Mehnat ta’limi fanidan 8 – sinflar uchun dars ishlanmalar to’plami




Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/77
Sana14.05.2024
Hajmi1,37 Mb.
#232570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
8 sinf texnologiya konspekt [uzsmart.uz]

Hunarmandchilik maktablari. 
Toshkent ganchkorlik maktabi ham o`ziga 
xos maktablari bilan ajralib turadi. Bu maktabga xos naqshlar nozikligi aniq 
simmetrik taqsimga egaligi, jozibadorligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Toshkent 
ganchkorlik maktabi namoyondalari safida Usmon Ikromov, Toshpo`lat 
Arslonqulov, Mahmud Usmonov, Anvar po`latov, Mirmahmud Rahmatov,aka-uka 
Abdurahmon va Mo`min Sultonovlar, Hayot Abdullayev, Ziyodulla Yusupov, Umar 
Tohirov, Mirvohid Usmonov kabi qator yetuk ustalar faoliyat olib borishadi. 
Buxoro ganchkorlik maktabi san`atining eng rivojlangan joyi va o`chog`i 
hisoblanadi. Zero, bu san`at o`yma ganchlarning yirik hamda o`ziga xos mayinligi, 
jozibadorligi va boshqa tomonlari bilan ajralib turadi. Buxoro ganchkorlik 
maktabining eng yirik namoyondalaridan birak ademik Usta Shirin Murodovdir. 
Buxoro ganchkorlik maktabi namoyondalari Usta Safar, Usta Adis, Usta Savri, Usta 
Islom, Usta Ikrom, Usta Jo`ra, Usta Qurbon Yuldoshev, Usta Ibrohim Hafizov, Usta 
Narzillo, Usta Hayot Nosirov va boshqalardir. 
Hunarmandlar qadimdan bir-birlari bilan birikib bir mahallada yashaganlar, 
Shuning uchun mahallalarning nomi ko`pchilik qaysi hunar bilan shug`ullansa shu 
nom bilan yoritilgan. Masalan, zargarlik bilan shug`ullansa zargarlik (zargaron), 
misgarlik bilan shug`ullansa misgarlik (misgaron) mahallasi deb yuritilgan va h. 
Samarqandda o`rta asrlarda mashhur Registon maydoni yaqinida nodir 
metallarga badiiy ishlov beruvchi xalq ustalari mahallasi – “Zargaron” mavjud 
bo`lib, maxsus hovlilarda ustalar o`zlari tayyorlagan noyob san`at asarlarini va 
buyurtmalarini sotib hayot kechirganlar. 
Buxorodagi Misgaron va Zargaron savdo rastalari ham metallga badiiy ishlov 
berish san`atining hamda metallga badiiy ishlov berishasosida rivojlangan milliy 
hunarmandchilik kasblarni O`rta Osiyoda qadimdan rivojlanib kelayotganligining 
isbotidir. Hozirgi davrda ham O`zbekistonda metallga badiiy ishlov berish kasblari, 
ayniqsa pichoqchilik, kandakorlik, misgarlik keng rivoj topgan. Buxoro va Xiva 
shaharlarida ishlab turgan xalq amaliy san`ati maktablarida o`quvchilariga bu kasblar 
o`rgatilib kelinmoqda. 
Buxoroda “So`fikordgar” qishlog`ining nomi hali ham saqlanib qolgan. U erda 
hozir ham pichoqsozlar avlodi yashaydi. O`rta Osiyo hududidagi viloyatlarda bunday 
mahallalar ko`p bo`lgan. Pichoqdan kesuvchi asbob tariqasida kunda foydalanilsa
Qadimda O`rta Osiyoda erkaklarning ish quroli, bezagi tariqasida foydalanilgan. 
Pichoqlarni badiiy bezash ham katta rol o`ynagan. Shuning uchun ham Sharq 
madaniyatining eng yaxshi an`analarini qayta tiklash va o`zlashtirish natijasida 
mamlakatimiz pichoqsozlari milliy pichoqni san`at darajasiga ko`targanlar. 
Bugungi kunda yurtimizning turli viloyatlarida tashkil etilgan maktablarda 
usta hunarmandlar tomonidan ko`plab buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Toshkentlik 
ustalardan usta Mo`min, Abduqori, Jamila Saidova, Yusufjon va qizi Zebinisolar
buxorolik ustalardan Shodi Muhammad Barotboy, usta Sharif, Salohiddin, Hakim 
Buxoriy, Olim Abdusalomovlar, qo`qonlik ustalardan Mulla Xoliq, usta musavvir 
Kashg`ariy, Foriq Xoliqov, Lutfulla Fozilov, Oynisabibi, Sobirabibilar, samarqandlik 
ustalardan esa Ahmad, Salim misgar, usta Ohunjon, Karim G`ofurov, Karim 
Ahmedov kabi ustalarning metallarga ishlov berish orqali tayyorlagan buyumlari 
hozirgacha saqlanib va foydalanib kelinmoqda. Ularning shogirdlari ustozlarining 
izlaridan borib, ustozlari ishlarini davom ettirishmoqda. 


