|
Xalq hunаrmаndchiligi tаnlоv fаnini o’qitishining o’z’iga xos xususiyatlari
|
bet | 3/6 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,72 Mb. | | #239198 |
Bog'liq XALQ HUNARMANDCHILIGI SAN\'ATINING TURLARI1.2.Xalq hunаrmаndchiligi tаnlоv fаnini o’qitishining o’z’iga xos xususiyatlari
Naqqoshlik san’ati haqida birorta ham kitob yoki maktab bo‘lmagan. Ustalar hunarni ustozlaridan yoki ota-laridan o‘rganganlar. Naqsh ustalari shogirdlari yorda-mida boylarning mehmonxonalari, saroy va madrasalar-ni bezatib tirikchilik o‘tkazganlar.
XX asrning 20-yillaridan boshlab O‘zbekistonning ko‘pgina shaharlarida badiiy san’at ishlarini rivojlantirish maqsadida artellar va kombinatlar ochiladi. Artellarda o‘quvchilar uyushmasi tuzilib, har bir uyushmaga bir ikki- tadan ustalar biriktiriladi. X,unar o‘rganuvchilar ish- ning murakkabligiga qarab 3 oydan 6 oygacha shogird bo‘lar va shogirdlik vaqtida har oyda oylik va o‘rganish uchun material hamda asbob-uskunalar bilan ta’minlanardi. Shogird- lik vaqti tugagandan keyin ular imtihon topshirib, qilgan ishlariga va bilimlariga qarab malaka darajasini olardilar. Toshkentda P.P. Ben-kov nomidagi Rassomlar tayyorlash maktabida 1952/53 o‘quv yilida amaliy san’at bo‘limi ochilib, bu yerda birinchi tashkil etilgan o‘quv ishlab chiqarish kombinatini biti-rib chiqqan ustalar va O‘zbekistonda nom chiqargan xalq ustalari dars berishdi. Bular orasida Yoqubjon Raufov, Muhiddin Rahimov, Jalil Hakimov, Mahmud Usmonov, Toir To‘xtaxo‘jayev va boshqalar bo‘lgan. 1949 yilda Ostrovskiy nomli pionerlar saroyida, 1954 yilda Lenin nomli pionerlar saroyida naqqoshlik va ganchkorlik to‘garagi ochilib, unda o‘quvchilar har ikka-la san’at turini zo‘r qiziqish bilan o‘rganadilar.
Toshkentda badiiy amaliy san’at sohasida kasb-tex-nika maktabi ochiladi. Maktab qoshida o‘ymakorlik, mis-karlik, zargarlik va gilamchilik ustaxonalari tashkil qilinadi.
Hozirgi vaqtda ustalar o‘z shogirdlari bilan bir-galikda teatr, klub va muzey binolarini naqsh bilan be-zab, mehnatlarini elga manzur etmoqdalar. Bundan tash-qari, ko‘rgazmalar uchun badiiy buyumlarini ishlab o‘z ma-horatlarini namoyish qilmoqdalar.
Keyingi yillarda xalq san’atiga bagishlangan qator kitoblar nashr etilmoqda. Masalan, o‘zbek xalqining atoqli naqsh ustasi Qosimjon Olimjonovning ijodiga bagishlangan "Toshkent naqshi", toshkentlik o‘ymakor usta Maqsud Qosimov ijodiga bag‘ishlangan "Toshkent o‘yma-korligi", xorazmlik usta Abdulla Boltayev ijodiga ba-gishlangan kitoblar shular jumlasidandir. Bunday ki-toblar yosh naqqoshlarni tarbiyalashda, o‘z hunar va mala-kalarini yanada takomillashtirishda, zamonaviy ijodiy ishlar yaratishda yordam beradi. Xalq hunarmandchiligi moddiy madaniyatimizning eng qadimiy va muhim turlaridan hisoblanadi va tasviriy hamda amaliy san‘atining ko’pdan-ko’p sohalari bilan uyg’unlashib ketadi. Ammo tasviriy va amaliy san‘at, buyumlarga badiiy ishlov berish jarayoni hamda xalq hunarmandchiligining o’ziga xosligi, yo’llari, xususiyatlari bir-biridan farqlanadi. Respublikamizda mavjud bo’lgan xalq hunarmandchiligining Toshkent, Samarqand, Buxoro, Nukus, Xiva, Termiz, Urganch, Namangan, Andijon, Farg’ona, Chust, Shahrisabz va boshqa markazlarining ta‘limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyos bo’lib, o’ziga xosligi jihatidan