II.BOB XALQ HUNАRMАNDCHILIGINING TURLARI VA AHAMIYATI
2.1.O’zbek xalq amaliy san’ati turlari haqida umumiy ma’lumot
Murakkab ilma chok. Kuppa choki turli yo ‘nalishda, ya‘ni chapdan o ‘ngga, o‘ngdan chapga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga sidirg‘a tikib hosil qilinadi. Bunda yonma-yon tikiladigan choklar bir tekis yoki gul shakliga qarab, kichikdan kattalashib, kattadan kichiklashib borishi mumkin. Turli-tuman kashtalarda, do‘ppido ‘zlikda keng foydalaniladi. ―Ignani oldinga yo ‘naltirib‖ sanchiladigan chokni tikishda gazlama ipidan 2-3 tasi igna uchiga terib olinib, o ‘ngdan chapga tomon tikiladi.
Undan kashta guli chiziqlarini aylantirib tikishda va gazlama yuzasini to‘ldirib badiiy kashtalar tikishda foydalaniladi. Ushbu chok Farg‘ona vodiysi, Samarqandda keng tarqalgan. Kanda xayol chokida ip to ‘shama tik yoki yotiq bo ‘ladi. Bu chokning ikki xili mavjud. Bir xilida to ‘shama ip ustidan chatiladigan chok qiyalatib ustma-ust tushadi, kashta tayyor bo ‘lganda novdadan to ‘qilgan savatga o‘xshab ko ‘rinadi. Ikkinchi xilida kashtado ‘z birinchi qatorni oldingi kashta xili tarzida tikib chiqqach, ikkinchi qatorni tikayotganda oldingi qator ostki qismidan o ‘tkazib tikiladi, shunday qilib, choklar to‘shami ip ustiga diagonal yo‘nalishdagi ilon izi chiziqlar hosil qilib tushadi.
Kanda xayol choki
Bosma chok tik yoki yotiq to ‘shalgan ip ustidan kesib tikib chiqiladi, mato sirti sidirg‘a qoplanadi. O ‘ng tomondan chapga, so ‘ng chapdan o ‘ngga yana o ‘ngdan chapga va shu tarzda ip to ‘shalib, ustidan bostirib chiqilaveradi. To ‘shalgan tag iplari ko ‘ndalang va tikka bo ‘lganda ham ular chatiladigan qisqa choklar bir-biridan uzoqroq, sal qiya qilib chatiladi. Chatiladigan choklar 3 mm dan ortiq bo ‘lmasligi kerak. Bajarish usuli bir xil bo ‘lgan bosma chokining ham bir necha xili bor. Ular bir-biridan tashqi ko ‘rinishi bilan farqlanib turadi. To‘shama ip uzunroq chok (3 mm) va lo ‘nda chok bilan tikiladi. To ‘shama qo ‘sh choklar bilan chatilishi mumkin. Qo ‘sh choklar orasi yaqin qilib tikiladi. To ‘shama ip chetdan devor to ‘qimasiga o ‘xshab ketadigan qilib chatilsa ham bo‘ladi Bosma chokda foydalaniladigan ip yaxshi pishitilgan bo ‘lishi kerak, shunda chok gazlamada bo ‘rtib chiqadi. Bosma chokda kashta gullari sidirg ‘a qoplangan bo ‘ladi. Xomdo„zi choki ham ikki yoqlama tekis, ipni tik yoki sal qiyaroq qilib tikiladi. Xom ipak bilan tikilganidan shu nom bilan atalgan. Do ‘ppi gullarida, belboqqa nozik geometrik naqshlar tikish va shu kabilarda bu chokdan ko ‘p foydalaniladi. Farg ‘ona vodiysida hamda Samarqandda keng tarqalgan. Kashta tikilgan buyumning teskarisi toza va batartib bo ‘lishi kerak. Ipni gazlamaning o‘ngida kashta tikilgan joyga puxtalab qo ‘yiladi. To„rlash choki ignani o ‘ngdan chapga sanchib, keyin teskari tomonidan ip ikki qaviq yirikligicha oldinga tomon tortib o ‘tkaziladi. Suv chokini tikishda buyumning o ‘ngidan bitta qaviq yirikligiga teng oraliqda igna sanchiladi, teskarisidan esa kashta ipi qaviqdan pastdan chiqadigan qilib igna yarim qaviq kengligida orqaga qaytarib sanchiladi. “Iroqisimon” chok ikki qator qilib chapdan o ‘ngga tomon tikiladi. Tikish ostki qatordan boshlanadi. Ignani yuqoriga yo ‘naltirib, o‘ngga og ‘dirib qaviq tushiriladi. Yuqori qatorda ignaga gazlama shunday ilib olinadiki, bunda ignaning gazlamadan chiqish joyi ostki qatorda igna chanchilib kirgan joy bilan bir chiziqda bo ‘lishi lozim. Pastga tushadigan qaviq ham yuqoriga chiqqandagidek og ‘ib, igna yana yuqori qatordagidek gazlama ipidan ilib o ‘tadi. Iroqining sanama iroqi xili ham mavjud: Sanama iroqi chokida ishlatiladigan to ‘r (kanava)ga yoki arqoq va o‘rishidan ip tortib olinib, to ‘r shakliga keltirilgan matoga kesma chiziqlar sanab gul tikiladi. Bu chok bilan ko ‘pincha, yirik kashta-palak, so ‘zanalar shuningdek, yo ‘rma iroqi bilan do ‘ppi, kizak va mayda kashta mahsulotlari tikiladi. Bu chok qadimdan Qashqadaryoda rivoj topgan, keyinchalik, respublikamizning hamma tumanlarida tarqalgan.
