|
O’zbek xalq amaliy san’atining tarixi va rivojlanish bosqichlari
|
bet | 6/6 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,72 Mb. | | #239198 |
Bog'liq XALQ HUNARMANDCHILIGI SAN\'ATINING TURLARI2.2.O’zbek xalq amaliy san’atining tarixi va rivojlanish bosqichlari
Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgandan soʻng hunarmandchilik rivojida yangi davr boshlandi, xalq hunarmandchiligi bozor qoidalari zamirida qaytadan tiklandi. Oʻzbekistonda mahalliy sanoat korxonalarining birinchilar qatori xususiylashtirilishi natijasida mayda davlat korxonalari hunar-mandlarning xususiy korxonalariga aylantirildi, yangi hunarmandchilik korxonalari ochildi. Hunarmandchilik faqat ichki bozorga emas, balki eksportga ham ishlay boshladi. Hunarmandchilikning tashkiliy shakli ham oʻzgardi: kichik oilaviy korxona, yakka tartibdagi mehnat faoliyati shaklida rivojlana bordi. 1995 yil 24—25 oktabrda Toshkentda BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda Oʻzbekiston xalq ustalari va hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi oʻtkazildi. 1997 yilda respublika xalq amaliy sanʼati va hunarmandlari ustalarining "Usto" ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil topdi. Respublika birinchi Prezidenti 1997 yil 31 martidagi "Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni va boshqa tadbirlar Oʻzbekistonda hunarmandchilikning tiklanishi va yanada rivojlanishida, uning unutilgan baʼzi turlarini qayta tiklashda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Hunarmandlar dastlab Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar palatasiga, soʻngra Savdo-sanoat palatasiga kirdilar. Ular maxsus tashkilot — "Hunarmand" Respublika uyushmasiga birlashtirildi. Hunarmandchilik subʼyektlari Oʻzbekistonda tadbirkorlar, hunarmandlar va fermer xoʻjaliklarining har yili oʻtkaziladigan "Tashabbus" respublika koʻrik-tanlo-vida ishtirok etadilar. 1996—2005 yillar mobaynida 10 nafar hunarmand xalq hunarmandchiligida erishgan yutuqlari uchun "Tashabbus" tanlovining gʻolibi deb topildi. O‘zbekistonning barcha hududiarida xalq san‘atining o‘ziga xos markazlari bo‘lib, ular jahon madaniyatiga buyuk badiiy qadriyatlari bilan hissa qo‘shgan. Bu qadriyatlar haqli ravishda xalq, san‘atining ramzi bo‘lib qoldi. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona vodiysi, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda yuzaga kelgan kulolchilik (sirkor va guldor sopol buyumlar), yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqshinkor bezak va kandakorlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, sholchado‘zlik va chitgarlik, zargarlik san‘ati, charmga bezak tushirish san‘ati, lokli miniatyura hamda kitob miniatyurasi hozir ham mavjud. Zangori-lojuvard, cho‘g‘dek qip-qizil sopol ko‘zalar, laganlar, yog‘ochdan o‘ymakori va naqshinkori qilib yasalgan milliy xontaxtalar, qo‘lda to‘qilgan gilamlar, miniatyuralar, marg‘ilonlik, xivalik va toshkentlik ustalar tomonidan qizil misdan yoki tillarang jezdan yasalgan, qimmatbaho metalldek yarqirab, shaklan nafisligi hamda naqshinkorligi bilan ajralib turuvchi buyumlar va, ayniqsa, kandakori idishlar mehmon bo‘lib kelgan xorijiy davlatlar boshliqlariga tortiq qilingan, Ustalarimiz yaratgan nodir buyumlar AQSH davlat kotibi Xillari Klinton xonimga, «Temir xonim» Margaret Tetcherga, Indira va Radjiv Gandilarga, Yaponiya imperatoriga, jahondagi ko‘plab mamlakatlar muzeylariga tuhfa qilingan va ular tomonidan ardoqlab saqlanmoqda. «Musavvir» xalq san‘ati ilmiy-ishlab chiqarish markazi, «Nigoriston» Respublika xalq san‘ati firmasi mutaxassislarining ko‘p yillik g‘ayrat-shijoati natijasida O‘zbekiston ko‘hna san‘atining o‘ttizdan ziyod turining siri qayta aniqdandi, mingdan ortiq iste‘dodli yoshlarga ushbu ko‘hna hunar o‘gatildi. Shoyi, paxta, tut po‘stlog‘idan qadimgi Samarqand shohi qog‘ozini tayyorlash, xilma-xil adras, olacha mato va shu kabi shoyi matolarni qo‘lda to‘qish, qog‘ozga, shoyiga, charmga miniatyura chizish, ip-gazlamaga gul bosish usuli qayta tiklandi. Unutilgan kandakorlik san‘ati, milliy zargarlik buyumlarini tayyorlash qayta rivojlantirildi. Tukuvchilikda, kulolchilikda, shisha hamda sirkorlik bilan bog‘liq sohalarda foydalaniladigan pishiq-puxta bo‘yoqlarni mahalliy resurslardan tayyorlash tex- nologiyasi xam aniqlandi.
