|
VI bob. YOPIQ GORIZONTAL DRENAJ QURUVCHI Pdf ko'rish
|
bet | 54/189 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 10,96 Mb. | | #142869 |
Bog'liq Melioratsiya mashinalariVI bob. YOPIQ GORIZONTAL DRENAJ QURUVCHI
MASHINALAR
6.1. Yopiq drenaj qurish texnologiyasi
Sho‘riangan yerlarni shoTini yuvish hamda yer osti suviari
sathining ko‘tarilishini oldini olish maqsadida ochiq yoki yopiq
drenajlardan foydalaniiadi,
Ochiq drenajlar (ayrim hollarda kollektor yoki zahkashlar ham deb
yuritiladi) yer osti gruntlarining uncha zich bo‘lmagan, suv o ‘tqazish
qobiliyati yaxshi boMgan maydonlarda qurilib, har ikki, uch yilda ularni
cho‘kindi va turli o ‘tlardan tozalab turishni taqozo etadi. Ochiq
gorizontal drenajlar egallagan maydonlar qishloq xo‘jaligi ekinlarini
ekishga m o‘ljallangan umumiy yer maydonlarini chegaralashga olib ke-
ladi. Bu esa yerlardan foydalanish koeffitsiyentining kamayishiga sabab
bo‘ladi.
Yopiq gorizontal drenajlar asosan yer osti gruntlarining suv
o ‘tkazish imkoniyati kam bo‘lgan sharoitlarda qo‘lIaniladi.
Yopiq gorizontal drenajlaming qurilishi ikki xil usulda amalga
oshiriladi: ulardan biri yarim mexanizatsiyalashgan deb yuritilib, u
asosan turg‘un bo‘lmagan gruntlarda, o ‘ta qattiq gruntli joylarda va yer
osti suvlarining sathi yer sirtiga juda yaqin bo‘lgan joylarda qo‘llaniladi.
Yarim mexanizatsiya deyilishiga sabab, drenaj xandaklarini qazish
va qazib chiqarilgan tuproqni qayta ko‘mish mexanizmlar yordamida
amalga oshirilib, drenaj transheyasini qazish, sizdirgich va quvurlami
o ‘rnatish qo‘l kuchi yordamida bajariladi (6.l-rasm).
Yarim mexanizatsiyalashtirilgan drenaj qurish texnologiyasiga
quyidagilar kiradi:
-ekskavatorlar yordamida xandaklar qazish;
-xandak tubida qo ‘I kuchi yordamida transheya qazish;
-transheya tubiga sizdirgich materiallarini joylashtirish;
-sizdirgich materiali ustiga drenaj quvurlarini yotqizish va o ‘zaro
bog‘lash;
-drenaj quvuri ustidan yana sizdirgich materiallarini joylashtirish;
-drenaj. yotqizilgan xandaklami bul’dozerlar yordamida to ‘liq qayta
ko‘mish.
88
|
| |