Dars tipi:
yangi bilimlar berish.
Dars turi:
nazariy.
Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari:
“taqdimot”, “bahs-munozara”,
“savol-javob”, “Klaster”, “Zinama-zina”.
Fanlararo bog`lanish:
tasviriy san`at, chizmachilik, matematika, fizika,
iqtisodiy bilim asoslari va b.
Dars jihozi:
tarqatma materiallar, kompyuter, proektor, slaydlar, xalq
xunarmandchiligiga oid ko`rgazmali qurollar, asbob-uskunalar.
Darsning
borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O`tilgan mavzuni so`rash.
Sinfdagi va o`sha paytdagi mavjud sharoitga
qarab, oldingi sinflarda o`tilgan ayrim mavzular yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.
Masalan, odatda birinchi dars mustaqillikka bag`ishlanadi. Shu sababli quyidagi
savollardan foydalanish mumkin:
1. Aziz o`quvchilar, nima uchun mustaqillik eng ulug` ne`mat hisoblanadi?
2. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz qanday yutuqlarga erishdi?
3. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qanday ishlab chiqarish korxonalari
ochildi?
4. Yangi o`quv yilida qanday yutuqlarga erishishni oldingizga maqsad qilib
qo`ygansiz?
III. Yangi mavzu bayoni.
Reja:
1. Xalq hunarmandchiligi haqida qisqacha ma`lumot.
2. O`zbek xalq hunarmandchiligini rivojlantirgan hunarmand ustalar va
ularning ish usullari haqida.
3. Bozor munosabatlari sharoitida “Hunarmand” uyushmasining faoliyati va
istiqbollari.
4. Hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlaridan lavhalar.
1.
Xalq
hunarmandchiligi
haqida
qisqacha
ma`lumot.
Xalq
hunarmandchiligi har bir xalqning, jumladan, o`zbek halqining paydo bo`lishi,
shakllanishi, tarixiy rivojlanishi, milliy qadriyatlarini ifodalaydigan soha bo`lib
hizmat qila oladigan ma`naviy, moddiy, madaniy merosi hisoblanadi. Shuning uchun
yoshlarga, maktab o`quvchilariga xalq hunarmandchiligiga oid ishlarni o`rgatish
ularni ma`naviy tomondan tarbiyalashda, o`z halqining hunarmandchiligi, urf-
odatlari, asriy milliy qadriyatlari bilan tanishtirish va kasb-hunarga yo`naltirishda
katta ahamiyatga egadir. Xalq hunarmandchiligi naqqoshlik, ganchkorlik, zargarlik
yog`och o`ymakorligi, metall o`ymakorligi, kashtachilik, ko`nchilik, pazandachilik,
yog`ochlarni kuydirib ishlash, kulolchilik, kosibchilik, mahsido`zlik, sangtaroshlik,
temirchilik, pichoqchilik, anjomsozlik, qulfsozlik, misgarlik, ignasozlik kabi 150 dan
ziyod sohaga ega bo`lib, o`zida mehnat va kasb ta`limining ko`pgina xususiyatlari –
amaliyligi, ijodiyligi, milliyligi,mahalliy xomashyolarni topish va tamirlash
qulayligi, o`g`il va qiz bolalar mehnatining o`ziga xosligi, shahar va qishloq
maktabini uyg`unlashtira olishi, asosiy hollarda murakkab qurilmalar, uskunalar,
asboblar va stanoklar talab qilmasligi, mashg`ulotlarni tashkil etishning soddaligi
bilan ajralib turadi. Natijada bu sohani yetarlicha o`rgangan, ma`lum kasblarni
egallagan yoshlarning ishsiz qolmasliklari, mehnat bozorining raqobatbardoshligi
bilan alohida e`tiborga molikdir. Xalq hunarmandchiligi san`ati milliy qadriyatlarni
va an`analarini izchil o`rganish, rivojlantirish hamda takomillashtirgan holda boyitib
borish malaka va ko`nikmalariga asoslanadi. Darhaqiqat, “Ta`lim to`g`risida”gi
qonunda “Umumiy ta`lim uzluksiz ta`lim tizimida asosiy bo`g`in bo`lib, ta`lim
oluvchilarni ilmiy bilim, mehnat va boshlang`ich kasb-kor ko`nikmalarini,
ishbilarmonlik asoslarini egallashlari, shuningdek, ijodiy qobiliyatlarini va ma`naviy
fazilatlarini rivojlantirishni ta`minlaydi,” – deb ta`kidlagan. Xalq hunarmandchiligi
yoshlarning tafakkuri, tasavvuri, estetik didi, epchilligi kabi sifatlarini
shakllantirishga yordam beradi. Zero, bu sifat va fazilatlar yosh avlodni har
tomonlama rivojlantirishga samarali ta`sir ko`rsatadi. Shularni hisobga olgan holda
keyingi yillarda mamlakatimizda xalq amaliy san`atining bir necha o`nlab turlari
rivojlantirilmoqda. Qadimiy yodgorliklarni saqlash, ularni qayta tiklash, ta`mirlash
ishlariga keng yo`l ochib berilmoqda. Jumladan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo`qon
va Toshkentdagi obidalar qayta tiklanmoqda, ularni tiklashga xalq ustalari jalb etilib,
ustalar o`z shogirdlari bilan birgalikda obidalarga sayqal berishmoqda.
Naqqoshlik san`ati ancha rivojlantirilib, turli xil zamonaviy binolarga , zeb
berish ishlarida keng qo`llanilmoqda, Naqqoshlik namunalarini, ayniqsa, choyxona,
oshxona, hammom va madaniyat saroylarida ko`rish mumkin. Bunday yangi
binolarni ko`rib ko`zimiz quvonchga, dilimiz zavq-shavqga to`ladi.
