MOBIL TARMOQLARINING ZAXIRA ENERGIYA TA’MINOT




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/312
Sana22.05.2024
Hajmi6,64 Mb.
#249488
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   312
Bog'liq
3 tom

MOBIL TARMOQLARINING ZAXIRA ENERGIYA TA’MINOT 
MANBAALARI KIRISH SXEMALARI VA ELEMENTLARI. 
X.T.Yuldashev
FarPI dotsenti
M.R.Madaminov
TATUFF M3-21 guruh magistranti 
Ishlab chiqarish elektronikasida turli xildagi elektr uskunalar uchun juda 
ko’p xollarda elektr energiyani o’zgartirish masalasi paydo bo’ladi. Bundan 
tashqari oddiy uy sharoitlarida ham ushbu xolatlar mustasno emas.
Xozirda mavjud bo’lgan doimiy elektr tokini o’zgaruvchan elektr tokiga 
aylantirib beruvchi qurilmalarni invertor deb ataymiz. Lekin ushbu maqolada 
doimiy kuchlanish o’zgartirgichlarini ko’rib o’tishimiz lozim bo’ladi. Ushbu 
qurilmalar xam radioelektronikada keng qo’llanilishga egadir.


Muqobil energiya manbaalari va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishing yangi bosqichilari 
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
159
Kuchlanish o’zgartirgichlarining asosiy ko’rsatkichlaridan biri foydali 
ish koeffitsienti xisoblanadi. Foydali ish koeffitsienti chiqish kuchlanishini R
n
uning elementlaridagi yo’qotilish quvvati nisbati bilan aniqlanadi: 

R

/ (R
n
+ R
p
)
(1.1.) 
Yo’qotilishlar quvvatini kamaytirish masalasi o’zgartirgichlarda 
chastotani kattaygani sari aktual bo’lib boradi, shu bilan birgalikda minimal 
massa va gabaritlar olinishi talab qilinadi. 
Quyidagi tranzistorli doimiy kuchlanish o’zgartirgichlarining ayrim 
sxemalari ko’rib o’tilgan. 
Invertor so’zi ostida doimiy tokni o’zgaruvchan tokga o’zgartirib 
beruvchi qurilmalar tushuniladi. Invertorlashning mazmuni shundan iboratki 
kuch transformatorining birlamchi o’ramlari (ayrim xollarda esa mavzu 
to’g’ridan – to’g’ri yuklama xaqida xam borishi mumkin) qarama – qarshi 
ishorali doimiy tok tarmog’ida ketma – ket tarzda ulaydi. Shu vaqtda 
transformatorning 
o’ramlarida 
to’g’ri 
burchak, 
trapetsiyasimon, 
pog’onasimon yoki sinusoidal shakilli o’zgaruvchan kuchlanish paydo 
bo’ladi.
Bunday o’zgartirishlarni amalga oshiruvchi qurilma invertor deb ataladi. 
Shunday qilib, ikkilamchi elektr ta’minot manbalarida invertor o’z tarkibida 
doimiy tokni to’g’ri burchak shakilli o’zgaruvchan kuchlanishga aylantirib 
beruvchi kuch uzib – ulovchi elementlarni; uzib – ulovchi kuch elementlarini 
boshqaruvchi sxemani, ularni ketma – ket ulanishini ta’minlab beradi; 
o’zgaruvchan kuchlanishni o’zgartirib beruvchi va chiqish zanjirlarini bir – 
biridan elektr izolyatsiyasini ta’minlab beruvchi kuch transformatori. 
Radioelektron qurilmalarda ikkilamchi elektr ta’minot manbasida kuch 
uzib – ulovchi elementlar sifatida transformatorlar keng qo’llaniladi. 
Tranzistorlar uzib – ulash rejimida ishlashi energetik nuqtai nazaridan 
qulaydir, bu vaqtda transformatorning birlamchi o’ramida kuchlanish 


Новые этапы развития альтернативных источников энергии и телекоммуникационных технологий
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
160
sakrashsimon o’zgarib turadi. Bu xolatda transformatorlarda quvvat 
yo’qotilishlari ozroq miqdorda, foydali ish koeffitsienti esa yuqoriroq bo’ladi.
Ishlash prinsipi bo’yicha tranzistorli invertorlar o’zi qo’zg’aluvchi 
o’zgartirgichlarga va mustaqil qo’zg’aluvchi o’zgartirgichlarga bo’linadi. 
O’zi qo’zg’aluvchi o’zgartirgichlar transformatorli teskari bog’lanishli 
avtogeneratorlar ko’rinishida bajariladi. Mustaqil qo’zg’aluvchi invertorlar, 
xususiy invertorlardan tashqari, bularni ayni xolatda quvvat kuchaytirgichlari 
deb atashimiz mumkin, o’z tarkibida shuningdek kuch tranzistorlarini 
boshqarish uchun impulьslarni yetkazib berishni ta’minlovchi kam quvvatli 
boshqaruvchi generatorlarni xam oladi. Oxirgisi sifatida tranzistorli 
avtogenerator qo’llaniladi. 
Yuqorida ko’rsatilgan ikki turdagi invertorlar transformator birlamchi 
o’ramini nolg’ nuqtasi chiqishi bo’yicha, ko’priksimon yoki yarim ko’prik 
sxemalar bo’yicha bajarilishi mumkin. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. M.R.Madaminov, X.T.Yuldashev. INVERTER MODELING IN 
IMPROVING THE ENERGY EFFICIENCY OF A MOBILE 
UNINTERRUPTED SOURCE. International journalof advance 
sciefentic research. Volume 2 Issue 11 77-82 b 2022 y 
2. 
M.R.Madaminov, 
X.T.Yuldashev, 
D.D.Xosilov 

ИССЛЕДОВАНИЕ 
ВОЛЬТ 
– 
АМПЕРНАЯ 
ХАРАКТЕРИСТИКА В СИСТЕМЕ ПОЛУПРОВОДНИК - 
ГАЗОРАЗРЯДНЫЙ ПРОМЕЖУТОК. Oriental Renaissance: 
Innovative, educatinal, natural and social sciences. Volume 1 Issue 
10 625-634-b 2021 y 
3. 
M.R.Madaminov, 
D.D.Xosilov, 
X.T.Yuldashev. 
Mobil 
tarmoqlarining baza stansiyalarida zaxira energiya ta’minot 
manbaalarining energetik samaradorligini oshirish. SCIENTEFIC-
TECHNICAL JOURNAL of FerPI 2022, Т.26.спец.выпуск №10.
185-188-b 
4. Kh.T. Yuldashev, A.Tillaboyev, A.Komilov, X.I.Sotvoldiyev 
Transition photoelectric processes in a superfluid gas-discharge cell 
with semiconductor electrodes // Academicia: An International 
Multidisciplinary Research Journal. 2020, T10, №5, PP.100-109 


Muqobil energiya manbaalari va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishing yangi bosqichilari 
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
161
5. O.S. Rayimjonova, Kh.T. Yuldashev, U.Sh. Ergashev, G.F. 
Jurayeva, L.R. Dalibekov Photo Converter for Research of 
Characteristics Laser IR Radiation // International Journal of 
Advanced Research in Science, Engineering and Technology Vol. 7, 
Issue 2 , February 2020. pp. 12788-12791 
6. Nurdinova Raziyakhon Abdikhalikovna, Rayimjonova Odinahon 
Sodikovna. Ergashev Shohbozjon Umarali ugli, Tillaboyev 
Muhiddin G’anijonovich. ANOMALOUS PHOTOVOLTAIC 
EFFECT IN DIELECTRICS, International Journal of Advance 
Scientific Research. VOLUME 02 ISSUE 06 Pages: 96-102 2022 

Download 6,64 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   312




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MOBIL TARMOQLARINING ZAXIRA ENERGIYA TA’MINOT

Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish