TYUTORLIK FAOLIYATINING RIVOJLANISH BOSQISHLARI
Allambergenov Abat Janabergenovich
QDU o‘qituvchisi
Tyutorlik faoliyati bo‘yicha tarixiy ma’lumotlar tahlil qilinganida, bu
faoliyat asrlar davomida o‘ziga xos rivojlanish bosqichlariga ega bo‘lib, XVI
asrlarda talabalarning mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi, XVI-XX
asrlarda Yevropa universitetlaridagi ta’lim jarayonida asosiy bilimlar egasi, XXI
asrda yangi kasb sifatida muhim faoliyat sifatida e’tirof etilgan va bu faoliyat
Oksford va Kembrij universitetlarida paydo bo‘lganligi ta’kidlangan [2, 3].
Aniqrog‘ yoritiladigan bo‘lsa, XVI asrda tyutorlar o‘ziga biriktirilgan yoki o‘zi
bilan birga shug‘ullanishni istagan talabalarning o‘quv faoliyati va tarbiyasiga
javobgar bo‘lgan asosiy shaxs sifatida e’tirof etilgan. Bunda tyutorlar faqat
talabalarga qo‘shimcha bilim berish bilan birga, ularning universitetda
o‘rnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilishi, o‘zini ahloqiy jihatdan yaxshi
tutishiga e’tibor qaratgan. Keyinchalik, XVII asrda tyutorlik faoliyatining
ta’limiy va tarbiyaviy funksiyalari talabalarning hayotida muhim ahamiyat kasb
eta boshlagan. Tyutor talabalar ma’ruzalar yoki boshqa mashg‘ulotlarning
qaysilarida ishtirok etish foydali ekanligi va u o‘zining o‘quv rejasini qanday
tuzishi kerakligi bo‘yicha maslahatlar va yo‘nalishlar bergan.
Oliy va o‘rta ta’lim tizimida pedagogik – psixologik muammolarning zamonaviy yechimlari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
237
XIX asrning oxirida universitetlarda kafedralar, ta’lim berishga qaratilgan
bo‘limlar, markazlar tashkil etilganida ham talabalarning o‘qituvchilarni,
fanlarni va modullarni tanlash orqali ta’lim olish imkoniyatlari saqlanib qolgan.
XX asrda Angliya universitetlarida tyutorlik faoliyatining o‘rni va uning
ahamiyati pasaymagan, aksincha, talabalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida
asosiy o‘rinni egallagan va muhimlik darajasi oshib borgan.
Bu davrlarning dastlabki vaqtlarida universitetlardagi ta’lim jarayoni
dastlab o‘qituvchilar va talablaraning ta’lim berish va ta’lim olish jarayonini
tashkil qiladigan uyushmalar sifatida ko‘rilgan va unda talabalarning o‘zlari bir
xildagi ma’ruzalarda ishtirok etmasdan, har xil o‘qituvchilarni tanlagan holda
ularning darslarini o‘zlashtirish imkoni muhim ahamiyat kasb etgan.
Universitetlar imtihon vaqtida o‘rnatilgan talablar asosida talabalarning
o‘zlashtirish darajalarini tekshirishgan. Imtihonlarda talabalarning yaxshi
natijalarga ega bo‘lishida tyutorlar tomonidan yordam berilgan.
Tyutorlar bilan talabalarning o‘zaro faoliyatida o‘zaro kelishilgan
mashg‘ulotlar jadvallari asosida maslahatlashuvlar, o‘qituvchilar tomonidan
o‘tilgan mavzularni qo‘shimcha tushuntirishlar, turli xil imtihonlarga
tayyorgarlik ko‘rishiga yordam berish muhim ahamiyat kasb etgan va bunda
tyutorlar asosan o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida vositachilik funksiyasini
bajarib, asosan talabalarning bo‘sh vaqtlarini ta’lim olishga oid g‘oyalar, hamda
ilmiy-tadqiqot olib borish, o‘quv jarayoniga ijobiy va samarali yondashish
ko‘nikmalarini shakllantirishga oid ishlar bilan aloqasini ta’minlagan.