Ganch o`yish va gul solish hunari o`zbek xalq san`atida katta o`rin tutadi. Issiq
kunlarda oppoq sathli ganchli devor xonani sovuq tutadi, biroq bezagini ko`zdan
kechirsangiz, o`sha oppoq va nafis bezaklar qalbingizni isitadi. Xalq ustalari, ganch
tili bilan inson his-tuyg`ularining butun ehtirosini ifodalash mumkin, deb
hisoblaydilar. Darhaqiqat, xonadagi ganch o`ymakorligi, jihoz yoki naqsh uyni
jonlantirib yuboradi.
O`zbekiston xalq amaliy san`atining juda keng tarqalgan tirlaridan biri
kulolchilikdir. Milliy tovoq, bejirim kosalar, piyola, nafis ko`za va vazalarga
bugungi kunda ham talab katta, ayniqsa ular sayyohlar nazarini o`ziga jalb qilmoqda.
Kandakorlik san`ati metallarga badiiy ishlov berishning qiziqarli, o`ziga hos
tarmog`i hisoblanadi. Misdan ishlangan buyumlar turmushda san`at namunalari
sifatida keng foydalanilmoqda.
O`zbekistonda Mustaqillik e`lon qilinishi bilanoq odamlarga munosib turmush
va mehnat qilish sharoitlarini yaratishga, xalq farovonligini oshirishga, ijtimoiy
adolat tamoyillarini qaror toptirishga, o`sib kelayotgan yosh avlodni insonparvarlik
ruhida tarbiyalashga katta e`tibor qaratildi. Hozirgi sharoitda yoshlarning mehnat va
kasb tayyorgarligi muhim ijtimoiy vazifa bo`lib, bu soha nazariyotchilari va
amaliyotchilari, pedagog olimlar, o`qituvchi, tarbiyachi, murabbiy va ustalar
yoshlarga xalq hunarmandchiligining turli qirralarini o`rgatishi, ularni shu
yo`nalishdagi
kasblarni
egallashga
tayyorlashi
hunarmandchiligimizni
rivojlantirishga, taraqqiy ettirishga va shu orqali jahon madaniyati xazinasiga
munosib hissa bo`lib qo`shishga olib keladi.
Milliy urf-odatlar, an`analar xalqlarningyashash sharoiti milliy xususiyatlarni
o`zida jamlab, ming yillar davomida hayot deb atalmish murakkab sinovlardan o`tib,
xalqning o`ziga xos tuzugi – qonuni darajasiga ko`tarilgan. Mustaqillik sharofati
bilan bugunga kelib ajdodlarimizdan qolgan bebaho merosni o`rganish, amaliyotga
tadbiq etishga shart - sharoit yaratildi. Hozirgi davrda ta`lim-tarbiya ishini
takomillashtirish, milliylashtish, jahon andozalariga mos keladigan pog`onaga
ko`tarishda boy milliy-madaniy merosimizga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga,
yangi davrning yangi talablariga alohida ahamiyat berish kerak. Bu esa eng avvalo:
zamonaviy ta`lim –tarbiya shakllari, vositalari va usullaridan keng ko`lamda
foydalana oluvchi yuqori malakali o`qituvchilar tayyorlashni taqozo etadi.
Ta`kidlash kerakki, ta`lim-tarbiyani bir-biridan ajratish mumkin emas. Ta`lim-
tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishni ma`lum kasb-hunarga yo`naltirilganligi, tabiiyki,
o`quvchilarda mehnatga muhabbat hissi o`z-o`zidan tarkib topgan bo`lmaydi. U
oilada ota-onaning yoki boshqa katta yoshdagi kishilarning shaxsiy namuna
ko`rsatishi, keyinchalik ta`lim-tarbiya maskanlarida o`tkaziladigan mehnat ta`limiga
oid mashg`ulotlarda insoniyat jamiyati to`plagan mehnatsevarlik an`analarini
o`rganish orqali tarkib topadi. Bir so`z bilan aytganda mehnat ta`limining asosiy
maqsadi – o`quvchilarning hayotdan olgan bilimi va tajribalarini aniq ishlab
chiqarish mazmuniga ega masalalarning yechimini topish yo`li bilan boshlang`ich
kasb-hunar sirlarini tarkib toptirishga qaratishdan iborat.
Umumta`lim maktablarida tashkil etiladigan mehnat ta`limi mashg`ulotlarini
qiziqarli, samarali va to`la qonli olib boorish uchun o`qituvchida aqliy, ma`naviy,
uslubiy, umummehnat, maxsus kasbiy, hisoblash, o`lchash-tekshirish, chizish va
tuzishga doir hamda turli xil moslamalar, texnologik jarayonlarni boshqara olish,
bevosita mehnat ob`ektlari, predmetlari va qurollari bilan munosabatda bo`lish kabi
xislatlar tarkib topgan bo`lishi kerak.
Xalq hunarmandchiligi moddiy madaniyatimizning eng qadimiy va muhim
turlaridan hisoblanadi va tasviriy hamda amaliy san`atning ko`pdan-ko`p sohalari
bilan uyg`unlashib ketadi. Ammo tasviriy va amaliy san`at, buyumlarga badiiy
ishlov berish jarayoni hamda xalq hunarmandchiligining o`ziga xosligi, yo`llari,
xususiyatlari bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun moddiy ma`naviyatning,
madaniyatning ushbu sohalariga oid mavjud ta`riflarini keltirib, taqqoslab o`tish
o`rinlidir.
|