Iroqisimon chok
Zich iroqisimon chok ham iroqisimon chokdek tikiladi, faqat qaviqlar zich joylashadi, ignaning sanchilib kirish joyi bilan chiqish joyi bitta bo ‘ladi. Iroqi chok kashta tikishda oldin bir tomonga qator qiya qaviqlar tikiladi, keyin xuddi shunday qiya qaviqlar oldingi qaviqlar ustidan ikkinchi tomonga tikib boriladi. Qo ‘shaloq iroqi chok to ‘rtta chalishgan qiya qaviqlardan iborat bo ‘lib, ularning hammasi bir usulda bajariladi. Chala iroqi chok shundaygina tashlab qo ‘yilgan ipni o ‘ng tomonidan boshlab o ‘rab tikib hosil qilinadi.
Oddiy siniq chok
Oddiy siniq chok o ‘ng tomondan chap tomonga ikki qator qilib tikiladi. Chokni yuqori qatordan boshlab, kashta o ‘ngida chap tomonga qiyalatib bitta qaviq hosil qilinadi. Pastki qatorda kashtaning teskarisidagi qaviq uning o ‘rtasi yuqori qatordagi igna sanchilgan joyga to ‘g ‘ri keladigan qilib, chap tomonga gorizontal tikiladi. Navbatdagi qaviq yuqori qatordagi dastlab igna sanchilgan joyga tomon yo ‘naltirib hosil qilinadi va kashtaning teskarisidagi qaviq yana chap tomonga pastki qatordagi qaviq yirikligida gorizontal tikiladi. Ikkinchi usulda pastki qator qaviqlari orasi oldingi igna sanchilgan joylarning o ‘ziga yana igna sanchib, qaytarma qaviqlar hosil qilib to ‘ldiriladi. Siniq choklarning uchinchi usulida ikkala qatorda ham qaytarma qaviqlar tikiladi.
Turlari
Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy-tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oʻymakorlik, kashtadoʻzlik, koʻnchilik, tikuvchilik, toʻquvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardoʻzlik, boʻyoqchilik, kemasozlik, taqachilik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi. Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, mas, paxta va pilla bor yerda toʻqimachilik, sifatli xomashyo bor yerda kulolchilik, jun va teri koʻp yerda toʻqimachilik va koʻnchilik, shunga qarab kosibchilik, oʻrmonlar koʻp yerda yogʻochsozlik, maʼdanlarga boy yerlarda metall ishlab chiqarish va temirchilik, dengiz va daryo boʻylarida kemasozlik va boshqa rivoj topgan. Jamiyat taraqqiyoti bosqichlari, mehnat taqsimoti bilan aloqador holda hunarmandchilikning 3 turi shakllangan: 1) uy hunarmandchiligi; 2) buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik; 3) bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik. Uy hunarmandchiligi kapitalizmga qadar boʻlgan davrlarda hunarmandchilikning eng koʻp tarqalgan turi boʻldi. Hunarmandchilikning bu turi natural xoʻjalikning ajralmas qismi hisoblanadi. Shaharlar rivoji buyurtma bilan hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlash va bozorga hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning jadal oʻsishi bilan uzviy bogʻliq. Natijada hunarmandchilik mahsulotlari tovarga aylandi, tovar ayirboshlash uchun ishlab chiqariddi. Davr taqozosi bilan H. ning yangi-yangi turlari vu-judga keldi. Hunarmandlar ham turli mahsulotlar tayyorlash boʻyicha ixtisoslasha bordilar. Shaharlardagi mahallalar hunarmandlarning kasbkoriga qarab shakllangan ( XX asrning boshlarida Toshkentda koʻnchilar, kulollar, egarchilar, beshikchilar, oʻqchilar, kosiblar mahallalari boʻlgan). Ayrim mahalla, kvartal, shaharlar hunarmandchilikning maʼlum mahsulotlari bilan shuhrat qozona boshladilar.