Qorasuv, Chust, Xiva, Shahrixon, Qoqon, Farg`ona vodiysi, Samarqand, 
Buxoro, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo qadimdan pichoqchilik 
markazlari bo`lib, ular o`zining ishlash texnologiyasi, shakli, katta-kichikligi va 
bezaklari bilan bir-biridan tubdan farq qilgan. 
O`zbek xalq amaliy bezak san`atining eng keng tarqalgan turlaridan yana biri 
kandakorlikdir. Kandakorlik deganda metalldan yasalgan badiiy buyumlarga o`yib 
yoki bortiq qilib naqsh ishlash tushuniladi. Savdo-sotiqda qadimdamdan kandakorlik 
buyumlariga talab katta bo`lgan. 
O`zbek xalq amaliy san`ati turlari ichida zeb-ziynat san`ati bo`lmish zargarlik 
alohida o`rin egallaydi. Qo`qonda shuhrat qozongan zargar ustalardan esa Mahmud, 
usta Omon hoji Marahimov, X.Najmiddinovlar, Namanganda usta Niyoz Oxun, 
Andijonda esa Oybergan, X.Otaboyev, Toshkentda S.Bobojonov, Oxun Bobojonov, 
usta Samihiddin, A.Shoislomov, usta Mirxalil, Urganchda M.Abdullayev, 
Samarqandda X.Yo`ldoshev, I.Kolimboyev, V.Hafizov va boshqalarning mehnati 
zargarlik kasbining rivojlanishida juda katta hisoblanadi. 
Ozbek milliy kashtado`zlik xalq hunarmandchilik san`atining eng qadimiy 
turlaridan bo`lib, u xalqning o`z turmushini go`zal qilish istagi natijasida yuzaga 
kelgan. Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda hamda ro`zg`r bezak buyumlari 
tayyorlashda qadimdan qo`llanilgan. 
Kashtachiligimiz san`ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat 
qozongan. O`zbek chevar ustalari qo`llari bilan tikilgan kirpich, so`zana zardevor
gulko`rpa, choyshab kabilar Fransiya, Italiya, Yaponiya, Germaniya, Belgiya, Amerika, 
Hindiston kabi horijiy mamlakatlarda, shuningdek, Respublikamizning Farg`ona vodiysida 
faqat xonadonlarda emas, balki amaliy san`at muzeularida ko`p namunalari to`planib, 
doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan. 
Kashtado`zlikning yirik namoyondalaridan andijonlik rassom kashtado`z
X.Nazarov, samarqandlik tashtado`z Usmon shokirov, toshkentlik kashtado`z va 
chizmakash Xayri Sobirovalar kashta buyumlariga yangi turli xil naqsh kompozitsiya va 
tikish usullarini yaratdilar. X.Sobirova onasi Zaxira Mirxoliqovadan qo`lda, mashinada 
tikish sirlarini va chizmachilikni o`rgandi. X.Sobirova 15 yoshidan boshlab onasining 
kashtado`zlik hunarini davom ettirib, ko`plab shogirdlar yetishtirishda o`z hissasini 
qo`shgan. 
O`zbek kashtachiligida iroqi, ilma, yorma, bosma, xomdo`zi, chamak, chinda hayod, 
baxya choklari keng tarqalgan. Turli joylardagi badiiy kashtalarda choklar turlicha tikiladi. 
Chunonchi, Toshkentda ko`proq bosma choki, Shaxrisabzda yorma, kandaxayol, iroqi, 
Buxoro, Samarqand, Nurotada yorma choki bilan tikiladi. 
Kashtado`z ustalar tabiatdagi gul, barg, novda, g`uncha, qush va boshqalarning 
tuzilishini, o`sish qonun-qoidalarini, ko`rinishini sinchiklab o`rganib, ulardan turli naqsh 
kompozitsiyalar ishlash uchun har xil elementlarni stillashtirib olganlar. Masalan gulni 
stillashtirib olar ekan, uning go`zalligini qaysi holatdagi ko`rinishini tasvirlashni izlab 
topadi. Osimliksimon naqshlar “Islimiy gullar” deb ataladi. Islimiy gullar o`z navbatida, 
ikki tomonga ulanadigan ko`rinishda bo`ladi. 

Download 1,37 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat ta’limi fanidan 8 – sinflar uchun dars ishlanmalar to’plami

Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish