loyixasini taklif qilganmiz. ECO PALMA




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/312
Sana22.05.2024
Hajmi6,64 Mb.
#249488
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   312
Bog'liq
3 tom

 
loyixasini taklif qilganmiz. ECO PALMA
 
loyixasi qurilmasini elektr tokini tortib borish qiyin bo’lgan xududlarga yoki 
dam olish maskanlariga, xiyobonlarga, ta’lim maskanlariga o’rnatilsa maqsadga 
muvofiq bo’ladi. Ushbu taklif qilayotgan qurilmamizda yoritish tizimida quyosh 
batareyalaridan foydalaniladi. Palmaning yaproqlari salqin beradi. Bundan 
tashqari qurilma joylashtirilgan xududda Wi-Fi routeri o’rnatiladi.


Новые этапы развития альтернативных источников энергии и телекоммуникационных технологий
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
168
Habaringiz bor o’tgan yilgi qish mavsumi hammamizga bir muncha 
qiyinchiliklar tug’dirdi, aniqroq qilib aytadigan bo’lsak butun respublika bo’ylab 
hattoki Toshkent shaxrida ham elektr energiyasi tanqisligi kuzatildi. Aynan shu 
muammolarni yechish maqsadida bizning loyihamiz qo’l keladi. 
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2022 yil 10 iyun kuni qayta 
tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalari bo’yicha 
videoselektor yig’ilishi o’tkazilgan. Ushbu videoselektrda yurtboshimiz
 
yo’l, uy, 
korxona, bog’cha, maktab va shifoxonalarda muqobil energiyadan foydalanishni 
ko’paytirishni vazifa qilib belgilaganlar.
Qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalasi 
umummilliy ahamiyatga ega. Bu borada yurtimizda aholi va tadbirkorlarni 
qo’llab-quvvatlash uchun yangi tizim belgilandi. Ushbu tizimga ko’ra, har bir 
o’rnatilgan quyosh va shamol elektr uskunasi uchun, quvvatiga qarab, 15 million 
so’mgacha, suv isitish qurilmasi uchun esa 2 million so’mgacha kompensatsiya 
to’lanadi. Yoki uskuna qiymatini 3 yil ichida foizsiz, bo’lib-bo’lib to’lash 
imkoniyati yaratiladi. 
Masalan, bir oila suv isitish uchun bir oyda o’rtacha 195 
ming so’m xarajat qiladi, deylik. Endi ular 6 million so’m evaziga 200 litrli 
quyosh qurilmasi o’rnatsa, davlatdan 2 million so’m kompensatsiya oladi. 
Bunda har oy ketgan xarajat iqtisod bo’lishi hisobiga, suv isitish qurilmasi 21 
oyda pulini oqlaydi va “yonga qoladi”. Agar, oila kompensatsiyani emas, 
bo’lib-bo’lib to’lashni tanlasa, oylik to’lov 170 ming so’m bo’ladi. Ya’ni, 
hozirgi to’lovidan ham kam bo’ladi va uch yildan keyin issiq suv uchun umuman 
xarajat qilmaydi. 
Yana bir qulay tomoni, odamlar buning uchun biron-bir 
idoraga borib yurmaydi. Hamma hujjatlar uskuna xarid qilinadigan joyning 
o’zida hal etib beriladi. Bu tizim Energetika vazirligining maxsus jamg’armasi 
orqali joriy etiladi [1]. Davlatimiz rahbari barcha jarayonlarni raqamlashtirib, 
ushbu yangi tizimni 2022 yil 1 sentyabrdan yo’lga qo’yish bo’yicha ko’rsatma 
berganlar. 


