• O‘zbek milliy kashtachiligi
  • Xalq hunarmandchiligi san'atining turlari mundarija Kirish




    Download 1,72 Mb.
    bet4/6
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #239198
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    XALQ HUNARMANDCHILIGI SAN\'ATINING TURLARI

    Kashta tikish – qiziqarli va ijodiy ish bo‘lib, u insonga ko‘p quvonch keltirishi, bo‘sh vaqtida ermak bo‘lishi, insonni nafosat olamiga olib kirishi mumkin. Kashta tikish usullarini o‘zlashtirayotganda hamma narsa birdaniga yaxshi chiqmasligi mumkin, chunki kashtachilik sabr-toqatli, e’tiborli, tartibli bo‘lishni talab etadi. Chidamli bo‘lish lozim. Kerakli malakalar egallagan sayin ish asta-sekin osonlasha boradi.
    Kashta tikish san’atining ko‘p asrlik tarixi bor. Arxeologik topilmalarda yozilishicha, qadimdan uy-ro‘zg‘or buyumlarini – sochiqlar, to‘r hoshiya, dasturxonlar, bayram va kundalik kiyimlar, peshbandlar, bosh kiyimlar va boshqa narsalarni kashtalar tikib bezatilgan.
    Kashta tikish usullari, gullari, ranglarning mujassamlanishi avloddan-avlodga o‘tib takomillashib bordi. Sekin-asta eng yaxshi kashtalar tanlanib qoldi va milliy xususiyatlari bilan xarakterli betakror kashta namunalari yaratildi.
    Xalq ustalari kashta tikib bezagan buyumlar chiroyli gullari bilan, ranglarining bir-biriga mosligi, to‘la mutanosibligi, bajarish usullarining professional aniqligi bilan ajralib turadi. Kashta tikilgan har bir buyum amaliy vazifasiga to‘g‘ri keladi.
    Mamlakatimiz muzeylarida xalq kashtachiligining ko‘p namunalari to‘plangan, ayniqsa X1X asr kashtalari eng yaxshi saqlanib, shu kunlargacha yetib kelgan. O‘zbek milliy kashtachiligi amaliy san’atning eng qadimiy turlaridan bo‘lib, u xalqning o‘z turmushini go‘zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda balki, chet ellarda ham shuxrat qozongan.
    O‘zbek xalq ustalari qo‘llari bilan tikilgan so‘zana, zar devor, gul ko‘rpa, choyshab kabi turli hil naqshli buyumlar mamlakatimizning faqat xonadonlarida emas balki, muzeylarda ham ekspozitsiyaga aylanib qolgan.
    O‘zbek kashtachiligi qo‘shni xalqlar kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivojlandi. Kashtalash kiyimlar va buyumlarni bezashda, xamda uy-ro‘zg‘or bezak buyumlari tayyorlashda, qadimdan qo‘llanilib kelmoqda.
    Kashtachilikning maxsus turlaridan biri applikatsiyadir. Applikatsiya - lotincha yopishtirish degan ma’noni bildirib, gazlama, qog‘oz va boshqa materiallarga tikish yo‘li bilan bezak berish demakdir.
    A pplikatsiya kashtachilikning mahsus turi bo‘lib, u o‘ziga xos texnologiyaga ega. Asosiy matoga rangdor mato parchasini, charm va boshqa matoga rangdor mato parchasini va boshqalarni qadab o‘trofii choklanadi.
    Hozirgi vaqtda ko‘pincha bolalar paltolarida, ko‘ylaklarida, bosh kiyimlarida, har-xil qush, meva, gul va hayvonlar tasviri applikatsiya usulida choklanadi. O‘rta Osiyoda kashtachilik keng tarqalgan. Kashtachilikda mato, kigiz, charm, korton, zigir, jun, ipak, su’iy iplar, zar iplar, mayin sim, xom charmdan tayyorlangan tasmalar, munchoqlar, marjon, metall, pulakcha, qimmatbaho tabiiy va sun’iy toshlar va materiallar ishlatiladi.
    Kashtachilikning o‘ziga xos ish qurollari mavjud bo‘lib, ular turli vazifalarni bajaradi. Kashtachilik turli rangli ipak o‘trofi ip bilan igna ilmoqli bigizda har-xil matolarga mayda gul tikishdir.
    Qo ‘lda tikiladigan kashtalarning ikkita turi mavjud: - bezatiladigan matoning arqoq va tanda iplarini sanab kashta tikish; - matoga gul tasviri konturi asosida erkin kashta tikish. O‘zbek kashtachiligida ko ‘p qo ‘llaniladigan chok turlari bilan tanishib chiqamiz: Yo’rma choki – ilmoqli bigiz yoki igna bilan matoning o ‘ng tomonida halqalar zanjiri hosil qilib tikiladi. Ignaga o ‘tkazilgan ipak ip yordamida halqa hosil qilinib, matoning sirtida chap qo‘l bilan ushlab turiladi. Sanchilib chiqqan igna esa halqa hosil qilinadi. Yo ‘rma choklari bilan yirik kashtalarning hoshiyalari, gul va barglarning asosiy shoxga ulanadigan bandlar tikiladi.

