Yopiq gorizontal drenajlarni qurishning texnologik jarayoniga
quyidagilar kiradi:
-drenaj transheyasini qazish;
-drenaj (quvur va uni atrofini m a’lum qalinlikda sizdirgich
materiallari bilan o‘rash) yotqizish;
-transheyani tuproq bilan qayta ko‘mish.
Transheyadan qazib chiqarilgan tuproqni qayta ko‘mish ikki xil
usulda olib boriladi: ulardan biri bul’dozerlar yordamida bajarilib,
bul’dozerning transheya o ‘qiga nisbatan perpendikulyar yoki parallel
harakati orqali olib boriladi; ikkinchi usulida esa drenaj qurilishi
jarayonida olib borilib, drenaj mashinasiga o ‘rnatilgan maxsus tuproqni
transheyaga qayta yo'naltiruvchi tasmali yuklagich (transporter) orqali
amalga oshiriladi.
Yuqoridagi ikki usulda ham tuproq maxsus zichlanmasdan
(shibbalanmasdan) amalga oshirilishi natijasida sug‘orma suvlaming
ta’sirida qurilgan drenajlar ishdan chiqib, yerlaming meliorativ holatini
yomonlashuviga sabab bo‘lmoqda.
Yopiq
gorizontal
drenaj
qurish
texnologiyasi