Muqobil energiya manbaalari va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishing yangi bosqichilari 
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
169
Tan olish kerak, bugungi kunda yurtimizda sohani rivojlantirish asosan 
chet el investitsiyasi hisobiga amalga oshirilmoqda. Biroq kichik quvvatli, 
energiya 
tejovchi 
texnologiyalarni 
joriy 
qilishda 
boshqa 
davlatlar 
ko’rsatkichidan ancha past darajada qolyapmiz. Qayta tiklanuvchi energiya 
manbalari qurilmalarini xarid qilish va o’rnatish dastlab katta mablag’ talab etsa-
da, ular keyinchalik iqtisodiy jihatdan o’zini oqlaydi. 
Hozirgi kunda interyer dizayn sohasi ham keng rivojlanib bormoqda, 
masalan oldinlari odamlar oddiygina halq tilida aytganda guvaladan uy qurib 
ohakka bo’yab qo’yishgan bo’lsa hozirgi kunda esa pishiq g’ishtdan qurilyapti 
va iloji borcha chiroyli qilishga harakat qilyapti. Masalan har xil bo’yoq 
travertin va shunga o’hshash qurilish materiallaridan foydalanilyapti. Bu ham 
interyer dizayn sohasining rivojlanishiga bir misol bo’la oladi. Odamlar hozirgi 
kunda oddiy qurilmalarga uncha e’tiborlarini qaratishmaypti hozir bizga chiroyli 
ko’rinishga ega bo’lgan qurilmalar kerak. 
Hozirgi kunda turizm sohasi ham jadal rivojlanib bormoqda. Bunga misol 
qilib Namangan shaxrini olib ko’ramiz. Viloyatimizda Samarqand, Buxoro 
viloyatlari kabi me’moriy obidalar ko’p emas. Shuning uchun viloyatimizda eco 
turizm
 
sohasini rivojlantirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Biz taklif qilayotgan 
loyiha esa aynan shu sohani rivojlanishiga hissa qo’shadi.
Quyosh energiyasi yordamida ishlovchi eco palma korinishidagi 
qurilmaning qo’llanilish sohalari: elektr energiyasi taqchil hududlar, tog’li dam 
olish maskanlari, markaziy dam olish maskanlari, ta’lim muassasalari, turli 
tashkilotlar, yoritish zarur bo’lgan shahar markazlari.
Biz bilamizki tog’li adirli hududlarda elektr energiyasini uzatilishi 
qiyinroq bo’ladi shu sababdan ham bizning loyihamizni ishga tushirilsa bu 
masalalarga yechim bo’la oladi. Markaziy dam olish maskanlariga misol 
tariqasida Namangan shahridagi Afsonalar vodiysini olishimiz mumkin. Bog’ 
yangi qurilganligi sababli salqin beruvchi daraxtlar kamligi sababli kundizi dam 
olishga kelgan odamlarni xordiq chiqarishlarida noqulaylik tug’diradi. Bizning 


Новые этапы развития альтернативных источников энергии и телекоммуникационных технологий
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
170
loyihamiz esa bunga yechim bo’la oladi. Yana hozir ko’pchilik yoshlarda elektr 
energiyasiga ishlovchi samokatlar va skuterlar borligi sababli ularda ba’zan 
quvvat tugab qolish holatlari kuzatiladi. Aynan bizning loyihamiz bilan esa 
bemalol qurilmalarini zaryadlab olish imkoniga ega bo’ladilar. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Energeticheskoe oborudovanie dlya ispolzovaniya netraditsionnыx i 
vozobnovlyaemix istochnikov energii. Pod red. V.I.Vissarionova. –
M.: OOO firma "VIEN", 2004.
2.
Farenbrux A., Byub R. Solnechnie elementi (teoriya i eksperiment), 
M., Energoatomizdat, 1987, -278 s. 
3.
Aliev R., Zaynobiddinov S., Ikramov R.G., Ismanova O.T., 
Nuritdinova 
M.A. 
Otsenka 
fotoelektricheskix 
parametrov 
solnechnыx 
elementov 
na 
osnove 
amorfnogo 
kremniya. 
Geliotexnika, 2003, № 1, -s. 18-22. 
4.
Aliev R., Ikramov R.G., Alinazarova M.A., Ismanova O.T. 
Influence of Temperature on Photocurrent of Amorphous 
Semiconductor-Based Solar Element. Applied Solar Energy, 2009, -
Vol.45, No.3, -pp. 148-150. 

Download 6,64 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   312




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish