|
Tilog`och
– qurilishda, yer osti inshoatlarida,
vagonsozlikda , mebel va parket ishlab chiqarishda ishlatiladi.
KedrningBog'liq 8 sinf texnologiya konspekt [uzsmart.uz]Tilog`och
– qurilishda, yer osti inshoatlarida,
vagonsozlikda , mebel va parket ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Kedrning
mehanik
xossalari qora va oq qarag`ay orasida bo`lsada, chirishga chidamliligi jihatidan
ulardan yuqori, rangi va teksturasi chiroyli. Qalam ishlab chiqarishda, duradgorlikda
va mebelsozlikda ishlatiladi.
Yaproqli daraxtlardan
eman
yog`chining mustahkamligi va qattiqligi yuqori,
chirishga chidamli, egila oladigan, teksturasi chiroyli, duradgorlik va mebelsozlikda,
faner va parket ishlab chiqarishda, vagon, kema va mashinasozlikda ishlatiladi.
Shumtol
yog`ochining mustahkamligi va qayishqoqligi yuqori bo`lib, yaxshi egiladi,
yorilmaydi va tabiiy guli emanga o`xshab ketadi. Mebelsozlikda faner (shpon) ishlab
chiqarishda qo`llaniladi.
Oq qayin
daraxtining po`stlog`i oqish, yupqaroq
keksayganda qatlam-qatlam bo`lib yoriladi, shpon, faner, DSP, chang`i va mebel
ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Qoraqayin
yog`ochining mustahkamligi yuqori, tabiiy
guli chiroyli, lekin chirishga chidamsiz, yaxshi egiladi. Mebel, shpon, parket ishlab
chiqarishda, musiqa asboblari va sport anjomlari tayyorlashda ishlatiladi.
Zarang
yog`ochining mexanik xossalari emandan yuqori, yaxshi pardozlanadi, tabiiy guli
juda
chiroyli,
randalangan
faner,
qimmatbaho
mebel
tayyorlashda
va
mashinasozlikda ishlatiladi.
Qandag`och
yog`ochi yumshoq, yengil, oson ishlanadi,
namga chidamli, bo`yoqni yaxshi oladi, ishlov berish oson, lekin tez qurt yeydi,
arzon mebellar, faner va taralar tayorlanadi.
Tog` teragi
yumshoq va yengil, namga
chidamsiz, faner, gugurt, yashiq, tokorlik buyumlari, oddiy va arzon mebellar
tayyorlanadi.
Chinor
yog`ochi pishiq, puxta, qattiq, ishlov berish qiyin, tabiiy guli
chiroyli, yaxshi pardozlanadi, randalangan faner, parket va qimmatbaho mebel
tayyorlash mumkin.
Nok
yog`ochi mag`izsiz, qizg`ish-qo`ng`ir yoki pushti ranglarda
bo`lib, qattiq va mo`rt, tabiiy guli juda chiroyli, faner va mebel tayyorlashda,
pardozlash ishlarida ishlatiladi.
Yog`och xomashyosi hamma vaqt yuqori navli, sifatli, ishlatish uchun yaroqli
bo`lavermaydi. Shuning uchun yog`och taxtalarga ishlov berishda ulardagi
nuqsonlar: butoqlar, chirigan joylari, hashoratlar bilin shikastlangan qismi yoriqlar,
kozlar, tabiiy rangini buzulishi, yog`ochning ustki qismining shikastlanishi, ichki
qatlamning shilastlanishi, yog`och qoplamining chuqur shikastlanishi, yog`och
qoplamining teshib chiqishi kabilar to`g`irlansa, yog`ochdan unumli foydalanish
mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tilog`och
– qurilishda, yer osti inshoatlarida,
vagonsozlikda , mebel va parket ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Kedrning
|