bir-biridan ajralib turadi. Hunar – muayyan tayyorgarlikni talab etadigan va tirikchilik manbai bo’lgan ijodiy mehnat faoliyati. Hunarli – biror hunarni puxta egallagan shaxs. Hunarmand – biror hunar turi bilan shug’ullanuvchi usta. Hunarmandchilikning asosiy belgilari oddiy mehnat qurollari yordamida biror ishning bajarilishi va ishlab chiqarishning yakka tartibdaligidadir. Hunarmandchilik musulmon jamiyatida azaldan erkaklar va ayollar o’rtasidagi mehnat taqsimotini ko’rsatuvchi o’ziga xos oyna bo’lib kelgan. Erkaklar ko’pincha bozorda sotish uchun, xotin-qizlar esa oila ehtiyoji uchun mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shug’ullangan. Kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, gazlama ishlab chiqarish, tikuvchilik ustaxonalarida kiyim tikish, zardo’zlik, naqqoshlik, yog’och va ganch o’ymakorligi faqat erkaklar shug’ullanadigan ish sanalgan. Xotin-qizlar esa kashtado’zlik, gilam to’qish, namat bosish bilan band bo’lgan. Ular shuningdek, arzon paxta matolar to’qishgan, sopol, ganch o’yinchoq, idishlar yasashgan. XX asrga kelib, bu an‘anaviy turmush tarzi keskin o’zgardi. Shahardagi xotin-qizlar an‘anaviy hunarmandchilik bilan mutlaqo shug’ullanmay qo’yishdi, chekka qishloqlardagi ayollargina ajdodlari kasb-korlarini saqlab qolishdi. Sho’ro davlati tanazzulga yuz tutganidan keyin an‘anaviy hunarmandchilikka munosabatda keskin o’zgarish ro’y berdi. Xotin-qizlar ehtiyoj tufayli hunarmandchilik ishlab chiqarishi bilan faol shug’ullanishga kirishdilar. Chunki sobiq sho’ro davrida iqtisodiyotning barbod bo’lishi barchani yangi ish
topishga majbur etdi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida tanazzuldan chiqish uchun an‘anaviy hunarmandchilik bilan shug’ullanish maqbul yo’l bo’lib qolgan edi. Shu tariqa kutilmagan o‘zgarish yuzaga keldi – hunarmand ayollar bozorni egallashdi. Xalq hunarmandchiligi naqqoshlik, ganchkorlik, zargarlik, yog’och o’ymakorligi, metal o’ymakorligi, kashtachilik, quroqchilik, zardo‟zlik, gilamchilik, gazlama to’qish, ko’nchilik, pazandachilik, yog’ochlarni kuydirib ishlash, kulolchilik, kosibchilik, mahsido’zlik, sangtaroshlik, temirchilik, pichoqchilik, anjomsozlik, qulfsozlik, misgarlik, ignasozlik kabi sohalarga ega bo’lib, o’zida mehnat va kasb ta‘limining ko’pgina xususiyatlari – amaliyligi, ijodiyligi, milliyligi, mahalliy xom ashyolarni topish va ta‘mirlashning qulayligi, o’g’il va qiz bolalar mehnatining o’ziga xosligi, murakkab qurilmalar, uskunalar, asboblar va dastgohlar talab qilmasligi; mashg’ulotlarni tashkil etishning soddaligi bilan ajralib turadi. Natijada bu sohani yetarlicha o’rgangan, ma‘lum kasblarni egallagan yoshlarning ishsiz qolmasliklari, mehnat bozorining raqobatbardoshligi bilan alohida e‘tiborga molikdir. Bugungi kunda ishlab chiqarilgan hunarmandchilik buyumlarini uch guruhga bo’lish mumkin: ro’zg’orda foydalanish (asosan qishloq tumanlarida), bozor uchun tayyorlangan buyumlar, shuningdek, ko’rgazmalarda ishtirok etishga mo’ljallangan hunarmandchilik buyumlari.
Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda katta ahamiyatga egadir. Kashta tikishni bilish orqali, kiyimlarni yangilab olish, ko‘pgina kerakli buyumlarni: salfetkalar, pancho, fartuk, yostiq jildlarini, yaqin kishilarga sovg‘alarni bezash va tayyorlash mumkin.
|
| |