Amaliy bezak san‘atiga bag‘ishlangan ushbu va keyingi al‘bomlarda O‘zbekistondagi barcha asosiy milliy san‘at markazlari: G‘urumsaroy va Rishtonda, Qo‘qon va Andijonda, Samarqand va Shaxrisabzda, Denov va Urgutda, Xonqa va Nukusda, Buxoro va Toshkentda, Zomin va Baxmalda ishlab turgan xalq ustalarining asarlari haqida gap boradi. Mazkur markazlarning barchasida qadimgi ustalarning an‘analari avaylab saqlanmoqda va ijodiy rivojlantirilmoqda. Bu an‘analardan yangi vazifalarni hal qilish yo‘lida foydalanish O‘zbekiston xalq amaliy bezak san‘ati rivojlanishining muqarrar shartidir. Ushbu san‘atda ham xalq xarakterining nozik xususiyatlari, uning estetik qarashlari, dini, atrof-muhitga munosabati, iste‘dodi xuddi afsonalardagi, musiqa, she‘riyat va raqsdagi singari o‘z aksini topgan. Bu an‘analardan yangi vazifalarni hal qilish yo‘lida foydalanish O‘zbekiston xalq amaliy bezak san‘ati rivojlanishining muqarrar shartidir. Ushbu san‘atda ham xalq xarakterining nozik xususiyatlari, uning estetik qarashlari, dini, atrof-muhitga munosabati, iste‘dodi xuddi afsonalardagi, musiqa, she‘riyat va raqsdagi singari o‘z aksini topgan. O‘zbekistonda amaliy san‘atning juda keng yoyilgan turi kulolchilik san‘atidir. Bu san‘at ildizi juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Arxeologlar tomonidan respublika hududida topilgan sopol buyumlar qadimgi ustalarning dahosidan hamda shaklning sermazmun va lo‘ndaligidan dalolat beradi. Bular — sopol laganlar, likopcha va piyola, kosalar, ko‘zalar, xumchalar, shaklan xilma-xil idishlar va boshqalar. Aholi va mehmonlarda ularga ehtiyoj avval ham katta bo‘lgan, hozir ham katta. Bu buyumlar shaklan go‘zal, naqshinkor, bir me‘yorda rang berib, yuksak iste‘dod va did bilan yasalgan hamda san‘at darajasiga etkazilgan. O‘zbek keramikasi ikki turga: sirkor va sopol keramikaga bo‘linadi. Hozirgi kunda keramika markazlari respublikaning Samarqand, Shahrisabz, Toshkent, G‘ijduvon, Rishton, Qo‘qon, G‘urumsaroy, Kasbi, Uba, Denov, Madir, Yangi-ariq kabi shaharlarida joylashgan. Farg‘ona vodiysi va Xorazm sopol buyumlari ko‘k-oq-yashil ranglarda tovlansa, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent, Buxoro sopoli jigarrang-sariq tusda tovlanadi.Naqshinkor bezaklarning qo‘llanilishi va talqinida an‘analarning rang-barangligi namoyon bo‘ladi. Kulollar buyum yasashar ekan, naqshinkor rasm, rang va shaklning murakkab nisbatini nozik his etishadi. Buni mashhur kulol ustalardan A. Muzaffarov, M. Obloqulov, R. Matchonov, I. Komilov, X. Sotimov, M. Rahimovning muzey to‘plamlarida saqlanayotgan asarlarida yaqqol ko‘rish mumkin.Rishton va G‘urumsaroy kulollarining ijodi nozik islimiy naqsh bilan ajralib turadi. Shu naqsh uzra ro‘zgor buyumlari va atrof muhit elementlari — ko‘za, pichoq, anor va bodom mevalari tasviri tushiriladi. Xorazmning ko‘k-oq-yashil rangli sopoli me‘moriy qoplama keramika (mayolika) bilan bezatiladi. Unda ko‘k yoki yashil fondagi oq chirmoviq tasvirlanadi. Islimiy naqsh handasaviy shakllar bilan hoshiyalanadi. Rishton va G‘urumsaroy kulollarining ijodi nozik islimiy naqsh bilan ajralib turadi. Shu naqsh uzra ro‘zgor buyumlari va atrof muhit elementlari — ko‘za, pichoq, anor va bodom mevalari tasviri tushiriladi. Xorazmning ko‘k-oq-yashil rangli sopoli me‘moriy qoplama keramika (mayolika) bilan bezatiladi. Unda ko‘k yoki yashil fondagi oq chirmoviq tasvirlanadi. Islimiy naqsh handasaviy shakllar bilan hoshiyalanadi. Toshkent, Buxoro va Samarqand keramikasi alohida ranglari va bezash usullari bilan ajralib turadi. Unda nuqtali va sariq-yashil rangdagi bezak islimiy naqsh bilan yo‘g‘rilib ketadi. Idishlarda anor mevasi, tovus patisimon gullab turgan shoxchalar tasvirlanadi. Xalq ustalari mo‘yqalamda naqsh chizish bilan birga o‘yma, kesma hamda bosma naqshdan ham foydalanishgan va hozir ham foydalanib kelishmoqda. O‘zbekistonda mayda dekorativ sopol plastikani Uba, Kasbi, Samarqand kulollari tomonidan ertaklar olamidan olib yasalgan an‘anaviy o‘yinchokdarda ko‘rish mumkin. Hamro Rahimova va Anbar Sattorova yaratgan g‘aroyib hushtaklar, fantastik fillar, Abduraim Muxtorov va Vohid Ilhomov yasagan, lirik yumor va mug‘ombirona tabassum bilan yo‘g‘rilgan haykalchalar xalqning yorqin va quvnoq bezakka xamda fantaziyaga mehri balandligidan dalolat beradi. O‘zbekiston xalq san‘atida me‘moriy badiiy naqsh san‘ati muhim o‘rin tutadi. San‘atning bu qadimgi turi O‘rta Osiyo me‘morchiligi xususiyatlari, naqshga mehr va mahalliy qurilish materiallari taqozosi bilan yuzaga kelgan. O‘zbekiston xalq san‘atida me‘moriy badiiy naqsh san‘ati muhim o‘rin tutadi. San‘atning bu qadimgi turi O‘rta Osiyo me‘morchiligi xususiyatlari, naqshga mehr va mahalliy qurilish materiallari taqozosi bilan yuzaga kelgan. Yurtimizda me‘morchilik qadim-qadimdan yuqori darajada rivojlangan. Bunga tarixiy obidaiarimiz masjidlar, maqbaralarni misol qilishimiz mumkin. Bu imoratlarda ota-bobolarimizning didi, dunyoqarashi, bilim saviyasi, qurilish madaniyati nechog‘lik yuksak saviyada ekanligi ko‘rinib turibdi. O‘zbek diyorida bobokalonlarimiz yaratgan barkamol teran mazmunli va tarixan bebaxo san‘at asarlari jahon madaniyati durdonalari qatorida o‘rin olgan. Qo‘li gul ustalar yaratgan san‘at durdonalari kishilarga estetik zavq bag‘ishlaydi. Yodgorliklarda quyosh nurida tovlanayotgan sarkor koshinlar nafis naqsh-nigorlar beixtiyor kishilarni o‘ziga maftun etadi. Bu naqsh-nigorlar bir necha asrlar oldin yaratilgan bo‘lsa-da hozirgacha o‘z nafosatini ko‘rkini yuqotgani yo‘q. Bunga biz Samarqanddagi me‘moriy obidalarni keltirishimiz mumkin. Tosh, sopol, materiallarda o‘z aksini topgan oddiy xalq tomonidan kashf etib yaratilgan bu manumental binolar o‘zining bejirimligi va mahobatliligi bilan kishilarni hayratga solmoqda. Bularni yaratgan ustalar o‘z bilimi yuksak mahoratlari evaziga shundan o‘lmas asarlarni yaratib toshlarga muhrladilarkim, ular hozirda ham o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Gyugo aytganday, ―Odamzod ongida paydo bo‘lgan eng ahamiyatli fikrlarni toshga bitib ifodalaydi, chunki qog‘ozga bitilgan qo‘lyozmalarda har qanday buyuk g‘oyalar bo‘lmasin ular vaqt o‘tishi bilan yo‘qolishi mumkin, lekin qurilgan bino-bu toshda ifodalangan boshqaga bir kitob bo‘lib, u bir umr chidamlidir. Hozirda bu nodir yodgorliklarga hurmat uni avaylab asrash ta‘mirta‘lab jaylarini ta‘mirlab restavratsiya qilishdan iborat. Yodgorliklar davlat qaramida.
