• 3. Bozor munosabatlari sharoitida “Hunarmand” uyushmasining faoliyati va istiqbollari.
  •  - rasm. O`simliksimon naqsh elementlari




    Download 1,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/77
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #232570
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
    Bog'liq
    8 sinf texnologiya konspekt [uzsmart.uz]

     
    3 - rasm. O`simliksimon naqsh elementlari 


    O`zbek kashtalarida o`simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko`p 
    bo`lsa, rus kashtachiligida geometrik, o`simliksimon shakllar, gullar, qush va 
    mevalar ko`p tasvirlanadi, qozoq va qirg`iz kashtachiligida esa ko`proq hayvonlar, 
    shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi. 
    3. Bozor munosabatlari sharoitida “Hunarmand” uyushmasining faoliyati 
    va istiqbollari. 
    Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohatlar natijasida bugungi 
    kunda barcha sohalar kabi aholini mehnat bilan ta`minlash, ularga kasb-hunar 
    o`rgatish ishlari, jumladan, hunarmandchilik ham asta-sekinlik bilan rivojlanib, 
    takomillashib bormoqda. Respublikamizda aholining mehnat resurslardan oqilona 
    foydalanish maqsadida kasb-hunarning ayrim turlari, ayniqsa, milliy qadriyat sifatida 
    bugungi kunda tiklangan va tiklanayotgan xalq hunarmandchiligiga oid ko`plab 
    qonun va farmonlar ishlab chiqildi.
    O`zbekiston Respublikasi Xalq ustalarining, “Usto” birlashmasi va 
    “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazining ushbu markaz huzurida xalq 
    hunarmandlarining Qoraqolpog`iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent 
    shahrida bo`linmalarga ega bo`lgan “Hunarmand” uyushmasi O`zbekiston 
    Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martidagi PF-1741-sonli “Xalq amaliy 
    san`ati hunarmandchiligini rivojlantirishni davlat yo`li bilan qo`llab-quvvatlash 
    chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga asosan tashkil topgan. Ushbu farmonga 
    ko`ra “Hunarmand” uyushmasi faoliyatining asosiy yo`nalishlari etib quyidagilar 
    belgilangan. 
    - xalq hunarmandchiligining mehnat faoliyati masalalarini muvofiqlashtirish, 
    Respublika qonunchiligi tomonidan ularga beriladigan huquqlar va manfaatlarni 
    himoya qilish; 
    - ustalar va hunarmandlarni moddiy-texnika resurslari, asboblar, kichik 
    mehanizatsiya vositalari bilan ta`minlashni, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishda
    shu jumladan eksport qilishda yordam berishni nazarda tutgan holda ularda uyda 
    ishlashlari uchun shart-sharoitlar yaratishda ko`mak berish; 
    - bozor munosabatlari talablarini o`rganish hamda yuksak badiiy buyumlar 
    tayyorlash uchun mahalliy xom ashyo va materiallarning yangi turlaridan 
    foydalanish bo`yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish
    - mamlakat ichkarisida va chet ellarda xalq ustalarining buyumlari keng 
    targ`ib va reklama qilinishini, rasmli materiallar va kataloglar chiqarilishini, 
    ko`rgazmalar va kimochdi savdolari o`tkazilishini tashkil etish; 
    - xalq san`atining noyob turlarini va buyumlarining yuksak badiiy nusxalarini 
    tayyorlashda an`analarini saqlab qolish hamda bu ish ko`nikmalarini yoshlarga 
    sig`dirish, mohir ustalarni tayorlash bo`yicha maxsus maktablar tashkil qilish. 

    Download 1,37 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




    Download 1,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     - rasm. O`simliksimon naqsh elementlari

    Download 1,37 Mb.
    Pdf ko'rish