Tarixiy ma’lumotlar tahlillari asosida eski davrlardagi tyutorlik faoliyatini
tashkil qiluvchi yo‘nalishlar, xususan, o‘quv faoliyati, tarbiyaviy faoliyati va
talabalarning bo‘sh vaqtlaridagi yo‘nalishlarini quyidagicha keltirish mumkin [1,
3]:
- tyutor har bir talabalarning o‘quv faoliyatiga mas’ul sifatida imtihon
topshirishi uchun individual ravishda tayyorlanishi, zaruriy bilimlarni
o‘zlashtirishi va keyinchalik mustaqil ravishda o‘zini-o‘zi rivojlantirishiga yo‘l-
yo‘riq ko‘rsatish;
Современные решения проблем системы высшего, среднего образования и их решения
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
238
- talabalarning tarbiyaviy faoliyatiga mas’ul sifatida turli xil ma’naviy va
ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish ishtirok etish va boshqa tartib-qoidalariga
rioya qilishi va xulq-atvori yaxshi bo‘lishini tartibga solib turish;
- talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshirishga mo‘ljallangan
mashg‘ulotlar, sport o‘yinlari va boshqa tadbirlarda ishtirok etishni amalga
oshirgan.
Bu faoliyatlardan ahamiyatlisi, tyutorlar talabalarning mustaqil ravishda
o‘zini-o‘zi rivojlantirish maqsadida individual ta’lim olish trayektoriyasini
tuzishiga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratgan va o‘ziga biriktirilgan
talabalarning nazorat ishlarini samarali topshirishiga harakat qilgan. Bunda
guruhlar bo‘yicha emas, balki, tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha individual
ravishda talabalarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish nazarda tutiladi.
Shuningdek, tarixiy va ilmiy tadqiqot materiallarini tahlil qilish natijasida
tyutorlik faoliyatini tashkil etishga oid metodologik, texnologik, tashkiliy-
pedagogik, funksional modellari mavjud [2, 3]:
- metodologik modellarda ta’lim jarayonida talabalarning davlat ta’lim
standartlari asosida bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tyutorlik
faoliyatini tashkil etishning konseptual asoslari, tamoyillari, zamonaviy
yondashuvlari, o‘ziga xos muhim jihatlari, rivojlanish tendensiyasiga asoslangan
holda amalga oshirish nazarda tutiladi;
- texnologik modellarda metodologik modellarga ko‘ra tyutorlar
faoliyatini talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayoniga joriy
etish algoritimini aniqlashtirish va bu asosida faoliyatni tashkil etishga
mo‘ljallanadi;
- tashkiliy-pedagogik modellar o‘quv jarayonida tashkiliy-pedagogik
masalalariga ko‘ra tyutorlik faoliyatini amalga oshirish yo‘llarini aniqlashtirish
va unga asosan tyutorlik faoliyatini tashkil etishning pedagogik-psixologik
xususiyatiga asoslanadi.
Mazkur modellar tyutorlar uchun ta’lim jarayonida talabalarning bilim va
ko‘nikmalarini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari, tashkiliy-pedagogik va
psixologik xususiyatlarini yoritish va talabalarning mustaqil ravishda
Oliy va o‘rta ta’lim tizimida pedagogik – psixologik muammolarning zamonaviy yechimlari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
239
shakllantirilgan individual ta’lim trayektoriyasi asosida o‘zini-o‘z rivojlantirish
jarayonini samarali tashkil etish hamda tyutorlar uchun umumiy o‘quv
jarayonining sifatlilik darajasini baholash va uning natijalariga ko‘ra tegishli
xulosalar chiqarish, zaruriy tavsiyalar ishlab chiqish jarayonida foydalanish
uchun har tomonlama yordam beradi.
|