Xulosa
Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayoygan yangilanish, modernizatsiya jarayoni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlari jumladan, oliy ta’limda ham zamon talablariga javob bera oladigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularda yangi bilim va ko’nikmalarini shakllantirishni, o’z ustida ishlash, zamonaviy texnologiya yutuqlaridan maqsadli foydalana olish mahoratini oshirishni taqozo etmoqda. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini hozirgi kun talablari asosida tayyorlashda “ Texnologiya va uni o’qitish metodikasi “ fani ham ustuvor vazifalarni bajarishda salmoqli o’rinni egallaydi. Mazkur fan orqali bo’lajak mutaxassis o’qituvchilar fanining asosiy ilmiy – nazariy va amaliy natijalariga asoslangan holda o’quvchilarga mehnatsevarlik, intizom, masuliyat, burch hissi, ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish malakasiga ega bo’ladilar.Men ushbu kurs ishini yoritish davomida Kashtachilik sanʼatiga ayollar oʼzlarining kelajaklari, bolalari va oʼz baxtlari haqidagi orzu-umidlarini, tabiatga boʼlgan muhabbatlarini va goʼzallikka intilishlarini singdirishlari, Bunday kashtaning noyob sanʼat sifatida yaratilishi tomoshabinning baxri-dilini, insonparvarlik, hayot va tabiatni sevish, ruhiy ozuqa olishlari menda katta tasurot uyg’otdi.
Har bir oilada kashta tikish odat boʼlib, qizlar yoshligidan oʼrgatilib boriladi. Ular oʼzlariga onalardan chala qoldirilgan kashtalarni tikib davom ettirganlar va oʼzlari ham yangi kashtalar tikkanlar.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro maktablari kashtachiligini oʼrganish asosida quyidagi xulosalarni chiqardim. Xalqning fikri va his-tuygʼularini, voqelikni toʼgʼri tushunish kashta va soʼzanalardagi mukammal obrazlarda ifodalangan. Tadqiqotchi V. S. Voronovning xalq sanʼatiga bergan xarakteristikasini bu sanʼatga ham tatbiq etish mumkin. “Bu – ortiqcha soʼz, bekorchi jumlalari boʼlmagan aniq, qatʼiy va ajoyib nutqdir”. Hunarmandchilik — milliy-anʼanaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qoʻl mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik sanoat ishlab chiqarishi vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari keyin ham saqlangan. Kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xoʻjaligida hozir ham muhim oʻrin egallaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Axmetova A.S., Ismatullayeva M.Z. "Xalq xunarmandchiligi".-T.: «Iqtisod-Moliya» 2009.-292 b.
2. Bulatov S. "Uzbek xalq amaliy bezak san’ati".-T.: «Mehnat» 1991.-382 b.
3. Golovin N.N. "Kustarniye promisli Turkistana".-T.: 1999.-98 b.
4. Zasipkin P.SH. "Mastera uzbekskogo zodchestva".-T.: 1967.-132 s.
5. www.ziyonet.uz
6. www.pedagog.uz
|
| |