O`zbek xalq hunarmandchiligini rivojlantirgan hunarmand ustalar va




Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/77
Sana14.05.2024
Hajmi1,37 Mb.
#232570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
8 sinf texnologiya konspekt [uzsmart.uz]

2. O`zbek xalq hunarmandchiligini rivojlantirgan hunarmand ustalar va 
ularning ish usullari.
Qadim zamonlardan beri ota-bobolarimiz insoniyat vujudga 
keltirgan kashfiyot, ilm-fan cho`qqilarini egallab, o`z hunarlarini avloddan-avlodga 
o`tkazib kelmoqdalar. Masalan, yog`och o`ymakorligi, naqqoshlik, me`morchilik, 
kandakorlik, 
kulolchilik, 
pichoqchilik, 
zargarlik, 
kashtachilik, 
zardo`zlik, 
gilamchilik, do`ppido`zlik, quroqchilik, savatchilik va boshqalar. Bu borada, har bir 
usta o`zi yashab, ijod etgan yerdagi badiiy an`analarning o`ziga xos tomonlarini 
o`zida aks ettiradi. Masalan, Xivalik xalq ustalari yog`ochni o`yib naqsh ishlashda 
yog`ochning tabiiyligini saqlab qolganlar, buxorolik ustalar esa naqsh o`yib ishlagan 
buyumlarni jim-jimador qilib, uni oltinsimon va kumushsimon ranglar bilan 
bo`yaganlar. Qo`qonlik xalq ustalari yog`ochni o`yib naqsh solishda uni o`rta 
chuqurlikda o`yganlar, Toshkent xalq ustalari taxta yuzasidagi naqshlarni zaminsiz, 
chiziqlar orqali bajarganlar va hoshiya naqshlarini ko`p ishlaganlar. Marg`ilon 
ustalari o`ymakorlik ishlarining zaminini o`ta chuqur o`yganlar. Hozirgi paytda 
yog`och o`ymakorligi me`morchilik bilan bir qatorda ro`zg`or buyumlariga bezak 
berishda ham keng qo`llanilmoqda. O`zbekistonda ishlatiladigan o`yma naqshlarning 
chuqurligi 2 mm dan 15 mm gacha boradi.
Toshkent, Buxoro, Qo`qon, Samarqand o`ymakor ustalari buyumlarining 
o`yilgan zaminini chekma uslubida maxsus chekich iskana qalam bilan chekichlab 
chiqadilar. Xiva ustalari naqsh zaminini chakichlamasdan tekisligicha qoldiradilar. 
Ular o`yib tayyorlangan buyumlarning yuziga qizdirilgan chigit yog`i surtadilar. 
Bunda buyumning namga va issiq-sovuqqa chidamliligi oshadi. Ikkinchidan cjhigit 
yog`i naqsh yuzini qoramtir qilib ko`rsatadi. Toshkent, Qo`qon va Samarqand 
ustalari esa tayyor buyumlarni maxsus lok bilan loklaydilar. 
Yog`och o`ymakor ustalari qadimdan uch uslub asosida yog`ochlarga bezak 
berganlar. Bular bag`dodi, islimiy va pargoridir. Bu uslublardan yana biri girih 
islimiydir. Agar islimiy naqshlar sirkul yordamida bajarilsa, pargor islimiy, aylana 
islimiy deb ataladi (1-2 rasm). Bu o`ymakorlik turini ustalar “o`ymali pargori” va 
“o`yma pargor bilan” deb nomlaydilar. Ozbekistonda pargori uslubi ustalaridan 
T.Ayibxo`jayev, A,Tursunboyev, Xaydar Najmiddinov, Qodirjon Haydarov, 
Sulaymon Xo`jayev, Ortiq Fayzullayev, Abduvosiq Saydaliyev, Botir Ganiyev va 
boshqalarning pargori uslubidagi ishlari elga manzur bo`lib kelmoqda.
1-rasm 
2-rasm 



Download 1,37 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O`zbek xalq hunarmandchiligini rivojlantirgan hunarmand ustalar va

Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish