Muqobil energiya manbaalari va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishing yangi bosqichilari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
167
Quyosh panellari yoki quyosh fotovoltaik modullari quyoshdan yorug'lik
energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi. Quyosh panellaridan foydalanish
eng asosiy foydali jihatlari quyidagilar:
1. Quyosh deyarli hamma joyda mavjudligi.
2. Avtonomiya. Markazlashtirilgan elektr ta'minoti tizimiga ulanishning
hojati yo'q va energiya ta'minoti kompaniyalariga bog'liq.
3. Ekologik tozalik. Fotovoltaik elementlar kanserogen emissiyalarni
chiqarmaydi, issiqxona gazlari darajasini oshirmaydi. O'rmonlarni yo'q qilish
yoki qayta tiklanmaydigan fotoalbom energiya manbalarini iste'mol qilish kerak
emas.
4.
Litsenziyalashning
yo'qligi. Hozirgacha
davlatimiz
fotovoltaik
elementlar tufayli elektr energiyasini ishlab chiqarishni majburiy litsenziyalash
bo'yicha hech qanday qonunchilik ko'rsatmalarini qabul qilmagan.
Fotovoltaik elementlar qishloq uylari, kottejlar va dam olish qishloqlari,
ko'chma uylar, shuningdek, asosiy elektr uzatish liniyalaridan uzoqda joylashgan
binolarni elektr energiyasi bilan ta'minlashi mumkin. Bundan tashqari -
sanatoriylar, dam olish uylari va boshqa muassasalar.
Quyosh energiyasi yordamida ishlovchi eco palma ko’rinishidagi qurilma
loyihasining dolzarbligi: qayta tiklanuvchi energiyaga ehtiyojning mavjudligi,
yurtizimda muqobil energiyaga bo’lgan e’tibor, interyer dizayn sohasining
rivojlanishi, turizm sohasining rivojlanishidan iborat.
Bizning ishimizda ham ushbu qarorni ijrosi o’laroq quyosh energiyasi
yordamida ishlovchi ECO PALMA