Sun’iy intelekt, axborot xavfsizligi texnikasi va texnologiyalari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
535
orqali amalga oshiraveriladi, shuning uchun
tizim xavfsizligi ham doim
yangilanib yangicha xavflarga tayyor turishi lozim. Tizimda har bir xavf uchun
alohida xavfni bartaraf etuvchi mexanizm mavjud bo’lishi lozim. Bu shart AT
himoyalanganligining birinchi omili hisoblanadi[1].
Ikkinchi omil mavjud mexanizmlarning yetarlicha mustaxkam bo‘lishi,
mustaxkamlik xurujlar yangicha yo‘llar orqali amalga oshirilganda
mexanizmning qay darajada qarshilik ko‘rsatishidir. Uchinchi omil esa xurujlar
muvaffaqqiyatli amalga oshirilganda ATga qay darajada zarar yetkazishni
aniqlashdir.
Amaliyotda keltirilgan omillarni oldindan baholash
va tahlil qilish juda
murakkabdir. Korxona yoki tashkilot ATning himoyalanganligini baholash
uchun axborot xavfsizligi auditi o‘tkazilishi zarur.
Korxona axborot xavfsizligi auditi axborot xavfsizligini ta’minlashning,
uni tashkil etishning samarali choralaridan biridir.
Axborot tizimi auditi korxonaning axborot xavfsizligi xolatini baxolaydi,
tizimnmng zaif tomonlarini aniqlaydi, xavfsizlik
tizimining axborot tizimiga
mosligini hamda korxona axborot xavfsizligining kelajakdagi rivojlanish
strategiyasini belgilab beradi.
Korxona axborot tizimi axborot xavfsizligining talablariga javob berishi
kerak[2]. Ushbu talablar asosida korxonada axborot
xavfsizligi kontseptsiyasi
ishlab chiqilishi kerak. Bu kontseptsiyalar quyidagi standartlar asosida ishlab
chiqiladi:
Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash. ISO 15408 . Ushbu
standartda axborot tizimini yaratishda kafolatli xavfsizlik va unga qo’yilgan
talablar batafsil yoritilgan[3]. Lekin ushbu standartni xavfsizlikni baholashning
universal kompleksi sifatida foydalanib bo’lmaydi,
bunda axborot tizimi
xavfsizligining administrativ va ma’muriy huquqiy masalalari ko’zda
tutilmagan.
Marion metodologiyasi yordamida xavfsizlik darajasini baholashni
amalga oshirish natijasida 1-jadvalda aks ettirilgan natijalar olingan.