|
Xalq hunarmandchiligi san'atining turlari mundarija Kirish
|
bet | 1/6 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,72 Mb. | | #239198 |
Bog'liq XALQ HUNARMANDCHILIGI SAN\'ATINING TURLARI
XALQ HUNARMANDCHILIGI SAN'ATINING TURLARI
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………..
I.BOB.XALQ HUNАRMАNDCHILIGI, UNING TURLARI VA AHAMIYATI…………………………………………………………………….
1.1.Xalq hunаrmаndchiligi tаnlоv fаni vа uning tutgаn o’rni…………………….
1.2.Xalq hunаrmаndchiligi tаnlоv fаnini o’qitishining o’z’iga xos xususiyatlari…
II.BOB XALQ HUNАRMАNDCHILIGINING TURLARI VA AHAMIYATI………………………………………………………………………
2.1.O’zbek xalq amaliy san’ati turlari haqida umumiy ma’lumot…………………
2.2.O’zbek xalq amaliy san’atining tarixi va rivojlanish bosqichlari…………….
Xulosa …………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………
KIRISH
Mavzuni dolzarbligi:Jamiyatning taraqqiyot darajasi, davrimizning axborot asriga aylanishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, yoshlarni yetuk, vaziyatni tezda baholaydigan, har qanday holatda ham to‘g‘ri va oqilona qaror qabul qila oladigan malakali mutaxassis qilib tayyorlash uchun faqat an’anaviy uslublarga tayanib dars o‘tish yetarli emas. Bu esa ta’lim tizimida jahon tajribasidan keng foydalanishni talab etadi. Shu talabdan kelib chiqib, kasb ta’limining bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mutaxassislik fani sifatida «Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi» darsi 2008-yilda qabul qilingan yangi DTS bo‘yicha esa «Kasb ta’limi metodikasi» o‘qitiladigan bo'ldi. . Shu sababli, bu sohadagi kasb ta’limi bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun maxsus mutaxassislik fanlari bu — iqtisodiy fanlar bo’lgani tufayli iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi o‘rganiladi.
Iqtisodchi-pedagoglar uchun kasb ta’limi metodikasi — bu iqtisodiy fanlardan dars o‘tishni o'rganish metodikasi bolib, iqtisodiy fanlarni talabalarning chuqur o'rganishlari uchun fanning va mavzuning maqsadidan kelib chiqqan holda qanday vosita va metodlarni tanlash va dars jarayonida qo'llash yo'llarini o'rganish, bo'lg'usi iqtisodchi-pedagoglar ongiga yetkazishni ko'zda tutadi.
Iqtisodiy fanlarni yoshlarga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi bu fanlarni yaxshi bilishi, dars berish metodlarini mahorat bilan qo'llay olishi talab etiladi. Shu bilan birga, pedagogika, psixologiya, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, pedagogik texnologiya va boshqa fanlarni ham chuqur bilishi zarur bo‘ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining – “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo’llab- quvvatlash to’g’risida” gi PF-5242 Farmonida ham xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an‘analarini to’liq saqlab qolish va ko’paytirish, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san‘atini yanada rivojlantirish, hunarmandchilik faoliyati bilan shug’ullanuvchi fuqarolarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha maqsadli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu asosda aholi, ayniqsa, yoshlar, ayollar va kam ta‘minlangan oilalar bandligini ta‘minlash maqsadida hunarmandchilik sohasida bajarilishi lozim bo’lgan bir qator vazifalar belgilab berilgan.
Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishi mavzusining maqsad hamda vazifasi xalq hunarmandchiligi san'atining turlari o’ragnishdan iboratdir.
|
| |