Tarixi
Hunarmandchilik tovar-pul munosabatlariga kengroq va chuqurroq tortilganligi sari tabaqalashdi. Uddaburon va serharakat hunarmandlar boyib dastlabki kapital jamgʻarilishi tufayli kapital sohibiga aylandi va ularning ustaxonalari negizida kichik zavod va fabrikalar vujudga keldi, bu korxonalarda kambagʻallashgan hunarmandlar yo'llanib ishlay boshladi. Natijada hunarmandchilikning rivoji bozor iqtisodiyotining kapitalistik shaklini yuzaga keltirdi. Hunarmandchilik Yevropa shaharlarida sanoat rivojiga ham oʻz hissasini qoʻshdi (toʻqish dastgohlari takomillashdi, 14-asr oʻrtalarida Germaniyada domna pechlarining paydo boʻlishi metallurgiyada jiddiy oʻzgarishlarga olib keldi. 14-15-asrlarda oʻq otar qurollar ishlab chiqarila boshlandi). Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari H.ning keyingi taraqqiyotiga zarba berdi, hunarmandchilikning koʻpgina sohalari tushkunlikka uchradi. Sanoat toʻntarishi oqibatida tez va arzon ommaviy ishlab chiqarila boshlagan fabrika, zavod mahsulotlari hunarmandchilik mahsulotlarini bozordan siqib chiqardi.
Rivojlangan mamlakatlarda yakka buyurtmalar va qimmatbaho badiiy buyumlar tayyorlaydigan hunarmandchilik sohalarigina (tikuvchilik, etikdoʻzlik, gilamchilik, zargarlik, oʻymakorlik va boshqalar) saqlanib qoldi.
20-asr boshlarida esa mashinalashgan ishlab chiqarish keng yoʻlga qoʻyilishi bilan hunarmandchilik mahsulotlarining tur tarkibi va ishlab chiqarish hajmi keskin kamaydi. 20-asr davomida va 21-asr boshlariga kelib yirik industrial ishlab chiqarish qaror topgan boʻlsa-da, hunarmandchilikning mavqei saqlanib qoldi. Hunarmandchilikning bozorda segmenti kichik boʻlganidan yirik ishlab chiqarish egallay olmaydigan, talab individuallashgan oʻz oʻrni bor. Mini texnologiyaning paydo boʻlishi hunarmandchilikda tovarlarni yakka tartibda va sifatli ishlab chiqarish imkonini beradi. Bunga milliy ustboshlar, milliy cholgʻu asboblari, mayda asbob-uskunalar, turli yodgorlik buyumlari ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishni kiritish mumkin. Hozirgi hunarmandchilik kichik biznes tarkibidagi yakka mehnat faoliyati va oilaviy korxonalardan iborat.
Oʻzbekiston hududida neolit davridayoq hunarmandchilikning dastlabki muhim tarmogʻi hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarish va toʻqimachilik vujudga keldi (Xorazm vohasidagi Kaltaminor madaniyati, Surxondaryodagi Sopollitepa va boshqalar). Miloddan avvalgi 2-asrdan boshlab hunarmandchilik mahsulotlari savdosida Buyuk ipak yoʻli muhim ahamiyatga ega boʻldi. Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar (Arab xalifaligida poʻlat, Oʻrta Osiyo va Hindistonda shoyi, chinni, qogʻoz) Yevropa bozorlarida qadrlandi. Hindistonda paxtadan nafis mato, Xitoyda ipak mato toʻqiydigan dastgohlar vujudga keldi, Xitoy va Oʻrta Osiyoda shisha tayyorlash texnologiyasi takomillasha bordi.