    Yo‘rma chok.
    Bigiz yordamida yo ‘rmado ‘zi uslubida kashta tikishda ip doimo buyumning ostida turadi, bigiz bilan gazlama teshib o ‘tiladi, gazlama ostida bigiz ilmog‘iga chap qo‘l bilan ip ildirib turiladi va o ‘ng qo‘l bilan uni tortib olib, choklar zanjirini hosil qilinadi. Ilma chokining ikki turi mavjud: bir taraflama va ikki taraflama ilma choklar. Bir taraflama ilma choklar gorizontal yo ‘nalishda chapdan o‘ngga yoki yuqoridan pastga tomon tikiladi. Ikki taraflama ilma chokning ham ikki xil usuli bor: birinchi turi bir tomoni chapdan o‘ngga halqa qilib tikib chiqilgan, qolgan tomonida ham shu tarzda halqa hosil bo ‘ladi. Ikkinchi usulda ip o ‘tkazilgan igna gazlamaning o ‘ng tomonidan qadab, yotiq chiziq bo‘ylab chap tomondan sug‘urib olinadi.
    Qo ‘lning bosh barmog‘i bilan ilib orqaga surilgan ip igna ostida qolishi kerak. Shu tarzda bir yoqlama halqa hosil bo ‘ladi, so ‘ngra o ‘ng tomondan yana igna qadab, chapdan yotiq holatda sug ‘urib olinadi. Lekin bu ikkinchi va undan keyin o‘ng tomonga sanchiladigan ignani sal qiyaroq tutib, vertikal ipdan yuqoriga, avvalgi halqa chokning ichkarisiga qadaladi. Shu tarzda o ‘ng tomon halqasi hosil qilinadi.

    Ilma chokni tikish usuli
    Qo ‘shaloq ilma‖ chokda chok bo ‘ylab gazlamani ilmasdan oldin chap halqa, keyin o‘ng halqa hosil qilib olinadi va igna sanchilib, gazlamada shunday qiya qaviq hosil qilinadiki, bunda o ‘ng tomondagi igna sanchilgan joy chap tomondagi sanchiq chizig ‘iga to ‘g ‘ri kelishi, chap tomondagi igna chiqqan joy esa, bir baxya pastroqda paydo bo ‘lishi kerak. Ilma choklari, odatda, bosma choki bilan tikilgan kashtalarni hoshiyalashda ishlatiladi. Ilma choki Farg ‘ona vodiysida ko‘proq tarqalgan. Bu chokdan chust do ‘ppisi bezaklarida ko‘p foydalaniladi. Shoyi matolarga tikiladigan kichik kashtalarda ham ko‘p qo ‘llaniladi.



    Download 1,72 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalq hunarmandchiligi san'atining turlari mundarija Kirish

    Download 1,72 Mb.