislar kiritilishi mumkin.
    Ishchiga dastlabki tekshiruvdan keyin ma’lum nusxada rasmiylashtirilgan shaxodatnoma beriladi.
    Bilimlarni tekshirish yo’riqnoma dasturi asosida sex boshliklari tomonidan tuzilgan savollar yuzasidan o’tkaziladi.
    Barcha ishchilar xar xil (maxsus tartibda) bilimlarini davriy tekshiruvdan o’tkazib turiladi. Bu tartib jadvali usta tomonidan tuziladi va sex boshligi tomonidan tasdiklanadi. Tartib jadvalining nusxasi 4-ilovada keltirilgan.
    Navbatdan tashqari tekshiruv texnologik jarayon o’zgarganda, yangi mexanizm va uskunalar o’rnatilganda, yangi koida va yo’riqnomalar tatbiq qilingan xollarda, ushbu koida va yo’riqnomalar buzilgan xollarda, hamda koida va yo’riqnomalar bo’yicha bilim yetarli bo’lmagan xollarda davlat nazorat tashkilotlari va korxona raxbarlari talabi bilan o’tkaziladi.
    Bilimlarni tekshirish natijalari jurnalga kayd qilinadi va ishchining shaxodatnomasiga yozib kuyiladi. Tekshiriluvchining bilimiga baho kuyishdan (yaxshi, konikarli, konikarsiz) tashqari uni mustakil ishlashga ruxsat berish haqida jurnalga xam yozib kuyilishi kerak. Jurnalning nusxasi 5-ilovada keltirilgan.
    Agar ishchi tekshiruv paytida konikarsiz bilim kursatsa, unga mustakil ishlashga ruxsat berilmaydi va ikki xaftadan oshmagan muddat ichida qayta tekshiruvdan o’tishi kerak.
    Qayta tekshiruvga kelmaslik yoki sababsiz tayyorlanmasdan kelish mehnat intizomini buzish deb karaladi. Ushbu kamchiliklarga yo’l quygan ishchiga ichki mehnat intizomi koidalariga belgilanganidek, intizomiy choralar qo’llanadi.

    Download 39,48 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 39,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat muhofazasining xuquqiy-tashkiliy asoslari

    Download 39,48 Kb.