9—10-asrlarda Oʻrta Osiyoda yirik hunarmandchilik markazlari paydo boʻldi. Ip mato, gilam (Urganch, Shosh), shoyi (Marv), mis va temirdan yarogʻ-aslaha, pichoq tayyorlash (Fargʻona), shoyi matolar, shisha mahsulotlari tayyorlash (Buxoro) avj oldi. 13-asrda moʻgʻullar bosqini hunarmandchilik rivojiga zarba berdi. Temuriylar davlatining vujudga kelishi hunarmandchilik rivojiga juda katta ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
Oʻrta Osiyoda hunarmandchilikning barcha turlari 20-asrning 20-yillarigacha saqlandi. Buxoro, Samarqand, Qoʻqon, Xiva, Toshkent kabi shaharlarning ishlab chiqarish munosa-batlarida hunarmandlik katta rol oʻynadi (19-asrning 60-yillarida Xivada hunarmandchilikning 27 turi rivoj topgan, shahardagi bozorlarda hunarmandlarning 556 doʻkoni boʻlgan, 80-yillarda shaharda 2528 xoʻjalik hunarmandchilik bilan shugʻullangan).
Oʻzbekistondagi huanrmandchilik chuqur ixtisoslashgan boʻlib, oʻzida xilma-xil kasbkorlarni birlashtirgan. Masalan,terini qayta ishlash sohasida koʻnchilar, etikdoʻzlar, maxsidoʻzlar, kovushchilar, egar-jabduqchilar, telpakchilar, poʻstinchilar, kamarchilar, toʻqimachilik sohasida boʻzchilar, atlaschilar, gilamchilar, sholcha va namatchilar; metallni ishlash sohasida temirchilar, taqachilar, misgarlar, chilangarlar, zargarlar kabi kasblar boʻlgan. Bular hunarmandchilikning tarmoq strukturasini belgilangan.
Sharqdagi musulmon ustaxonalarida boʻlgani kabi Oʻzbekistonda chevarlik, kashtachilik bilan ayollar uyda oʻtirib shugʻullanishgan. Hunarmandchilikning ijtimoiy strukturasida usta, xalfa va shogird kabi ijtimoiy toifalar mavjud boʻlgan. Hunarmandchilikning ichki tartib va qoidalarini uning nizomi sifatidagi "Risolalar" belgilab bergan. Har bir kasbning oʻz rahnamosi, yaʼni piri va "Risolasi" boʻlgan, avloddan-avlodga oʻtuvchi odatlari va udumlariga rioya etilgan. Masalan, ish boshlashdan oldin usta oʻz pirini yodga olib undan madad soʻrash, shogirdiga fotiha berish kabi odatlarga amal qilingan.
Oʻzbekiston Rossiya mustamlakasiga aylangach, hunarmandchilik metropoliya sanoatining raqobatiga duch kelib, oʻzining ilgarigi mavqeini yoʻqotgan boʻlishiga qaramay, uning koʻp tarmoqlari saqlanib qoldi, chunki u milliy ehtiyojni qondiradigan tovarlarni, chunonchi, kiyim-kechak, idish-tovoq, turli uy-roʻzgʻor buyumlari, mayda mehnat qurollarini yaratib, ularni mahalliy bozorga yetkazib berdi. Hunarmandchilikning yashovchanligini taʼminlashda chet eldan keltirilgan xom ashyo, materiallar, kichik uskunalar muhim rol oʻynadi. Masalan, AQShdan keltirilgan teri boʻyogʻidan foydalanib koʻnchilar amirkon deb nomlangan yupqa charm ishlab chiqara boshladi. Shu munosabat bilan amirkon etik, mahsi va kovushlar paydo boʻldi. Germaniyadan "Zinger" firmasining tikuv mashinalari keltirilishi bilan tikuvchilik (chevarlik) keng yoyildi.
20-asrning 20-yillarida shoʻrolar hokimiyati qaror topishi bilan hunarmandlarning asosiy qismi dastlab artellarga, keyinchalik, zavod, fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga jalb qilindi. Ularga xom ashyo, material, asbob-uskunalar davlat tomonidan yetkazib beriladigan, yaratilgan mahsulotlar doʻkonlar va matbubot kooperatsiyasi orqali sotiladigan boʻldi. Isteʼdodli hunarmandlar ijodiy tashkilotlarga qabul qilindi, amaliy bezak sanʼati rivojlantirildi (masalan, 30-yillarda Toshkentda oʻquv ishlab chiqarish kombinati tashkil etilib, yosh hunarmandlar unda taʼlim oldilar, 1968 yilda Buxoroda kandakorlar maktab ustaxonasi, 1978 yilda Qoʻqonda yogʻoch oʻymakorligi maktab ustaxonasi tashkil topdi).
|